Xalilov Ilxom Mamatqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ekzotoksin hosil qiluvchi Bacillus thuringiensis bakteriyalarining insektisid xususiyatlari, molekulyar-genetik xarakteristikasi va ularni o‘simlikshunoslikda qo‘llanilishi», 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/V60.
Ilmiy maslahatchi: Shokirov Zoir Soatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jamshukurov Nortoji Abduholiqovich, biologiya fanlari doktori, professor; Bo‘riev Sulaymon Bo‘rievich, biologiya fanlari doktori, professor; Anarbaev Azimjon Raimqulovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: δ-endotoksin va β-ekzotoksin sintezlovchi B.thuringiensis bakteriya shtammlarini ajratib olish, ularning ayrim molekulyar genetik xarakteristikasi va bioaktiv xususiyatlarini aniqlash asosida yangi insektisid preparatlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning turli ekologik muxitlaridagi zararli hasharotlardan ajratilgan Bacillus thuringiensis bakteriyasining mahalliy Bt1, Bt18fo, Bt26, Bt31, Bt84, Bt91, Bt93 va Bt94 faol entomopatogen shtammlari tangachaqanotli va qattiqqanotli zararli hasharotlar turkumiga ta’sir qilishi aniqlangan hamda ularning 16S rRNK qisman geni asosida taksonomik holati molekulyar-genetik usullari yordamida identifikatsiyalangan;
Bacillus thuringiensis bakteriyasining ba’zi shtammlari issiqqa chidamli β-ekzotoksin sintezlashi yupqa qavatli xromatografiyada asosida turli oziqa muhitlarida o‘stirilganda turli xil insektisid faollikni namoyon qilishi aniqlangan;
B. thuringiensis shtammlarining NaCl ning 1000 mM li konsentratsiyasiga chidamli ekanligi hamda turli oziqa muhitlarida o‘stirilganda har xil miqdorda gibberillin sintez qilishi aniqlangan;
entomopatogen B.thuringiensis shtammlarining plazmid DNK si taxlil natijasida megaplazmidalar va kichik molekulyar massali plazmidalar borligi aniqlangan;
ilk bor B.thuringiensis bakteriyasining ba’zi shtammlari genom tarkibida bir nechtagacha cry-genlar saqlashi va Bt1-cry1Ac, Bt18fo-cry1Ab, Bt26-cry1Aa, Bt31-cry2, Bt84-cry1Ac, Bt91-cry9U, Bt93-cry9U va Bt94-cry1Ab genlarning qisman DNK ketma-ketligi sikvenslangan;
B.thuringiensis shtammlari umumiy genomidagi cry2 geni to‘liq sikvenslangan, NCBI ma’lumotlar bazasidagi boshqa cry2 genlarning DNK ketma-ketligi bilan farqlanishi va insektisid faollikni belgilovchi oqsil strukturasi aniqlangan;
ilk bor B.thuringiensis 94 shtammi asosida “Ekobak” suyuq bioinsektisid preparatini ishlab chiqish bo‘yicha reglamenti yaratilgan hamda ko‘sak qurti va tengsiz ipak qurtiga qarshi qishloq ho‘jaligi va o‘rmon ho‘jaligida qo‘llanilshi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori insektisid faollikka ega entomopatogen bakteriyalar asosida o‘simlikshunoslikda zararkunanda hasharotlarga qarshi bioinsektisid preparat olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tengsiz ipak qurti (LYMANTRIA DISPAR) va ko‘sak qurtiga (HELICOVERPA ARMIGERA) qarshi insektisid faollikka ega Bacillus thuringiensis 94 shtammi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti olingan (№IAP 06806, 2022 y). Natijada, faol insektisid faollikga ega “Ekobak” biopreparati yaratish imkonini bergan;
B. thuringiensis mahalliy shtammlari asosida yaratilgan g‘o‘za o‘simligining ko‘sak qurtiga qarshi "Ekobak" bioinsektisid preparati Farg‘ona viloyati Rishton tumani “Maqsud Odiljonov” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar g‘o‘za maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi 02/032-3857-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za o‘simligining zararkunadasi ko‘sak qurtini o‘rtacha hisobda 85% ga kamaytirish imkonini bergan;
"Ekobak" bioinsektisid preparati Qashqadaryo viloyati Nishon tumani “Nishon g‘allakori” va “Abdulla bobo” fermer xo‘jaligi g‘o‘za maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi 02/032-3857-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘sak qurtiga qarshi 2,5-3,0 l/ga me’yorida qo‘llanilganda 87,4-88,2% insektisid faolligini namoyon qilishi hamda faolligi kimyoviy insektisidlardan qolishmasligi, entomofag oltinko‘z va xon qizi populyasiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik imkonini bergan;
biologik organizmlardan ajratib olingan entomopatogen faol mahalliy shtammlap 16S rPHK nukleotid ketma-ketligi aniqlanib National Center for Biotechology Information (NCBI) ma’lumotlar bazasida 8 ta shtamm Bacillus thuringiensis 91 (Bt UZ1-MN244691), B.thuringiensis 94 (Bt 18 fo-MN244692.1) hamda Bt UZ26-MN244693.1, Bt UZ31-MN244694.1, Bt UZ84-MN244695.1, Bt UZ91-MN244696.1, Bt UZ93-MN244697.1, Bt UZ94- MN244698.1 raqamlar ostida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekicton Pecpublikaci Fanlap akademiyacining 2023 yil 4 dekabrdagi 4/1255-2692-sonli ma’lumotnomaci). Natijada, ushbu shtamlarning nukleotidlar ketma-ketliklari ma’lumotlarini dunyoning turli mintaqalarida uchraydigan shtammlar bilan taqqoslash imkonini bergan;
B. thuringiensis bakteriyasining cry-genlarini qisman nukleotid ketma-ketligi sekvinslangan hamda National Center for Biotechology Information (NCBI) ma’lumotlar bazasida Bt Uz18fo cry1Ab-ON086950, Bt Uz26 cry1Aa-ON086951, Bt Uz84 cry1Ac-ON086952, Bt Uz1 cry1Ac-OM293739 va Bt Uz94 cry1Ab- OM339444 raqam bilan ro‘yxatga olingan (O‘zbekicton Pecpublikaci Fanlap akademiyacining 2023 yil 4 dekabrdagi 4/1255-2692-sonli ma’lumotnomaci). Natijada, ushbu shtammlardan va ularning cry-genlarining nukleotidlar ketma-ketligidan global miqyosda foydalanish imkonini bergan;
Bacillus thuringiensis Bt83, Bt1fo, Bt26, Bt91 va Bt94 shtammlaridan PZ-202102234-raqamli “O‘simliklarning o‘sishini va bioo‘g‘itlarni faollashtiruvchi zararsiz bakterial insektisidlar ishlab chiqarish biotexnologiyasini yaratish” amaliy loyihasida tuz stressi sharoitida bug‘doy va g‘o‘za o‘simliklarining o‘sishi va rivojlanishini laboratoriya va dala-sinov tajribalarida foydalanilgan (O‘zbekicton Pecpublikaci Fanlap akademiyacining 2023 yil 7 dekabrdagi 4/1255-2733-sonli ma’lumotnomaci). Natijada, nazorat variatlariga nisbatan 15-20% rag‘batlantirishi hamda ko‘sak qurtiga qarshi 56,3% dan 96% gacha insektisid faolligini namoyon etish imkonini bergan.