Kazakbaev Hikmatilla Ismatullaevichning
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xitoy Xalq Respublikasi tashqi siyosatida Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari omili (hududiy muammolarni hal etish kontekstida)”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ss261
Ilmiy rahbar: Karimova Natalya Ermanovna, tarix fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02.
Rasmiy opponentlar: Kasimova Nazokat Anvarovna, siyosiy fanlar doktori, professor. Siddiqova Marg‘uba Ilhomjon qizi, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori PhD,
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xitoy Xalq Respublikasining Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan mavjud bo‘lgan hududiy bahslarni bartaraf etishga qaratilgan tashqi siyosiy strategiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xitoy Xalq Respublikasining Janubiy-Sharqiy Osiyodagi tashqi siyosiy manfaatlari, uning asosiy yo‘nalishlari, XXR va mintaqa davlatlarining o‘zaro aloqalaridagi muammolar, “Bir makon, bir yo‘l” va “Katta mekong” loyihalarining mintaqa barqarorligi va taraqqiyotiga ko‘rsatadigan geostrategik ta’siri Xitoy tashqi siyosiy strategiyasiga ko‘ra asoslab berilgan;
Janubiy-Sharqiy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda Xitoy diasporasining konstruktiv va destruktiv o‘rni, davlatlararo savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarga ta’siri, shuningdek, Xitoy diasporasining XXRning rivojlanishidagi xalq diplomatiyasi va “Xitoy-2035” strategiyasiga ko‘ra muhim ahamiyat kasb etgani isbotlangan;
Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hududlarni ikki va ko‘p tomonlama diplomatik va o‘zaro kelishilgan shartnomalar asosida hal etishga qaratilgan Qo‘shma komissiya tuzish zaruriyati, shu bilan birga Janubiy Xitoy dengizi va Tayvan atrofidagi xarbiy-siyosiy holatning rivojlanish istiqbollari bo‘yicha “bir mamlakat – ikki tizim”, militaristik va status-kvo kabi ehtimoliy ssenariylar asoslab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida ko‘zda tutilgan xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish asnosida ASEAN davlatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy aloqalarning yuqori darajadagi samaradorligini oshirish, ikki mintaqa o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslarini takomillashtirish, Markaziy Osiyo va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari o‘rtasida ko‘p tomonlama strategik sheriklik aloqalarini rivojlantirishda tashqi ishlar vazirlari darajasida SA + SEA (Markaziy Osiyo + Janubiy-Sharqiy Osiyo) formatini ishlab chiqish zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Xitoy Xalq Respublikasi tashqi siyosatida Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari omili (hududiy muammolarni hal etish kontekstida)” mavzusida olib borilgan tadqiqot ishi davomida olingan natija, amaliy taklif va tavsiyalardan:
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida ko‘zda tutilgan xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish asnosida ASEAN davlatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy aloqalarning yuqori darajadagi samaradorligini oshirish, ikki mintaqa o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslarini takomillashtirish, Markaziy Osiyo va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari o‘rtasida ko‘p tomonlama strategik sheriklik aloqalarini rivojlantirishda tashqi ishlar vazirlari darajasida CA+SEA (Markaziy Osiyo + Janubiy-Sharqiy Osiyo) formatini ishlab chiqish zaruriyatiga oid xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ASEAN davlatlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2023-yil 19- iyundagi 08-09/24234 sonli dalolatnomasi). Natija vazirlikning faoliyatida XXR va ASEAN davlatlari bilan munosabatlari samaradorligini ortishiga xizmat qilgan.
Xitoy Xalq Respublikasining Janubiy-Sharqiy Osiyodagi tashqi siyosiy manfaatlari, uning asosiy yo‘nalishlari, XXR va mintaqa davlatlarining o‘zaro aloqalaridagi muammolar, “Bir makon, bir yo‘l” va “Katta mekong” loyihalarining mintaqa barqarorligi va taraqqiyotiga ko‘rsatadigan geostrategik ta’siri Xitoy tashqi siyosiy strategiyasiga ko‘ra asoslab berilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining axborot-tahliliy va ilmiy tadqiqot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari doirasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish, axborot-tahliliy ma’lumotlar tayyorlash, Xitoy tashqi siyosatining hududiy masalalarni hal etish muammolarini tahlil qilish, ekspert sharxlarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2023-yil 28-iyuldagi 05-4/708- sonli ma’lumotnomasi). Natija institutning Xitoy Xalq Respublikasi va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan bog‘liq ilmiy faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hududlarni ikki va ko‘p tomonlama diplomatik va o‘zaro kelishilgan shartnomalar asosida hal etishga qaratilgan Qo‘shma komissiya tuzish zaruriyati, shu bilan birga Janubiy Xitoy dengizi va Tayvan atrofidagi xarbiy-siyosiy holatning rivojlanish istiqbollari bo‘yicha “bir mamlakat – ikki tizim”, militaristik va status-kvo kabi ehtimoliy ssenariylar asoslab berilgan xulosalardan hamda Janubiy-Sharqiy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda Xitoy diasporasining konstruktiv va destruktiv o‘rni, davlatlararo savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarga ta’siri, shuningdek, Xitoy diasporasining XXRning rivojlanishidagi xalq diplomatiyasi va “Xitoy-2035” strategiyasiga ko‘ra muhim ahamiyat kasb etgani borasidagi xulosalardan “Uzreport” telekanalining xalqaro munosabatlar tahliliga bag‘ishlangan “Aspekt” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“Uzreport” telekanalining 2023-yil 10-maydagi ma’lumotnomasi). Natija Xitoy tashqi siyosatini aholining keng qatlamiga tushuntirishga xizmat qilgan.