Samandarov Abrorbek Islomboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tut mevasi sharbati va konsentrati olish texnologiyasini takomillashtirish va jarayonlarini optimallashtirish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T.3843.
Ilmiy rahbar: Maksumova Dilrabo Kuchkorovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSs.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Barakaev Nusratilla Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor; Boboev Akmal Xatamovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tut mevasi sharbati va konsentrati olish jarayonlarini optimallashtirish va ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tut sharbati tarkibidagi kraxmal va pektin parchalanib, cho‘kma ajratilib, shaffof sharbat olish, vakuum-bug‘latish apparatida olingan konsentratda Na+, K+, Ca+, Mg2+ mineral moddalari ion holatida saqlanishi isbotlangan;
tut sharbatida refraktometrik quruq moddada qandlar 18 %, qo‘rg‘oshin, temir, kadmiy, nikel` kabi og‘ir metallar miqdori ruxsat etilgan meyyorlardan kam ekanligi aniqlagangan va oksimetilfurfurol hosil bo‘lmasligi asoslangan;
quyuq massaning namligi 78-80,5 %, tarkibiga sellyuloza va gemisellyuloz, quruq moddalar konsentratsiyasi 19,5-22 % ni, quyuq massaning zichligi sentrifugani ishlatish rejimiga mos 1060 kg/m3 ni tashkil etishi aniqlangan;
grafik usulda tut mevasi sharbati massasini dekantatsiyalash, issiqlik- gidromexanik tindirilgan sharbatni massaalmashinish orqali bug‘latish orqali fugat tarkibida qandlar, pektin, kraxmal, mikro- va makroelementlar, vitaminlar, organik kislotalar, aromatik moddalar, pigmentlar maksimal saqlanish asoslangan;
tut mevasi sharbati olish jarayonlari maqbullashtirilib, konsentrat ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tut mevasi sharbati va konsentrati olish jarayonlarini maqbullashtirish va ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tut sharbati konsentrati olish texnologiyasi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»da ishlab chiqarish amaliyotga joriy qilangan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2023 yilning 14 dekabridagi 14-112/12-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, qandlar, mikro- va makroelementlar, vitaminlar va dorivor organik kislotalarga boy iste’mol uchun xavfsiz tut konsentrati olish imkonini beradi;
tut sharbati ishlab chiqarish texnologiyasi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning «2024-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2023 yilning 14 dekabridagi 14-112/12-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, jigarni himoya qilish, qon bosimini pasaytirish, shuningdek, qondagi qand va lipid darajasini pasaytirish xususiyatiga ega vitaminlar, mikro- va makroelementlar hamda organik kislotalarga boy tut sharbati ishlab chiqarish imkonini bergan.