Karimova Shirin Zoxid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron tijorat vositalaridan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.16 - “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3149.
Ilmiy rahbar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi 03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Mo‘minov Bahodir Boltaevich; iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Maxammadiev Maxsud Mardon iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron tijorat vositalaridan foydalanishni takomillashtirishga doir ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “elektron tijorat ekotizimi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni munosabatlarning o‘zaro manfaatliligi tamoyiliga asoslangan ishtirokchilar, axborot servislari va biznes-jarayonlarning katta miqdorini birlashtiruvchi raqamli tizim xaridor va sotuvchining muayyan joriy elektron sahifadan boshqasiga o‘tmagan holda elektron tijorat taqdim etuvchi elektron tovarlar va xizmatlar xaridi va to‘lovini amalga oshirish imkoniyatlari jihatidan takomillashtirilgan;
elektron savdo maydonchasidagi tijorat faoliyati jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirishda tezkor moslashuvchan raqamli axborot tizimi vositasida raqamli formatda ifodalanuvchi elektron mahsulot shakllanishining har bir alohida jarayonini qiymat jihatidan baholash hamda minimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
elektron savdo maydonchasi orqali kiyim-kechak mahsulotlarini sotishda xaridorning tana qismlari o‘lchamlarini sun’iy intellekt yordamida avtomatik ravishda hisoblash algoritmi va dasturiga mijozning talab va xohishiga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish orqali elektron savdo hajmini oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda elektron tijorat raqamli transformatsiya jarayonlari va internet foydalanuvchilari soni hamda xavfsiz internet-serverlarning oshib borishi asosida rivojlanishining 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron tijorat vositalaridan foydalanishni takomillashtirishga oid ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “elektron tijorat ekotizimi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni munosabatlarning o‘zaro manfaatliligi tamoyiliga asoslangan ishtirokchilar, axborot servislari va biznes-jarayonlarning katta miqdorini birlashtiruvchi raqamli tizim xaridor va sotuvchining muayyan joriy elektron sahifadan boshqasiga o‘tmagan holda elektron tijorat taqdim etuvchi elektron tovarlar va xizmatlar xaridi va to‘lovini amalga oshirish imkoniyatlari jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Raqamli marketing” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil 14-iyuldagi 228-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda elektron tijorat taqdim etuvchi elektron tovarlar va xizmatlar xaridi va to‘lovini amalga oshirish imkoniyatlari jihatidan takomillashtirilgan elektron tijorat ekotizimi tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha yangi nazariy bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
elektron savdo maydonchasidagi tijorat faoliyati jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirishda tezkor moslashuvchan raqamli axborot tizimi vositasida raqamli formatda ifodalanuvchi elektron mahsulot shakllanishining har bir alohida jarayonini qiymat jihatidan baholash hamda minimallashtirish asosida takomillashtirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024-yil 23-fevraldagi 9/01-30-35-03-sonli hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 28-apreldagi 02/22-317-sonli malumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi “Yaskanamu Future” MChJ hamda “Imron Textile Group” xususiy korxonalarining elektron tijorat platformalarining qidiruv tizimlari soddalashtirish asosida 2023-yilning birinchi choragida elektron kiyim savdosi hajmini “Yaskanamu Future” MChJda 3,5 foizga, “Imron Textile Group” xususiy korxonasida 6,2 foizga oshirish imkonini bergan;
elektron savdo maydonchasi orqali kiyim-kechak mahsulotlarini sotishda xaridorning tana qismlari o‘lchamlarini sunʼiy intellekt yordamida avtomatik ravishda hisoblash algoritmi va dasturiga mijozning talab va xohishiga oid qo‘shimcha maʼlumotlarni kiritish orqali elektron savdo hajmini oshirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024-yil 23-fevraldagi № 9/01-30-35-03-sonli hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 28-apreldagi № 02/22-317-sonli malumotnomalari). Mazkur ilmiy taklif “Yaskanamu Future” MChJ hamda “Imron Textile Group” xususiy korxonalarining elektron tijorat platformalarida sinovdan o‘tkazilib, sinov natijalari asosida elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar to‘g‘risidagi guvohnomalar olingan (DGU 27403; № DGU 31144), korxonalar tomonidan elektron savdo maydonchasida sotuvni samarali va sifatli amalga oshirishga, elektron tijoratdagi eng muhim muammo sotib olinayotgan kiyimni vizual ko‘rish va uning o‘lchamlari bilan bog‘liq muammoni hal qilishga imkon yaratgan;
O‘zbekistonda elektron tijorat raqamli transformatsiya jarayonlari va internet foydalanuvchilari soni hamda xavfsiz internet-serverlarning oshib borishi asosida rivojlanishining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlaridan O‘zbekiston elektron tijorat uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston elektron tijorat uyushmasining 2024-yil 24-fevraldagi 1-2402-sonli hamda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024-yil 23-fevraldagi 9/01-30-35-03-sonli maʼlumotnomalari). Mazkur prognoz parametrlaridan foydalanish asosida O‘zbekiston elektron tijorat uyushmasining tarmoqlar va sohalarda elektron tijorat sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.