Alikulov Xusniddin Akbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida ekologik xavf-xatarni oldini olishning 
ijtimoiy-falsafiy mexanizmlari” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal679.
Ilmiy rahbar: Tilavov Uktam G‘ulomovich falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Aliev Bekdavlat Begalievich, falsafa fanlari doktori, professor; Omonov Bahodir Nurillaevich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida ekologik xavf-xatarni oldini olishning ijtimoiy-falsafiy mexanizmlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik xavflarni boshqarish orqali global ijtimoiy-ekotizimning ekologik xavfsizligini ta’minlashdagi strukturaviy jihatlar invayromentalizm kontekstida jamiyat hayoti bilan bog‘liq amaliy o‘zgarishlarga, global maqsadlarga erishishi ochib berilgan;
 “ekologik xavfsizlik” va “ekologik xavf” tushunchalarining koevolyusiya konsepsiyasi mohiyati bilan determenistik aloqadorligi, ekologik xavfsizlik ijtimoiy-ekotizimning barqaror rivojlanishini belgilab beruvchi ekologik xavf chegaralarini global xavflarni bartaraf etish maqsadida tashkil etishi asoslangan;
antropogen tabiatni o‘zgartiruvchi faoliyat atributi sifatida ikkilamchi tabiatning ekomuhit sofligini ta’minlashdagi ijobiy ta’siri natijalarining namoyon bo‘lish shakli sifatida ekologik xavflarning tashkiliy-institusional tizimini takomillashtirish zaruriyati dalillangan; 
ijtimoiy evolyusiyada ekologik xavflarning ekologizm paradigmasidagi prognostik holati belgilanib, ekologik xavfsizlik va rivojlanish o‘rtasidagi integrativ bog‘liqlik asoslangan hamda ekologik qarama-qarshilikni engib o‘tishga global ijtimoiy-ekotizimning boshqariladigan rivojlanishi orqali erishish, bunda ekologik xavf global ekologik xavfsizlik choralarining tartibga soluvchi omillar orqali bartaraf etilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv sharoitida ekologik xavf-xatarni oldini olishning ijtimoiy-falsafiy mexanizmlarini o‘rganish doirasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ekologik xavflarni boshqarish orqali global ijtimoiy-ekotizimning ekologik xavfsizligini ta’minlashdagi strukturaviy jihatlar invayromentalizm kontekstida jamiyat hayoti bilan bog‘liq amaliy o‘zgarishlarga, global maqsadlarga erishishiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan tashkil qilingan “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “YO‘l xaritasi” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2023-yil 2-iyundagi 
04-13/3035-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot ishi natijalari O‘zbekistonda ekologik xavflarni boshqarish tizimini o‘rganishning konseptual mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
“ekologik xavfsizlik” va “ekologik xavf” tushunchalarining koevolyusiya konsepsiyasi mohiyati bilan determenistik aloqadorligi, ekologik xavfsizlik ijtimoiy-ekotizimning barqaror rivojlanishini belgilab beruvchi ekologik xavf chegaralarini global xavflarni bartaraf etish maqsadida tashkil etishiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan “Mamlakatda atrof-muhitni holatini yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik muammolarni yaxlit holda hal etishga qaratilgan dastur va harakatlar strategiyasini shakllantirish va istiqbolli chora-tadbirlar” rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 10-iyuldagi 89-03-2725-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilgari surilgan taklif va tavsiyalar rejaning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarini faollashtirish va uzlyuksiz ta’lim tizimini yaratish yo‘nalishi takomillashuviga xizmat qilgan;
antropogen tabiatni o‘zgartiruvchi faoliyat atributi sifatida ikkilamchi tabiatning ekomuhit sofligini ta’minlashdagi ijobiy ta’siri natijalarining namoyon bo‘lish shakli sifatida ekologik xavflarning tashkiliy-institusional tizimini takomillashtirish zaruriyatiga doir ilmiy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi faoliyatida, xususan, O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqishda hamda O‘zbekiston Respublikasining “Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining 2023-yil 6-oktyabrdagi 132-58-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar oliy ta’lim muassasalarini ekologiya va atrof muhit muhofaza sohasiga oid zarur o‘quv-metodik materiallar va boshqa foydali ma’lumotlardan keng foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy evolyusiyada ekologik xavflarning ekologizm paradigmasidagi prognostik holati belgilanib, ekologik xavfsizlik va rivojlanish o‘rtasidagi integrativ bog‘liqlik asoslangan hamda ekologik qarama-qarshilikni engib o‘tishga global ijtimoiy-ekotizimning boshqariladigan rivojlanishi orqali erishish, bunda ekologik xavf global ekologik xavfsizlik choralarining tartibga soluvchi omillar orqali bartaraf etilishiga oid taklif hamda tavsiyalardan O‘zbekiston ekologik harakati faoliyatida, jumladan, 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturining “Aholi ekologik faolligi, mas’uliyati va madaniyatini yuksaltirish”, “Atrof-muhit muhofazasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish”, (8; 10; 17) bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik harakatining 2023-yil 8-sentyabrdagi 09/72-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ilmiy natijalaridan foydalanish Ekologik harakat tomonidan “Sog‘lom muhit – inson salomatligi” shiori ostida atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligini yaxshilash sohasida tashkil etilgan tahliliy-amaliy tadbirlar samaradorligining oshishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish