Jovliev Bahrom Abdinazar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zirabuloq-Ziyoviddin regioni bo‘r yotqiziqlarining biostratigrafiyasi va fatsial hususiyatlari», 04.00.05 – Paleontologiya va stratigrafiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/GM198.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Gaybulla Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti huzuridagi DSc.24/30.12.2019.GM.41.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abduazimova Zoya Musaevna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Djalilov Gofur Ganievich, geologiya-mineralogiya falsafa fanlari doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Geologiya va geofizika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikki tavaqali mollyuska va boshqa faunalarni aniqlash asosida geologik-tasvirlash va bashoratlash-qidirish ishlarida ilmiy asos bo‘lib xizmat qiluvchi Zirabuloq-Ziyoviddin regioni bo‘r yotqiziqlarining yangilangan mintaqaviy stratigrafik sxemasini tuzishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Zirabuloq-Ziyoviddin regioni bo‘r yotqiziqlari bo‘yicha tabaqalash va taqqoslash natijasida olingan, litologik-biostratigrafik asosda ajratilgan tayanch kesmalar bilan rayonlashtirish ishlab chiqilgan;
har bir tayanch kesmalarda svitalarning yoshini va chegaralarini aniqlash uchun biotsenozlar tarkibining xususiyatlari va har bir svitadagi majmualarning yashash sharoitlari hamda ularning vaqt bo‘yicha evolyusiyasi aniqlangan;
bo‘r yotqiziqlari kesmalarida qayd etilgan, keskin faunistik va fatsial o‘zgarishlar – global va mintaqaviy abiotik va biotik hodisalarning kesmalar tuzilishida va biotsenozlar tarkibida aks etgan natijalari ekanligi aniqlangan;
Zirabuloq-Ziyoviddin regioni bo‘r yotqiziqlarining yaruslar va kenjayaruslari orasidagi chegaralari qo‘shimcha paleontologik asoslanib, mintaqaviy shkalaning takomillashgan, yangilangan stratigrafik sxemasi ishlab chiqilgan;
paleontologik ob’ektlarning taksonomik mansubligi va ularni qamragan jinslarning yoshini aniq belgilaydigan 14 ta avlodga tegishli bo‘lgan 16 ta turga mansub ikkitavaqali mollyuskalarning monografik ta’riflangan va aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Zirabuloq-Ziyoviddin hududi bo‘r yotqiziqlarining biostratigrafiyasi va fatsial xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘r davri yotqiziqlari bo‘yicha ishlab chiqilgan yangilangan stratigrafik sxemasi “O‘zbek geologiya qidiruv ” AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiyasi vazirligining 2023 yil 26 sentyabrdagi 08-2903-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rganilayotgan hududning bo‘r davrida geologik rivojlanish tarixini ishonchli talqin qilish, geologik qidiruv va izlash ishlarini rejalashtirish ishlarida ilmiy asos sifatida foydalanish imkoni yaratilgan;
biotsenozlarning vaqt va makonda o‘zgarishi asosidagi ekotizimni qayta qurish modeli “O‘zbek geologiya qidiruv ” AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiyasi vazirligining 2023 yil 26 sentyabrdagi 08-2903-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘r davrida yotqiziqlar hosil bo‘lish sharoitlarini aniqlash bilan birga, sedimentatsion havzasining geologik evolyusiyasini tushunish uchun asos ishlab chiqilgan;
bo‘r yotqiziqlarining aniqlangan biostratigrafik va fatsial xususiyatlariga asoslanib, abiotik va biotik hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan tayanch korrelyasion sathlar belgilandi, yoshi bir xil, biroq turli xil fatsial hosilalarda chegaralari aniq ko‘ringan svita va kenjasvitalarning korrelyasion yosh sathlar modeli “O‘zbek geologiya qidiruv ” AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 26 sentyabrdagi 08-2903-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zirabuloq-Ziyoviddin regioni turli fatsial, ammo bir xil yoshdagi bo‘r yotqiziqlari batafsil tabaqalandi va korrelyasiya qilindi, bu boshqa regionlarning ushbu yoshdagi stratigrafik bo‘linmalari bilan taqqoslash imkonini bergan.