Musinov Dilshod Sultanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy o‘sishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05 –Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.PhD/Iqt3213
Ilmiy rahbar: Artikov Zokir Sayfiddinovich, PhD, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Ergashev Raxmatillo Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Murodova Nodira Kulievna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  xizmat  ko‘rsatish sohasida iqtisodiy o‘sishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashitirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy o‘sishni ustuvor darajada mehnat unumdorligini oshirish, jami su’bektlar vertikal va gorizontal  integratsiyasini optimal chuqurlashtirish, yangi va innovatsion xizmat turlarini kengaytirish va iste’molni individullashtirish kabilarga ko‘ra ta’minlash asoslangan;
xizmat ko‘rsatish sohasini strategik rivojlantirishni boshqarish va iqtisodiy o‘sishga yondashuv inson kapitalini takror ishlab chiqarishga oid innovatsiyalar ustuvorligi va texnologik mahsulot va inson kapitali  investisiyalari (innovatsiyalari) muvozanatiga ko‘ra takomillashtirish hamda intensiv (Ir>1) va ekstensiv (Ir<1) omillar mutanosibligi zarurati asosalangan;
sohada innovatsion loyihalar samaradorligiga yondashuv innovatsiya guruhlari tarkibida xizmatlar iste’mol qiymatini oshirish, innovatsion turlarni o‘zgartirish, mehnat sharoitlarini yaxshilashga ustuvorlik berish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishga ko‘ra takomillshatirilgan;
Samarqand viloyatida xizmatlar sohasining iqtisodiy o‘sish darajasi va jami ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi o‘sishining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy o‘sishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari bo‘icha olingan ilmiy natijalar asosida: 
xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy o‘sishni ustuvor darajada mehnat unumdorligini oshirish, jami su’bektlar vertikal va gorizontal  integratsiyasini optimal chuqurlashtirish, yangi va innovatsion xizmat turlarini kengaytirish va iste’molni individullashtirish kabilarga ko‘ra ta’minlash taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “2023-2024 yillarda rkspublikada xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 9 fevraldagi 04/30-2-324-son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish sohasida mavjud imkoniyatlarni ishlab chiqarishga to‘laroq jalb etish, noratsional jarayonlarni bartaraf etish va iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillardan maksimal foydalanishga ko‘ra sohani samarali rivojlantirish imkoniyat-larini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasini strategik rivojlantirishni boshqarish va iqtisodiy o‘sishga yondashuv inson kapitalini takror ishlab chiqarishga oid innovatsiyalar ustuvorligi va texnologik/mahsulot va inson kapitali  investisiyalari (innovatsiyalari) muvozanatiga ko‘ra takomillashtirish hamda intensiv (Ir>1) va ekstensiv (Ir<1) omillar mutanosibligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “2023-2024 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivoj-lantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 9 fevraldagi 04/30-2-324-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish sohasida 2022 yilda iqtisodiy o‘sish darajasining umumiy indeksini 1,06 koeffisientga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
sohada innovatsion loyihalar samaradorligiga yondashuv innovatsiya guruhlari tarkibida xizmatlar iste’mol qiymatini oshirish, innovatsion turlarni o‘zgartirish, mehnat sharoitlarini yaxshilashga ustuvorlik berish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishga ko‘ra takomillshatirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “2023-2024 yil-larda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 9 fevraldagi 04/30-2-324-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion loyihalarni realizatsiya qilish asosida yuqori texnologik, fan sig‘imi yuqori xizmatlarning raqobat ustunligini ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Samarqand viloyatida xizmatlar sohasining iqtisodiy o‘sish darajasi va jami ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi o‘sishining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan hududiy xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 9 fevraldagi 04/30-2-324-son ma’lumotnomasi). Prognoz ko‘rsatkichlari Samarqand viloyatida jami xizmatlar hajmi va xizmat ko‘rsatish sohasidagi investisiyalar hajmini muayyan darajada oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish