Abdusattarova Sogdiana Sabitdjanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Og‘ir atletikachilarning o‘ta mashqlanganligini erta aniqlash va uning oldini olish samaradorligini baholash mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.04– Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4622.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Allamuratov Shuxratilla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Nurullaeva Nargiza Muhtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi og‘ir atletikachilarni o‘ta mashqlanganligini oldini olish uchun baholash mexanizmini ishlab chiqishda tabaqalashtirilgan yondashuvning nazariy jihatdan asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘ir atletikachilarda tashqi va ichki yuklamalarning ta’sirini aniqlashda o‘ta mashqlanganligini baholashga qaratilgan markaziy hamda periferik tizimning diagnostika ko‘rsatkichlarini mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga musobaqalarda yuqori natijadorlik imkoniyatlari oshirilgan;
og‘ir atletikachilarning shikoyatlarini sub’ektiv baholash asosida yuklamalar darajasi bo‘yicha har bir fazada maksimal kuch zo‘riqishi bilan bog‘liq kompleks tayyorgarlikni metabolik jarayonlar tezligidan kelib chiqqan holda dam olishning me’yoriy omillari hamda shiddat ko‘rsatkichlarini baholash imkoniyati oshirilgan;
mashg‘ulotni rejalashtirish uslubiyati og‘ir atletikachilarning tayyorgarlik davrida organizm zaxiralarini psixofunksional samaradorligi tananing yuklamalarga moslashish reaksiyasi ijtimoiy aspekda aniqlangan vaziyatda omillarni o‘ta mashqlaganligi mashg‘ulot turlarini va jismoniy faoliyatga moslashish belgilarini baholash orqali takomillashtirilgan;
og‘ir atletikachilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonida o‘ta mashqlaganligini baholash va oldini olishda kompleks tayyorlash usullari (funksional gipoksik test)ni mashg‘ulotga kirtirish orqali o‘quv-mashg‘ulot va musobaqa jarayonini korreksiyalash mexanizmi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Og‘ir atletikachilarni ortiqcha mashqlanganligiga keyinchalik uni samarali oldini olish bilan differensial diagnostik yondashuv qoʻllash boʻyicha tajribalar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
og‘ir atletikachilarda tashqi va ichki yuklamalarning ta’sirini aniqlashda o‘ta mashqlanganligini baholashga qaratilgan markaziy hamda periferik tizimning diagnostika ko‘rsatkichlarini mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga musobaqalarda yuqori natijadorlikka erishish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport dietologiyasi va farmakologiyasi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektorining 2023-yil 10-iyundagi 222i/Ch-son buyrug‘i asosida O‘Q-0000080 raqamli guvohnoma). Natijada, og‘ir atletikachilarda tashqi va ichki yuklamalarning ta’sirini o‘rtacha 12-15% ga oshirishga erishilgan; 
og‘ir atletikachilarning shikoyatlarini sub’ektiv baholash asosida yuklamalar darajasi bo‘yicha har bir fazada maksimal kuch zo‘riqishi bilan bog‘liq kompleks tayyorgarlikni metabolik jarayonlar tezligidan kelib chiqqan holda dam olishning me’yoriy omillari hamda shiddat ko‘rsatkichlarini baholash imkoniyati oshirishga qaratilgan meyorlari Olimpiya va Paralimpiya zahira sportchilarni tayyorlash markazi o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 22-avgustdagi 03-01/04/20/8570-son ma’lumotnomasi). Natijada, dam olishning me’yoriy omillari hamda shiddat ko‘rsatkichlarini baholash imkoniyati 56 %ga pasaytirishga erishilgan;
mashg‘ulotni rejalashtirish uslubiyati og‘ir atletikachilarning tayyorgarlik davrida organizm zaxiralarini psixofunksional samaradorligi tananing yuklamalarga moslashish reaksiyasi ijtimoiy aspekda aniqlangan vaziyatda omillarni o‘ta mashqlaganligi mashg‘ulot turlarini va jismoniy faoliyatga moslashish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport dietologiyasi va farmakologiyasi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektorining 2023-yil 10-iyundagi 222i/Ch-sonli buyrug‘i asosida O‘ Q -0000080 raqamli guvohnoma). Natijada, o‘ta mashqlaganligi mashg‘ulot turlarini va jismoniy faoliyatga moslashish darajasi 12-18%ga oshganligi aniqlangan;
og‘ir atletikachilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonida o‘ta mashqlaganligini baholash va oldini olishda kompleks tayyorlash usullari (funksional gipoksik test)ni mashg‘ulotga kiritirish orqali o‘quv-mashg‘ulot va musobaqa jarayonini korreksiyalash mexanizmi bo‘yicha taklif va tavsiyalar  Olimpiya va Paralimpiya zahira sportchilarni tayyorlash markazi o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 22-avgustdagi 03-01/04/20/8570-son ma’lumotnomasi). Natijada, og‘ir atletikachilarning o‘quv-mashg‘ulotlariga kompleks tayyorlash 10%ga oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish