Maksudova Saida Sakievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2976.
Ilmiy rahbar: Teshabaev To‘lqin Zakirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Baxriddinov Sharofiddin, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bank tizimining barqarorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
banklarda stress-test o‘tkazish parametri sifatida yuridik shaxslarning depozit hisobraqamlaridagi mablag‘lar qoldig‘i 20 foizga kamayganda – pessimistik ssenariy, 25 foizga kamayganda – kritik ssenariy va 30 foizga kamayganda – katastrofik ssenariy deb belgilash taklif etilgan;
bank moliyaviy barqarorligini ta’minlashda bank resurslaridan samarali foydalanishning 2-bosqichli tizimi: 1 kundan 1 oy muddatgacha bo‘lganda –operativ boshqaruv va 1 oydan oshganda - muddatli boshqaruv tizimlariga ajratish taklif etilgan;
bankning moliyaviy mustahkamligini oshirishda Kredit siyosati bo‘yicha asosiy risklarni yuzaga kelish ehtimoli va ta’sir qilish darajasi nuqtayi nazaridan past, o‘rta va yuqori toifalarga ajratish taklif etilgan;
banklarda moliyaviy barqarorlikni saqlab turish va risklarni oldini olish maqsadida milliy valyutada amalga oshiriladigan kredit vositalari bank sof aktivlarining 15 foizidan 50 foizgacha bo‘lganda Bank Kuzatuv kengashi qarori asosida berish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
banklarda stress-test o‘tkazish parametri sifatida yuridik shaxslarning depozit hisobraqamlaridagi mablag‘lar qoldig‘i 20 foizga kamayganda – pessimistik ssenariy, 25 foizga kamayganda – kritik ssenariy va 30 foizga kamayganda – katastrofik ssenariy deb belgilash taklifi aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning 2022 yilga mo‘ljallangan “Bank faoliyatini stress-testdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2024 yil 5 fevraldagi 21-04/475-son ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat bankining 2022 yil uchun ishlab chiqilgan stress-test o‘tkazish siyosati yanada takomillashtirilgan, bankning moliyaviy barqarorligi mustahkamlangan, bank kapital rentabelligi o‘tgan yilga nisbatan 2 martaga oshib 13,33 foizni, aktivlar rentabelligi esa 1,5 martaga oshib 1,6 foizni tashkil etgan;
bank moliyaviy barqarorligini ta’minlashda bank resurslaridan samarali foydalanishning 2-bosqichli tizimi: 1 kundan 1 oy muddatgacha bo‘lganda –operativ boshqaruv va 1 oydan oshganda - muddatli boshqaruv tizimlariga ajratish taklifi aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning 2022 yil 6 apreldagi 754-son “Likvidlilikni boshqarish siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2024 yil 5 fevraldagi 21-04/475-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bankning moliyaviy instrumentlaridan foydalanish jarayonida majburiyatlarni to‘liq va o‘z vaqtida bajara olish imkoniyati mustahkamlangan, 2022 yilda bankning yuqori likvidli aktivlari hajmi 2 246,6 mlrd so‘m yoki 14,7 foiz, likvidlilikni qoplash me’yori koeffisienti 226,8 foiz va sof barqaror moliyalashtirish me’yori 100,9 foiz bo‘lishi ta’minlangan;
bankning moliyaviy mustahkamligini oshirishda Kredit siyosati bo‘yicha asosiy risklarni yuzaga kelish ehtimoli va ta’sir qilish darajasi nuqtayi nazaridan past, o‘rta va yuqori toifalarga ajratish taklifi aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning 2022 yil 6 apreldagi 753-sonli 2022 yilga mo‘ljallangan bankning «Kredit siyosati»ni va “Kredit siyosati bo‘yicha risklar matrisasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2024 yil 5 fevraldagi 21-04/475-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning moliyaviy barqarorligi ta’minlangan, bankning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli kreditlar hajmi 95,3 foizga etgan. Shuningdek, bank aktivlari joriy yilda 27 foizga oshib, 16 083 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bank kredit portfelida standart kreditlarning ulushi 96,87 foizga teng bo‘lib, 8 874,7 mlrd so‘mni tashkil etgan;
banklarda moliyaviy barqarorlikni saqlab turish va risklarni oldini olish maqsadida milliy valyutada amalga oshiriladigan kredit vositalari bank sof aktivlarining 15 foizidan 50 foizgacha bo‘lganda Bank Kuzatuv kengashi qarori asosida berish taklifi aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning 2022 yil 6 apreldagi 753-son 2022 yilga mo‘ljallangan bankning «Kredit siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2024 yil 5 fevraldagi 21-04/475-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2022 yilda bankning jami kredit portfeli 18,9 foiz yoki 1 451,6 mlrd so‘mga oshib, 9 104,9 mlrd so‘mni tashkil etgani holda, harakatsiz kreditlarning jami kreditlardagi ulushi 2 martaga kamayib, 2,03 foizni tashkil etgan.