Madalimov Timur Abduvalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Qadimgi hind falsafasida ruh haqidagi tasavvurlar transformatsiyasi (veda manbaalari asosida)” mavzusidagi 09.00.03 – Falsafa tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1106.
Ilmiy rahbar: Ramatov Jumaniyoz Sultanovich falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Mahmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor; Isaqova Zamiraxon Ruxiddinovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi veda manbaalari asosida qadimgi hind falsafasidagi ruhga oid tasavvurlarning transformatsiyasini ochib berishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ruh transformatsiyasi haqidagi qarashlar qadimgi hind jamiyatining ma’naviy va ijtimoiy sohalaridagi o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlangani ilmiy asoslangan;
vedalar davrida ruh haqidagi tasavvur dastlab “ahamiyasiz” tushuncha sifatida talqin qilinib, keyinchalik Astika maktablarida asosiy ontologik muammo bo‘lganligi isbotlangan;
Astika maktablarida ruhning moddiy dunyo (sansara)dan ozod bo‘lishi tahlil qilinib, uning asosiy substansiyalari moksha va karma ekanligi haqidagi tamoyil ishlab chiqilgan;
Uchinchi renessans poydevorini barpo etish jarayonida ma’rifatli jamiyatga erishishga oid islohotlar doirasida barkamol shaxsni shakllantirish vazifalari bilan qadimgi hind falsafasi g‘oyalarining hamohangligi ochib berilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qadimgi hind falsafasida ruh haqidagi tasavvurlar transformatsiyasiga qaratilgan ilmiy va amaliy ahamiyati bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya va takliflar asosida:
ruh transformatsiyasi haqidagi qarashlar qadimgi hind jamiyatining manaviy va ijtimoiy sohalaridagi o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlanganiga oid ilmiy tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining 2020-2022 yillarda bajarilgan A-OT-2021-11-sonli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Universitetining 26 iyuldagi 04\11-4492 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqishda ilmiy-metodik manbaa bo‘lib hizmat qilgan;
vedalar davrida ruh haqidagi tasavvur dastlab “ahamiyasiz” tushuncha sifatida talqin qilinib, keyinchalik Astika maktablarida asosiy ontologik muammo bo‘lganligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2022 yil 07 iyundagi 06-81-851-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar teletomoshabinlarning diniy va dunyoviy saviyasini yuksaltirish, shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida yuksak madaniyat egasi haqidagi qarashlar shakllanishiga samarali ta’sir ko‘rsatgan;
Astika maktablarida ruhning moddiy dunyo (sansara)dan ozod bo‘lishi tahlil qilinib, uning asosiy substansiyalari moksha va karma ekanligi haqidagi tamoyilga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2023 yil 24 iyuldagi 1-13-21-1986-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar agentlik tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini samaradorligi ortishiga xizmat qilgan;
Uchinchi renessans poydevorini barpo etish jarayonida ma’rifatli jamiyatga erishishga oid islohotlar doirasida barkamol shaxsni shakllantirish vazifalari bilan qadimgi hind falsafasi g‘oyalarining hamohangligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 26 sentyabrdagi ma’lumotnomasiga muvofiq, nashr qilingan “Falsafa” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 26 sentyabrdagi 02/01-01-132-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talaba-yoshlar orasida bag‘rikenglik g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qilgan.