Po‘latov Istam Bayotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Chuchuk suv baliqlarini qayta ishlash texnologiyasini tayyor mahsulot tovarshunoslik tavsifi va xavfsizligi asosida takomillashtirish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3610.
Ilmiy rahbar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Camarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSs.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Dadamirzaev Muzaffar Xabibullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chuchuk suv baliqlarini qayta ishlash texnologiyasini tayyor mahsulot tovar tavsifi va xavfsizligi asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy va sun’iy tashkil etilgan chuchuk suv havzalarida etishtirilgan baliq go‘shtining kimyoviy tarkibi aniqlanib, barcha hududdagi laqqa balig‘ining tarkibida ruxsat etilgan meyyorlardan ortiq mishyak yig‘ilishi isbotlangan;
go‘sht tarkibini baliq etishtirilgan muhitdagi moddalar, jumladan toksik elementlar bilan to‘yinishi ma’lum qonuniyatga egaligi aniqlangan va tarkibi suvdagi element miqdoriga bevosita bog‘liqligi asoslangan;
baliqni konservalashda ishlatiladigan sous tarkibidagi alohida komponentlar baliq konservasida spesifik hid, ta’m, konsistensiya va rang hosil qilishi bilan konserva sifati oshishi aniqlangan;
O‘rta Zarafshonda ovlangan marinka, karp va oqdo‘ngpeshona baliqlarida margimush va surma konsentratsiyasi me’yoriy qiymatlaridan yuqori, surmaning asosiy qismi tangasi, terisida, jabra va skeletida to‘planishi isbotlangan;
baliq konservasi ishlab chiqarishda qadoqlab germetiklangan konserva mahsulotini sterillash rejimlarining harorat va vaqtga bog‘liqligi asoslangan;
tayyor mahsulot tovar tavsifi va xavfsizligi asosida, chuchuk suv baliqlarini qayta ishlash texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Chuchuk suvlarda sun’iy etishtirilgan yoki tabiiy sharoitda yashovchi baliqlarni konservalash texnologiyasini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
karp, oqdo‘ngpeshona, laqqa, vobla baliqlardan tayyorlangan konservalar ishlab chiqarish texnologiyasi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2023 yilning 14 noyabridagi 14-96/11-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqsil, yog‘, uglevodlar, mikro- va makroelementlar hamda vitaminlarga boy iste’mol uchun xavfsiz baliq konservalari ishlab chiqarish imkonini beradi;
«Tomat sousidagi baliq», «Tomat sousidagi sabzavot baliq», «Qovurilgan baliq konservasi» va «O‘simlik moyidagi vobla» baliq konservalari ishlab chiqarish texnologiyasi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2023 yilning 14 noyabridagi 14-96/11-23-son ma’lumotnomasi). Natijalar xavfsizligi kafolatlangan, kimyoviy tarkibi saqlangan baliq konservalari ishlab chiqarish imkonini beradi.