Berdieva Charos Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Imkoniyati cheklangan talaba qizlarning harakatlanish imkoniyatlaridan kelib chiqib jismoniy sifatlarini  oshirishda tabaqalashtirilgan yondashuv”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3233.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc. 33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Ishtaev Javlon Mavlonboevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich, pedagogika fanlari doktori, (DSc), professor; Shaxriddinova Laylo Nurxonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi imkoniyati cheklangan talaba qizlarning harakatlanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda  ularning jismoniy sifatlarini oshirishda tabaqalashtirilgan yondoshuvning samaradorligini tajribada tekshirish va nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
jismoniy imkoniyati cheklangan talaba qizlarni jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun nozologiya turlari bo‘yicha mavjud bo‘lgan  gavda qismlari hamda funksional ko‘rsatkichlarini  bir vaqtning o‘zida ham zo‘riqtirib ham tiklantiruvchi mashqlarni  oshirishga qaratilgan tabaqalashtirilgan mashg‘ulot modelini  ishlab chiqish hisobiga takomillashtirilgan;
imkoniyati cheklangan talaba qizlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun tiklovchi va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar har bir asosiy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan (maksimal tezlik harakatlarini aerob tiklanuvchi va anaerob rivojlantiruvchi kabi) “5 blokli mashqlar” majmuasini ishlab chiqish hisobiga harakat tayyorgarligi  maqsadli oshirish imkoniyati kengaytirilgan; 
imkoniyati cheklangan talaba qizlarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda nozologiya turlari bilan o‘zaro bog‘liqligini har bir mashqqa nisbatan organizmga tushadigan yuklama ko‘rsatkichi bo‘yicha  kombinatsiyalashgan mashg‘ulot tuzilmasini ishlab chiqish hisobiga maxsus harakat tayyorgarligi takomillashtirilgan; 
jismoniy imkoniyati cheklangan talaba qizlarning kurslar bo‘yicha asosiy nozologiyalarning ettita turlarini qamrab olgan majmuaviy antropometrik ko‘rsatkichlari bo‘yicha (ortiqcha vaznga ega bo‘lgan kabi) me’yoriy talablarni ishlab chiqish hisobiga joriy va bosqichli nazorat qilish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Imkoniyati cheklangan talaba qizlarning xarakatlanish imkoniyatlaridan kelib chiqib jismoniy sifatlarini oshirishda tabaqalashtirilgan yondashuv asosida olingan ilmiy natijalar asosida: 
jismoniy imkoniyati cheklangan talaba qizlarni jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun nozologiya turlari bo‘yicha mavjud bo‘lgan  gavda qismlari hamda funsional ko‘rsatkichlarini bir vaqtning o‘zida ham zo‘riqtirib ham tiklantiruvchi mashqlarni oshirishga qaratilgan tabaqalashtirilgan mashg‘ulot modeli “Adaptiv va sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan 302-0960 raqamli guvohnoma). Natijada tiklantiruvchi mashqlarni qo‘llash imkoniyati 14%ga yaxshilangan;
imkoniyati cheklangan talaba qizlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun tiklovchi va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar har bir asosiy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan (maksimal tezlik harakatlarini aerob tiklanuvchi va anaerob rivojlantiruvchi kabi) “5 blokli mashqlar” majmuasi “Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport” talabalarining mashg‘ulot jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 21-noyabrdagi 12429-sonli guvohnoma). Natijada jismoniy sifatlarni maqsadli rivojlantirish imkoniyati takomillashtirilgan;
imkoniyati cheklangan talaba qizlarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda nozologiya turlari bilan o‘zaro bog‘liqligini har bir mashqqa nisbatan organizmga tushadigan yuklama ko‘rsatkichi bo‘yicha kombinatsiyalashgan mashg‘ulot tuzilmasi “Adaptiv va sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan 302-0960 raqamli guvohnoma). Natijada “Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport” talaba qizlarining jismoniy imkoniyatlari 12-13% ga yaxshilangan;
jismoniy imkoniyati cheklangan talaba qizlarning kurslar bo‘yicha asosiy nozologiyalarning ettita turlarini qamrab olgan majmuaviy antropometrik ko‘rsatkichlari bo‘yicha (ortiqcha vaznga ega bo‘lgan kabi) me’yoriy talablarni ishlab chiqish hisobiga joriy va bosqichli nazorat qilish bo‘yicha takliflar “Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport” talabalarining mashg‘ulot jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 21-noyabrdagi 12429-sonli guvohnoma). Natijada jismoniy tayyorgarligi 12-14 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish