Bobomurodov Abdurafik Egamurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Harakatli o‘yinlar orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning chaqqonlik sifatini rivojlantirish”. Ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): 13.00.04 - “Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped/3234.
Ilmiy rahbar: Xolmurodov Laziz Zarifboevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inayatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xurramov Jasur Kuylievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi harakatli o‘yinlar yordamida tayyorlov guruhidagi maktabgacha yoshdagi bolalarning chaqqonlik sifatini rivojlantirish uslubiyatini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tayyorlov guruhi maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga xos jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan juft oyoqda turgan va yarim o‘tirgan holda yuqoriga sakrash mashqlar majmuasi va unda bajariladigan qayta tiklanishga ko‘maklashuvchi (nafas tizimining qo‘zg‘aluvchanligini pasaytirish) kabi sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni mashg‘ulotlar jarayoniga kiritish hisobiga organizm funksional imkoniyatlari oshirilgan;
tayyorlov guruhi maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida chaqqonlik sifatini rivojlantirish uchun “Sharni sakrab ol” hamda “Tovushni eshit va bajar” kabi harakatli o‘yinlarni maxsus jismoniy mashqlar majmuasi tarkibiga kiritish hisobiga bolalarda yirik motorikani rivojlantirish imkoniyati oshirilgan;
tayyorlov guruhi bolalarining kundalik harakat faolligini oshirishga qaratilgan hafta kunlari kesimida jismoniy mashqlar majmuasiga kiritilgan “So‘qmoq bo‘ylab, Oyoqlar uchida yuring” harakatli o‘yinlardan sayrlar davomida foydalanish hisobiga bolalarning chaqqonlik sifatini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
bolalarda harakat faolligini oshirish imkoniyati maktabga tayyorlov yoshdagi bolalarning chaqqonlik sifatini rivojlantirishga qaratilgan texnologiya tarkibida bo‘lgan vositalar intensivligi va harakatli o‘yinlar “Ayyor tulki”, “Quyonlar” variativligini qo‘llash hisobiga kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarning chaqqonlik sifatini rivojlantirishga qaratilgan jismoniy mashqlar va harakatli o‘yinlar majmuasini qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
tayyorlov guruhi maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga xos jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan jismoniy mashqlar majmuasi va unda bajariladigan qayta tiklanishga ko‘maklashuvchi (nafas tizimlarining qo‘zg‘aluvchanligini pasaytirish) kabi sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni mashg‘ulotlar jarayoniga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (Jismoniy sifatlarning umumiy tasnifi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 4-maydagi 285-sonli buyrug‘iga asosan 285-075 raqamli guvohnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tayyorgarlik darajasi 7,6% ga yaxshilangan;
tayyorlov guruhi maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida chaqqonlik sifatini rivojlantirish uchun harakatli o‘yinlarni maxsus jismoniy mashqlar majmuasi tarkibiga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 45-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 25-oktyabrdagi 06-01/06/13/7093-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarning harakatlarni aniq bajarish samaradorligi 9,7% ga yaxshilangan;
tayyorlov guruhi bolalarining kundalik harakat faolligini oshirishga qaratilgan hafta kunlari kesimida jismoniy mashqlar majmuasiga kiritilgan harakatli o‘yinlardan sayirlar davomida foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (Jismoniy sifatlarning umumiy tasnifi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 4-maydagi 285-sonli buyrug‘iga asosan 285-075-raqamli guvohnomasi). Natijada, tayyorlov guruhi bolalarning harakat faolligi 9,9% ga oshgan;
maktabga tayyorlov yoshdagi bolalarning chaqqonlik sifatini rivojlantirishga qaratilgan modul tarkibida bo‘lgan vositalar intinsivligi va harakatli o‘yinlar qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Qibray tumanidagi 28-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 25-oktyabrdagi 06-01/06/13/7093-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabga tayyorlov guruhidagi 6-7 yoshli bolalarning chaqqonlik sifati rivojlanishi umumiy xisobda 10,5% ga yaxshilangan.