To‘xtaev Hakim  Primovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Zamonaviy aksiologiya qonuniyatlarining Yangi O‘zbekistonga xos namoyon bo‘lish xususiyatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Fal144
Ilmiy maslahatchi: Nazarov Qiyomiddin, falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Aliev Bekdavlat, falsafa fanlari doktori, professor; Tulenova Gulmira Jandarovna, falsafa fanlari doktori, professor;  Huseynova Abira Amanovna falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi istiqlol yillarida O‘zbekistonda  qadriyatlar sohasi o‘zgarishi va yangilanishi hamda bu jarayonda  aksiologiya qonuniyatlarining amal qilish dialektikasini tizimli tadqiq etishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
hozirgi davrda yurtimizda yangi qadriyatlar tizimini shakllantirish jarayoni va unda aksiologiya qonuniyatlari namoyon bo‘lishining dinamikasi va dialektikasiga ta’sir ko‘rsatadigan innovatsion omillar va yangilanish tamoyillar ochib berilgan;   
mamlakatimiz mustaqilligining ilk davridayoq  qadriyatlar sohasini yangilash va optimallashtirish, qadriyatlarga doir qonuniyatlarning amal qilish va dinamik takomillashish bosqichlari, aksiologiya qonuniyatlarining ushbu jarayondagi transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy  ahamiyati ochib berilgan;
  mamlakatimizda barpo etilayotgan Yangi O‘zbekiston jamiyatiga xos aksiologik o‘zgarishlarning paradigmal asoslari, ustuvor yo‘nalishlari, bu boradagi amaliyotni dinamik optimallashtirish va dialektik takomillashtirish yo‘llari, yurtimiz qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar mexanizmining imkoniyatlari ochib berilgan;  
bugungi kundagi aksiologik taraqqiyotni ta’minlashga doir amaliy faoliyat mexanizmini optimallashtirishning innovatsion yo‘llari va sotsionik istiqbollari ochib berilgan; 
Yangi O‘zbekistonda umuminsoniy va milliy qadriyatlar omilining transformatsiyasiga yordam beradigan, yangilanib borayotgan  mamlakatimizda zamonaviy aksiologiya qonunlari amaliyoti samarasini oshirishga xizmat qiladigan paradigmal   qadriyatlar ahamiyati asoslangan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy aksiologiya qonuniyatlarining Yangi O‘zbekistonga xos namoyon bo‘lish xususiyatlari mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
hozirgi davrda yurtimizda yangi qadriyatlar tizimini shakllantirish jarayoni va unda aksiologiya qonuniyatlari namoyon bo‘lishining dinamikasi va dialektikasiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar va tamoyillarga oid ilmiy xulosalardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-185-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan guvohnomaga muvofiq nashr qilingan “Aksiologiya: qadriyatlar falsafasi” nomli darslikda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2023-yil 25 avgustdagi  02/02-01-119-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar darslikni yangi ilmiy  ma’lumotlar bilan boyitish imkonini bergan;
mamlakatimiz mustaqilligining ilk davridayoq  qadriyatlar sohasini yangilash va optimallashtirish, qadriyatlarga doir qonuniyatlarning amal qilish va dinamik takomillashish bosqichlari, aksiologiya qonuniyatlarining ushbu jarayondagi transformatsiyasiga doir umuminsoniy jihatlari hamda milliy xususiyatlarining ijtimoiy-falsafiy  ahamiyatiga doir  ilmiy xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining faoliyatidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, targ‘ibot -tashviqot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 15-noyabrdagi 4-13-21-3317-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar mamlakatimiz yoshlarini tarix sinovlaridan o‘tgan milliy qadriyatlarga sodiq, mustaqil dunyoqarash va teran fikrga ega, qat’iyatli qilib tarbiyalash maqsadida amalga oshirilgan ishlar targ‘ibotining samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
mamlakatimizda barpo etilayotgan Yangi O‘zbekiston jamiyatiga xos aksiologik o‘zgarishlarning paradigmal asoslari, ustuvor yo‘nalishlari, bu boradagi amaliyotni optimallashtirish va yanada takomillashtirish yo‘llari, yurtimiz qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar mexanizmining imkoniyatlariga oid ilmiy xulosa va amaliy takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining joriy yildagi rejasi 18 bandining “Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida vazirlik va idoralar, shuningdek hududlardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini muntazam o‘rganish va tahlil etib borish bo‘yicha monitoringni yo‘lga qo‘yish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 15 noyabrdagi 02-22/1264-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar   milliy mentalitetimiz va  qadriyatlarimiz ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan. 
qadriyatlarni takomillashtirishga oid muassasalar tizimi va uning tarmoqlari faoliyatini samarali tashkil qilish bo‘yicha tajriba chuqur va har tomonlama o‘rganilib, bugungi kundagi aksiologik taraqqiyotni ta’minlashga doir amaliy faoliyat mexanizmini optimallashtirish yo‘llari va istiqbollari ochib berilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida, jumladan partiyaning dasturida belgilangan asosiy g‘oyalardan kelib chiqib “milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” shiori atrofida birlashish asosida, har qanday sharoitda milliy manfaatlar ustuvorligini ta’minlash; milliy madaniy va ma’naviy qadriyatlar, O‘zbekiston xalqining urf-odat hamda an’analarni asrab-avaylash va boyitish sohasidagi tizimli ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston  “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2023-yil 05-sentyabrdagi 02/04-54-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar global makonda milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga tahdid va xatar kuchayayotgan bugungi davrda milliy mentalitetimiz, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizning qadrini oshirishda ilmiy manba sifatida xizmat qilgan.
Yangi O‘zbekistonda umuminsoniy va milliy  qadriyatlar omilining transformatsiyasiga yordam beradigan,   yangilanib borayotgan  mamlakatimizda zamonaviy aksiologiya qonunlari amaliyoti samarasini oshirishga xizmat qiladigan   qadriyatlar rivoji paradigmal ahamiyatga egaligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston  faylasuflari milliy jamiyati tomonidan chop etilgan “Jahon falsafasi qomusi” nomli 1-2 jild kitoblarda foydalanilgan (O‘zbekiston  faylasuflari milliy jamiyatining 2023-yil 21-avgustdagi 09-sonli ma’lumotnomasi). Bularning barchasi, o‘z navbatida O‘zbekiston  faylasuflari milliy jamiyatining ilmiy va nashr faoliyati optimallashuviga, “Jahon falsafasi qomusi” va “Ma’naviyat asosiy tushunchalar lug‘ati” matnining takomillashuvi hamda mazmunan boyishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish