Xurramov Bobir Sobir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiqlik almashinuv qurilmalarini qo‘llash orqali issiqlik markazlarining energiya samaradorligini oshirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2508
Ilmiy rahbar: Zaxidov Romen Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar:Xoshimov Fozildjan Abidovich– texnika fanlari doktori, professor. Usmonov Nizomjon Orifovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik - texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Issiqlik almashinuv qurilmalarini qo‘llash orqali issiqlik markazlari va qozonxonalarning energiya samaradorligi oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlik almashinuv qurilmasidan o‘tadigan tutun gazining va qoldiq suv bug‘ining hajmlari haroratini hisobga olgan holda yuqori haroratli tutun gazlarining baypaslash koeffisientini aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan;
qozonxona qurilmasidan chiqib ketuvchi tutun gazlari turli harorat rejimlarini issiqlik almashinuv koeffisientlarini hisobga olgan holda issiqlik almashinuv jarayonlarini matematik modeli ishlab chiqilgan;
issiqlik markazidan chiqib ketuvchi tutun gazlari harorat rejimlarining matematik modellari asosida yoqilg‘i mahsulotlari hajmlari va issiqlik balansini aniqlovchi algoritmlar ishlab chiqilgan;
issiqlik markazlari energiya samaradorligini oshirish uchun qo‘llaniladigan issiqlik almashinuv qurilmasining geometrik o‘lchamlarini aniqlash metodikasi ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
issiqlik markazining energiya samaradorligini oshiruvchi ochiq issiqlik energiya ta’minotiga ega qozonxona qurilmasining prinsipial sxemasi issiqlik almashinuv qurilmasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Issiqlik almashinuv qurilmalarini qo‘llash orqali issiqlik markazlarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
issiqlik markazlarining energiya samaradorligini oshirishda issiqlik almashtirgich bilan takomillashtirilgan havoni isitish qurilmasi Navoiy viloyati “Issiqlik manbai” DUK Uchquduq filialiga joriy qilingan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ning 2023-yil 16-oktyabrdagi 05-20/848-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologik agregatlarni energiya samarador ish rejimida ishlatish hisobiga yiliga 120437 kW·soat elektr energiyasini tejash imkonini bergan;
issiqlik markazidan chiqib ketuvchi tutun gazlari harorat rejimlarining matematik modellari asosida yoqilg‘i mahsulotlari hajmlari va issiqlik balansini aniqlovchi algoritmi Navoiy viloyati “Issiqlik manbai” DUK Uchquduq filialiga joriy qilingan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ning 2023-yil 16-oktyabrdagi 05-20/848-son ma’lumotnomasi). Natijada sarflanadigan yoqilg‘i sarfini 1,7 marta kamaytirish imkonini bergan;
isitish qozonxonasi issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda ta’sir etuvchi omillar shartli yoqilg‘i (gaz) va havo harorati, mavsumiy issiqlik energiyasiga bo‘lgan talablar inobatga olingan holda natijalarni qayta ishlash usuli Navoiy viloyati “Issiqlik manbai” DUK Uchquduq filialiga joriy qilingan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ning 2023-yil 16-oktyabrdagi 05-20/848-son ma’lumotnomasi). Natijada bir yilda 54196000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;