Ibroximov Ilxomjon Shavkatjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiyasi mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2434. 
Ilmiy rahbar: Rahimov Akmal Matyaqubovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiyasi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. 
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
banklar tomonidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlari sifatini oshrish maqsadida kraudsorsing amaliyotini joriy etish taklif etilgan;
tijorat banki tomonidan mijozlar uchun qulay hamda sifatli xizmatlar ko‘rsatish maqsadida «mijoz - ishonch» tizimiga asoslangan bank xizmatlari paketini ishlab chiqish taklif etilgan;
tijorat banki tomonidan mijozlarga qulaylik yaratish hamda bank xizmatlari sifatini oshirish maqsadida bank mobil ilovalari orqali jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini omonatga qabul qilishda minimal qoldiq summasining miqdoriga qarab foizlarni tabaqalashtirgan holda belgilash asoslangan;
tijorat banklari tomonidan mijozlar (jismoniy shaxslar)ga ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini hamda moliyaviy inklyuzivlikni yanada oshirish maqsadida bank kartalarini masofadan boshqarish imkoniyatlarini oshirish taklifi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
banklar tomonidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlari sifatini oshrish maqsadida kraudsorsing amaliyotini joriy etish taklifi AT «Aloqa bank»ning 2022 yilga mo‘ljallangan umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Aloqabank»ning 2023 yil 02 fevraldagi 19-04/393-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bank mijozlari soni 2022 yilda 15 foizga ortgan. Bank tomonidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga erishilgan;
tijorat banki tomonidan mijozlar uchun qulay hamda sifatli xizmatlar ko‘rsatish maqsadida «mijoz - ishonch» tizimiga asoslangan bank xizmatlari paketini ishlab chiqish taklifi AT «Aloqa bank»ning 2023 yilga mo‘ljallangan umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Aloqabank»ning 2023 yil 02 fevraldagi 19-04/393-son ma’lumotnomasi). Natijada, AT «Aloqabank»da yuqori loyallik darajasiga ega bo‘lgan mijozlar guruhi ajratib olinib, ularga nisbatan xizmat ko‘rsatishning alohida tartibi joriy etilgan;
tijorat banki tomonidan mijozlarga qulaylik yaratish hamda bank xizmatlari sifatini oshirish maqsadida bank mobil ilovalari orqali jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini omonatga qabul qilishda minimal qoldiq summasining miqdoriga qarab foizlarni tabaqalashtirgan holda belgilash taklifi AT «Aloqa bank»ning 2023 yil uchun «Depozit siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Aloqa bank»ning 2023 yil 02 fevraldagi 19-04/393-son ma’lumotnomasi). Natijada AT «Aloqa bank»da egiluvchan shartlarda, jozibador omonat turlari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishiga erishilgan;
tijorat banklari tomonidan mijozlar (jismoniy shaxslar)ga ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini hamda moliyaviy inklyuzivlikni yanada oshirish maqsadida bank kartalarini masofadan boshqarish imkoniyatlarini oshirish taklifi AT «Aloqa bank»ning 2023 yilga mo‘ljallangan umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Aloqa bank»ning 2023 yil 02 fevraldagi 19-04/393-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning «Zoomrad» mobil ilovasidan foydalanuvchilar soni o‘tgan yilga nisbatan 2,5 barobarga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish