Eshnazarov Sunnatillo To‘lqin o‘glining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Byudjet jarayonida davlat moliyaviy nazorati va uni rivojlantirish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3015
Ilmiy rahbar: Mansurov Mansur Alisherovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Gadoev Erkin Fayzievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Davlat moliyasi tizimida byudjet jarayonida davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy, amaliy va uslubiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
byudjet jarayonida davlat nazorati tizimining samaradorligini oshirishning muhim yo‘nalishi sifatida byudjet tashkilotlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini doimiy monitoring qilish taklif etilgan;
moliya-xo‘jalik operatsiyalarining qonuniyligi va asosliligini, ularning buxgalteriya hamda moliyaviy hisobotlarda haqqoniy tarzda va to‘g‘ri aks ettirilishini hujjatlar asosida aniqlash uchun taftish, muayyan davrdagi ayrim harakatlarini (operatsiyalarini) yoki faoliyatining muayyan yo‘nalishini nazorat qilish uchun tekshirish o‘tkazilishi asoslantirilgan;
moliyaviy nazoratning natijadorligi, xaqiqiyligi va samarasini tekshirish hamda baholashni nazarda tutuvchi milliy samaradorlik auditini joriy etish va moliyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishi xavfi yuqori bo‘lgan nazorat ob’ektlarida profilaktika ishlarini olib borish taklif etilgan;
byudjetni shakllantirish, shuningdek, byudjet mablag‘larini sarflanishida va davlat xaridlarini amalga oshirishda byudjet qonunchiligi talablariga rioya qilinishini oldindan aniqlash va tekshirishni “..nazoratchi-taftishchi” dasturida amalga oshirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Byudjet jarayonida davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
byudjet jarayonida davlat nazorati tizimining samaradorligini oshirishning muhim yo‘nalishi sifatida byudjet tashkilotlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini doimiy monitoring qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 5 avgustdagi 431-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekistan Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomning sakkizinchi bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining 2023 yil 10 avgustdagi 02401-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi asosida kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda byudjet tashkilotlarini tekshirish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratiladi;
byudjetni shakllantirish, shuningdek, byudjet mablag‘larini sarflanishida va davlat xaridlarini amalga oshirishda byudjet qonunchiligi talablariga rioya qilinishini oldindan aniqlash va tekshirishni “nazoratchi-taftishchi” dasturida amalga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 5 avgustdagi 431-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekistan Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomning to‘qqizinchi bandining “g” qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining 2023 yil 10 avgustdagi 02401-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida davlat moliyaviy nazorati jumladan, byudjet nazorati takomillashtirish va uning optimallashtirish yo‘nalishlarini hisobga olgan holda byudjet nazoratini samaradorligini oshirishning yagona konsepsiyasini shakllantirish taklifi berilgan;
moliyaviy nazoratning natijadorligi, xaqiqiyligi va samarasini tekshirish hamda baholashni nazarda tutuvchi milliy samaradorlik auditini joriy etish va moliyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishi xavfi yuqori bo‘lgan nazorat obʼektlarida profilaktika ishlarini olib borish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 5 avgustdagi 431-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekistan Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomning to‘qqizinchi bandining “b” qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining 2023 yil 10 avgustdagi 02401-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olishinishi natijasida, byudjet tashkilotlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining monitoring jarayoni takomillashdi;
moliya-xo‘jalik operatsiyalarining qonuniyligi va asosliligini, ularning buxgalteriya hamda moliyaviy hisobotlarda haqqoniy tarzda va to‘g‘ri aks ettirilishini hujjatlar asosida aniqlash uchun taftish, muayyan davrdagi ayrim harakatlarini (operatsiyalarini) yoki faoliyatining muayyan yo‘nalishini nazorat qilish uchun tekshirish o‘tkazilishi taklifi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-856 sonli Qonunning 31 moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohatlar qo‘mitasining 2023 yil 21 sentyabrdagi 04/1-13-26-3599-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu normalarni kiritilishi natijasida, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatining shaffof va oshkoraligi ta’minlandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish