Berdibaev Mars Janabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Harakatlanuvchi va seysmik yuklar ta’siridagi avtoyo‘l ko‘priklarining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash usullarini takomillashtirish”, 05.09.02 – “Geotexnika” (Ko‘priklar, transport tonnellari va metropolitenlar) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T1769.
Ilmiy rahbar: Rashidov Tursunbay, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Bekmirzaev Diyorbek Abdugapporovich, texnika fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi M.T. O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Miralimov Mirzohid Xamitovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Salixanov Saidxon Salixanovich, texnika fanlari nomzodi. professor.
Yetakchi tashkilot: “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ instituti
Dissertatsiya yo’nalishi. Texnika yo’nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomobil yo‘llarida ekspluatatsiya qilinayotgan temirbeton ko‘priklari tayanchlarining oraliq qurilma va grunt bilan o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda, harakatlanuvchi va seysmik yuklar ta’siridagi kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bikrlik koeffisientining turli qiymatlarida, temirbeton ko‘priklarni to‘plangan va taqsimlangan harakatlanuvchi yuklar ta’siriga analitik hisoblash usuli tayanch qismlarining oraliq qurilmalar bilan o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
Fure usuli asosida, grunt bilan o‘zaro ta’sirdagi tayanchlarga turli seysmik to‘lqinlar ta’siridagi oraliq qurilmalarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash usuli o‘zgaruvchilarni guruhlarga ajratish orqali ishlab chiqilgan;
tayanchlarning grunt va oraliq qurilma bilan o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda temirbeton ko‘priklarni bo‘ylama seysmik to‘lqinlar ta’siriga hisoblash usuli orqali oraliq qurilma kesimlarida normal kuchlanishlar amplitudasining ortishi aniqlangan;
turli avtotransport vositalari harakatlanishi natijasida temirbeton ko‘prik oraliq qurilmalarining dinamik ko‘rsatkichlarini vibrodiagnostika usulida baholash asosida, texnik diagnostika sifati va ishonchliligini ortishi hisobiga seysmik xavf-xatarning sezilarli darajada kamaytirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Harakatlanuvchi va seysmik yuklar ta’siridagi avtoyo‘l ko‘priklarining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tayanch qismlarning oraliq qurilmalar bilan o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda bir va ikki oraliqli temirbeton ko‘priklarni harakatlanuvchi yuklar ta’siriga hisoblash usuli «KO‘PRIK LOYIHA SERVIS» MChJ da ko‘prik oraliq qurilmasining kuchlanish va salqiligini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023 yil 05 yanvardagi 02-29−son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llanilishi ko‘priklarning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari mustahkamligini baholash imkonini bergan;
tayanchlarning oraliq qurilma va grunt bilan o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda, ko‘priklarni bo‘ylama seysmik to‘lqinlar ta’siriga hisoblash usuli “Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti” UK da qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023 yil 05 yanvardagi 02-29−son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarning qo‘llanilishi ko‘priklarning zilzilabardoshligini oshirish imkonini bergan;
temirbeton ko‘priklarning dinamik ko‘rsatkichlarini aniqlashning vibrodiagnostika usuli Jizzax viloyati 4R197 “«Paxtakor – Chimqo‘rg‘on» avtoyo‘li – Zafarobod sh. – Gagarin sh.” avtomobil yo‘lining 22,4 km dagi ko‘prikni baholashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023 yil 05 yanvardagi 02-29−son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ish sifatini ortishiga, texnik diagnostika ishlariga sarflanadigan sarf-xarajatlarni tejalishiga va texnik ko‘rikdan o‘tkazish vaqtini 2-3 marta tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish