Mamadiyarova Dilshoda Umirzokovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Homiladorlikning turli davrlarida temir metabolizmining xususiyatlari (eksperimental izlanish)», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/V1147.
Ilmiy rahbar: Azimova Sevara Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ilyasov Aziz Saidmurodovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yariev Alisher Alimjonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir metabolizmining ozuqaning miqdori, tarkibi hamda homiladorlikning turli muddatlariga bog‘liq xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir metabolizmi ozuqa miqdori va tarkibiga, qon zardobidagi temir ko‘rsatkichlarining dinamikasi esa homiladorlikning turli muddatlariga bog‘liq holda keskin o‘zgarishi isbotlangan;
temir metobolizmida ishtirok etuvchi ferritin miqdori oziqlanish turidan qat’iy nazar, homiladorlik muddati oshishi bilan kamayib borishi, transferrin va umumiy oqsil miqdori ortib borishi asoslangan;
kunning turli vaqtlarida temir va rux preparatlarini bir-biridan alohida berilganda, rux preparatini temirga bo‘lgan sinergizm xususiyatining shakllanishi hamda 14-21-kunlik homiladorlik muddatida qondagi temir miqdorining nisbiy barqarorligi tufayli bu davrda temir va temirni so‘rdiruvchi preparatlarning samaradorligi pasayishi isbotlangan;
homiladorlikning turli muddatlarida temir metabolizmini baholash mezoni sifatida qon zardobidagi temir va HIF-1α nisbatidan foydalanish tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 2024 yil 19 fevraldagi 12-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 25 dekabrdagi 13896-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: temir metabolizmi ozuqa miqdori va tarkibiga, qon zardobidagi temir ko‘rsatkichlarining dinamikasi esa homiladorlikning turli muddatlariga bog‘liq holda keskin o‘zgarishi isbotlangani Respublika onalik va bolalik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali bo‘yicha 23.11.2023 yildagi 140-son hamda Respublika onalik va bolalik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxandaryo filiali bo‘yicha 01.11.2023 yildagi 67-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar asosida berilgan tavsiyalarning akusherlik amaliyotiga joriy etilishi natijasida, homiladorlikning turli muddatlarida temir metabolizmini aniqlashga doir xulosalarining sifati oshirilgan, ularning ishonchliligi va asoslanishi hamda ob’ektivligi ta’minlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: eksperimlental tadqiqotda ozuqaning miqdori va tarkibiga bog‘liq holda homiladorlar qonida aniqlangan temir ko‘rsatkichlaridan foydalanishni laboratoriya amaliyotida tadbiq etilishi homiladorlikda temir metabolizmining buzilishini oldini olish, samaradorligini oshirishi va laboratoriya tekshiruvlari vaqtini qisqartirishi bilan izohlanadi. Xulosa: tjribada homiladorlar ozuqasining miqdori va tarkibiga bog‘liq qondagi temir ko‘rsatkichlarini aniqlashda biokimyoviy tekshiruv usullaridan foydalanish temir metabolizmini baholashda samaradorligi isbotlanib, laboratoriya tekshiruvlariga tadbiq etilishi tekshiruv mablag‘larini iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: temir metabolizmida ishtirok etuvchi ferritin miqdori oziqlanish turidan qat’iy nazar, homiladorlik muddati oshishi bilan kamayib borishi, transferrin va umumiy oqsil miqdori ortib borishi asoslangani Respublika onalik va bolalik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali bo‘yicha 23.11.2023 yildagi 140-son hamda Respublika onalik va bolalik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxandaryo filiali bo‘yicha 01.11.2023 yildagi 67-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalarining ozuqa turiga va homiladorlikning turli muddatlariga bog‘liq holda temir metabolizmida ishtirok etuvchi omillarning ko‘rsatkichlarini ishonchli tarzda aniqlashga imkon bergan. Bundan tashqari, ozuqasiga temir va rux preparatlari qo‘shib berilgan guruhlarda temir metabolizmida ishtirok etuvchi omillarning miqdori nisbatan sekin kamayishi ferretin va gemoglobin miqdorining yuqori ko‘rsatkichda bo‘lganligi va eritrotsitlar miqdorining oxirgi muddatlarda ortishi asoslab berilgan. Bu esa o‘z navbatida, homiladorlikning turli muddatlarida qon tahlili xulosalarining sifati va ularning ishonchliligi hamda asoslanishini ta’minlagan. Shu munosabat bilan, qo‘shimcha yoki takroriy qon tahlili o‘tkazishning oldi olingan, ya’ni tahlil o‘tkazish muddatini qisqartirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: temir metabolizmida ishtirok etuvchi ferritin miqdorining oziqlanish turidan qat’iy nazar, homiladorlik muddatlari oshgani sari