Qalandarova Gavxar Sulaymonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “E’tiqod va bilim mutanosibligining falsafiy metodologik jihatlari” mavzusidagi 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fal612.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Nigina Arslanovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Karimov Baxtiyor Raxmonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi e’tiqod va bilim mutanosibligining barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish omili sifatidagi metodologik ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diniy etiqod ezgulikga ishonch, inson ma’naviy qiyofasini boshqarish vositasi, ilmiy bilim moddiy ehtiyojlarni qondirish, kasbiy kamolot  omili ekanligi, ularning birligi jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti va insonparvarlashuvida namoyon bo‘lishi   asoslangan;
ilmiy bilimlar sivilizatsiyalar almashuvining mezoni, odamlarning kundalik- pragmatik ehtiyojlariga javob va inson tafakkuri imkoniyatlarining mahsuli sifatida dunyoni o‘zgartiruvchi tafakkur to‘lqinlari sinapslar sifatida nomoyon bo‘lishi ochib berilgan;
ilmiy bilim va e’tiqod mutanosibligiga erishish yangi texnologiyalarni yaratish, insoniyatning davomiyligini ta’minlash, koinot sirlarini o‘rganishga oqilona yondashuvni shakllantirishning metodologik asosi sifatida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va insoniyatni asrash mezoni ekanligi asoslangan;
tabiiy va ijtimoiy bilimlar dialektikasining gumanistik xarakteri olimlarning kashfiyot va ixtirolari natijalarida, e’tiqod erkinligi dinlararo  bag‘rikenglik, millatlararo totuvlikni  ta’minlash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashning  epistemologik omili ekanligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. E’tiqod va bilim mutanosibligining falsafiy metodologik jihatlarini tadqiq etish natijasida:
diniy etiqod ezgulikga ishonch, inson ma’naviy qiyofasini boshqarish vositasi, ilmiy bilim moddiy ehtiyojlarni qondirish, kasbiy kamolot  omili ekanligi, ularning birligi jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti va insonparvarlashuvida  namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» teleradiokanali» DM «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Ta’lim va taraqqiyot», «Adabiy jarayon», «Jahon adabiyoti» radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 23-noyabrdagi 04-36/1947-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar odamlarning diniy e’tiqodini qadrlash va ilmiy bilimdan ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash jarayonida foydalanishning zarurligini tushunishiga xizmat qilgan;
ilmiy bilimlar sivilizatsiyalar almashuvining mezoni, odamlarning kundalik- pragmatik ehtiyojlariga javob va inson tafakkuri imkoniyatlarining mahsuli sifatida dunyoni o‘zgartiruvchi tafakkur to‘lqinlari sinapslar sifatida namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan «Aholining Internetdagi jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga oid chora-tadbirlar» 31-bandi «Buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi, ularning ibratli hayot yo‘li hamda jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari bo‘yicha ma’lumotlar bilan xalqaro Internet tarmog‘ini boyitib borish»da foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 12-dekabrdagi 381-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar bilim ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanishi va ulardan odamlarning ilmiy va kasbiy faoliyatida oqilona foydalanishiga xizmat qilgan; 
ilmiy bilim va e’tiqod mutanosibligiga erishish yangi texnologiyalarni yaratish, insoniyatning davomiyligini ta’minlash, koinot sirlarini o‘rganishga oqilona yondashuvni shakllantirishning metodologik asosi sifatida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va insoniyatni asrash mezoni ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining «Yoshlarga oid davlat siyosati targ‘iboti oyligi» loyihasini o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 2-martdagi 4-13-21-546-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar bilim va e’tiqod texnologik taraqqiyot ta’minlash omili ekanligi, ularning mutlaqlashtirilishi bu jarayondagi mutanosiblikning buzilishiga olib kelishini tushunishga xizmat qilgan; 
tabiiy va ijtimoiy bilimlar dialektikasining gumanistik xarakteri olimlarning kashfiyot va ixtirolari natijalarida, e’tiqod erkinligi dinlararo  bag‘rikenglik, millatlararo totuvlikni  ta’minlash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashning  epistemologik omili ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining madaniy-gumanitar sohadagi tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining  2023-yil 30-oktyabrdagi 02-02-61-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar fuqarolar ongida bilim va e’tiqod mutanosibligiga erishishni to‘g‘ri anglash malakalarini shakllantirishga xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish