Isaev Iqboljon Burxonjonovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Belbog‘li kurashchilarning musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida o‘quv yuklamasini rejalashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3919.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc. 33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Qirg‘izboev Maruf Mo‘ydinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Komil Burxonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Artiqov Zoxid Sobirjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi belbog‘li kurashchilarning musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichidagi o‘quv yuklamalarini rejalashtirishda texnik-taktik harakatlarni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
belbog‘li kurashda mezotsikl tarkibidagi hajmli va shiddatli mikrotsikllarda usullarni qarshiliksiz katta hajmda bajartirish hamda musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida kichik hajmda yuqori shiddatli musobaqa vaziyatlarini qisman moddellashtirish hisobiga texnik usullar takomillashtirilgan;
belbog‘li kurashda murakkab hujum harakatlarini boshlashdan oldin chalg‘ituvchi harakatlar variantini qo‘llab, raqib hujumini buzish orqali qulay dinamik holatni shakllantirishga qaratilgan taktik harakat elementlarini kiritish hisobiga bellashuvni o‘z foydasiga hal qilish imkoniyati oshirilgan;
belbog‘li kurashchilarni musobaqa oldi mezotsiklida tayyorlash uchun asosiy tayanch usullarni qo‘llashda dastlab himoyalanish orqali qulay vaziyatda qarshi hujum usullari ketma-ketligini kombinatsiyalash (shoh usulni qo‘llab o‘ng tomonga hujum qilish qulay bo‘lgan sportchilarga nisbatan chap tarafdan hujumni boshlash) hisobiga musobaqalarda texnik usullarni noqulay tarafga bajarish imkoniyati oshirilgan;
umumiy tayyorgarlik bosqichida jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan katta hajmdagi ishni samarali bajarish uchun belbog‘li kurashchilarga ko‘proq ta’luqli sifatlarni tarbiyalash va usullarni bajarishda yuqori darajada ishtirok etuvchi mushak guruhlarini tanlab rivojlantrish hisobiga kurashchilarning musobaqa faoliyatida bajaradigan asosiy harakatlari takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Belbog‘li kurashchilarning musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichidagi o‘quv yuklamalarini rejalashtirishda texnik-taktik harakatlarni optimallashtirish yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:
belbog‘li kurashda mezotsikl tarkibidagi hajmli va shiddatli mikrotsikllarda usullarni qarshiliksiz katta hajmda bajartirish hamda musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida kichik hajmda yuqori shiddatda musobaqa vaziyatlarini moddellashtirish bo‘yicha takliflar Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi belbog‘li kurashchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 04-01/04/20/8183-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida “Tizza yordamida ko‘tarib tashlash” usulini bajarish 14,1-16,8 % ga samaradorligiga erishilgan;
belbog‘li kurashda murakkab hujum harakatlarini boshlashdan oldin chalg‘ituvchi harakatlar variyantini qo‘llab raqib hujumini buzish orqali qulay dinamik holatni shakllantirishga qaratilgan taktik harakat elementlarini qo‘llash bo‘yicha nazariy-amaliy ma’lumotlar «Belbog‘li kurash nazariyasi va uslubiyati» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-sonli buyrug‘iga asosan 106-018 raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga “Ko‘krakdan oshirib tashlash” usulini bajarish samaradorligi 13,7-16,4% ga oshirilgan;
belbog‘li kurashchilarni musobaqa oldi mezotsiklda tayyorlash uchun asosiy tayanch usullarni qo‘llashda dastlab himoyalanish orqali qulay vaziyatda qarshi hujum usullar ketma-ketligini kombinatsiyalash bo‘yicha takliflar Chirchiq shahar sport maktabidagi belbog‘li kurashchilarning mashg‘ulotlar jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi 04-01/04/20/8183-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Tizza yordamida to‘sib tashlash” usulini bajarish samaradorligi 13,6-15,9% ga oshirishga erishilgan;
umumiy tayyorgarlik bosqichida jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan katta hajmdagi ishni samarali bajarish uchun belbog‘li kurashchilarga ko‘proq ta’luqli sifatlarni tarbiyalash va usullarni bajarishda yuqori darajada ishtirok etuvchi mushak guruhlarini tanlab rivojlantrish bo‘yicha takliflar «Belbog‘li kurash nazariyasi va uslubiyati» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-sonli buyrug‘iga asosan 106-018 raqamli guvohnoma). Natijada, texnik harakatlarni bajarish uchun asosiy jismoniy sifatlar 19% ga yaxshilangan.