kamayishi, transferrin va umumiy oqsil miqdorining ortishi asoslab berilgani temir metabolizmini laboratoriya tekshiruvlari yoidamida tashxislash jarayonida qo‘shimcha qon tahlili o‘tkazishni zaruriyati yuzaga kelmasligi bilan izohlanadi. Xulosa: tajribada temir metabolizmida ishtirok etuvchi ferritin miqdorining oziqlanish turidan qat’iy nazar, homiladorlik muddatlari oshgan sari kamayishi transferrin va umumiy oqsil miqdorining ortishi ko‘rsatkichlaridan temir metabolizmini baholashda foydalanish samaradorligi umumiy biokimyoviy ko‘rsatkichlar bilan isbotlanib, qo‘shimcha tekshiruvlar va xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: kunning turli vaqtlarida temir va rux preparatlarini bir-biridan alohida berilganda, rux preparatini temirga bo‘lgan sinergizm xususiyatining shakllanishi hamda 14-21-kunlik homiladorlik muddatida qondagi temir miqdorining nisbiy barqarorligi tufayli bu davrda temir va temirni so‘riltiruvchi preparatlarning samaradorligi pasayishi isbotlangani Respublika onalik va bolalik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali bo‘yicha 23.11.2023 yildagi 140-son hamda Respublika onalik va bolalik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxandaryo filiali bo‘yicha 01.11.2023 yildagi 67-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalarining akusherlik amaliyotiga joriy etilishi natijasida temir va rux preparati qo‘shib berilgan guruhda homiladorlikning barcha muddatlarida qondagi temir miqdorining konsentratsiyasi qolgan barcha guruhlarga nisbatan barqarorligini saqlanishini ishonchli tarzda aniqlash imkon bergan. Bundan tashqari, homiladorlikning 14-21-kunlik muddat oralig‘ida qondagi temir miqdori ko‘rsatkichlarining deyarli o‘zgarmasligini ushbu muddatlarda temir metabolizmiga ushbu preparatlarni qabul qilishning samarasi kamayishi asoslangan. Bu esa o‘z navbatida, laboratoriya xulosalarining sifati va ularning ishonchliligi hamda asoslanishini ta’minlagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: temir va rux preparatlari bir-biridan alohida kunning turli vaqtlarida berilganda, rux preparatini temirga bo‘lgan sinergizm xususiyatining shakllanishi hamda homiladorlikning 14-21-kunlik muddatida qondagi temir miqdorining nisbatan o‘zgarmasligi tufayli ushbu muddatda temir va temirni so‘riltiruvchi preparatlarning samaradorligi pasayishi isbotlab berilgani, ushbu muddatda qo‘shimcha sarf harajatlarni kamayishi bilan izohlanadi. Xulosa: temir va rux preparatlari bir-biridan alohida kunning turli vaqtlarida berilganda, rux preparatini temirga bo‘lgan sinergizm xususiyatining shakllanishi hamda homiladorlikning 14-21-kunlik muddatida qondagi temir miqdorining nisbatan o‘zgarmasligi tufayli ushbu muddatda temir va temirni so‘riltiruvchi preparatlarning samaradorligi pasayishi qonda temir miqdorini normada bo‘lishini ta’minlashda qo‘shimcha sarf harajatlarni bartaraf etish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: homiladorlikning turli muddatlarida temir metabolizmini baholash mezoni sifatida qon zardobidagi temir va HIF-1α nisbatidan foydalanish tizimi takomillashtirilgani Respublika onalik va bolalik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali bo‘yicha 23.11.2023 yildagi 140-son hamda Respublika onalik va bolalik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxandaryo filiali bo‘yicha 01.11.2023 yildagi 67-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari bo‘yicha turlicha oziqlantirilgan guruhlarda qon zardobidagi temir va gipoksiya indusibel omili HIF-1α ni homiladorlikning turli muddatlaridagi dinamikasi ishonchli aniqlash imkonini beradi va homiladorlikning 7-14-21-28 kunlik muddatlarida qondagi temir va HIF-1α ni aniqlash uchun xizmat qiladi. Turlicha oziqlantirilgan guruhlarda homiladorlikning turli muddatlarida qondagi temir va HIF-1α ni aniqlash yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar, laboratoriya amaliyotiga joriy etilishi natijasida, tekshiruv xulosalarining ob’ektivligi va ishonchliligi hamda asoslanishini ta’minlagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: homiladorlikning turli muddatlarida temir metabolizmini baholash mezonlari sifatida qon zardobidagi temir va HIF-1α gipoksiya-indusibel omilining nisbatidan foydalanish tizimini joriy qilish takroriy tekshiruvlarni talab etmasligi hisobiga byudjet mablag‘larini iqtisod qilish bilan izohlanadi. Xulosa: qonda gipoksiya-indusibel omili HIF-1α miqdorini bilgan holda homilador organizmda temir metabolizmi va gipoksiya jarayonlarining qay darajada ketayotganligini, uni nazorat qilish orqali qo‘shimcha tekshiruvlarni va laborator tekshiruvlarning harjatlarini kamaytirish imkonini beradi.