Xodjamkulov Sahomiddin Zoirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum fosforitlaridan olinganekstraksion fosfat kislotasini tozalab, ftorli tuzlar va ftorsizlantirilgan fosforli o‘g‘itlar olish texnologiyasini yaratish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/T696.
Ilmiy maslahatchi: Mirzakulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Termiz muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyozov Maqsud Jabbievich, texnika fanlari doktori, professor; Alimov Umarbek Kadirbergenovich, texnika fanlari doktori; Ergashev Dilmurod Adiljanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqumning yuvib kuydirilgan fosfor konsentratidan olingan ekstraksion fosfat kislotasini ftorsizlantirishda bir vaqtda silikatni siklga qaytarib Na2SiF6, (NH4)2SiF6, NaF, CaF2 ni sintez qilish hamda Na2SiO3 va Na2HPO4 eritmalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MQ YuKFKdan olingan EFKni texnologik omillarga bog‘liq holda 6F:2Na nisbatda ishqoriy metall tuzlari yordamida ftorsizlantirish jarayoni ishlab chiqilgan;
ilk bor SiO2:F ning turli nisbatlarida ftorsizlantirish, ishqorsizlantirish darajalariga va EFK tarkibiga texnologik omillarning ta’siri qonuniyatlari aniqlangan;
ftordan tozalangan EFKdan qattiq Na2SiF6 ni ajratib olishning asosiy texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
Na2SiF6 ni NaOH bilan gidrolizlash, NaF ni Na2SiO3 dan ajratish, NaF qoldiqlaridan qo‘shimcha tozalash va CaF2, Na2SiO3 eritmalarini olish jarayonlarining asosiy texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
texnologik ko‘rsatgichlarga bog‘liq xolda 0,02-0,04 kg/t miqdorida sirt faol moddalar – PAA qo‘llanilganda, FFChning quyuqlashish va filtrlash tezligi mos ravishda 2,3-8,0 va 1,7-1,9 marta ortishi isbotlangan;
konsentrlangan ftorid tuzlari va natriy fosfat suyuqlanmasini olish bilan texnologik ko‘rsatkichlarning keng oraliqdagi o‘zgarishida FFChning kislotali-termik parchalanish jarayonining maqbul sharoitlari aniqlangan;
ilk bor EFKni ftorsizlantirish jarayonida hosil bo‘lgan FFChni kislotali-termik parchalanishining kinetik xususiyatlari keng oraliqli o‘zgarishlarda aniqlangan hamda jarayonning tezlik doimiyliklari va faollashuv energiyalari hisoblab chiqilgan;
natriy fosfat suyuqlanmasini EFK eritmasiga o‘tkazib olishning maqbul sharoitlari aniqlangan va EFK ni ftorsizlantirishda sirkulyasion aylanma eritma sifatida foydalanish uchun kislotaga o‘tkazilgan natriy fosfat eritmasi olingan;
ftorli tuzlar va Na2SiO3 olish bilan FFChni EFK bilan kislotali-termik parchalash natijasida ajralib chiqqan ftorli gazlarni (HF, SiF4) natriy, ammoniy gidroksidlari va natriy karbonat eritmalari bilan absorbsiyalash yordamida tozalash usuli ishlab chiqilgan;
MQ YuKFKdan olingan EFKni ftorsizlantirish uchun tashqaridan reagent qo‘shmasdan natriy silikat va fosfat eritmalarini siklga qaytarish orqali ftorsizlantirilgan ammofos, monoammoniyfosfat, ftorli tuzlar va natriyning silikat hamda fosfatli eritmalarini olishning texnologik sxemalari, moddiy balanslari va ishlab chiqarishning texnologik rejim me’yorlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
MQ YuKFKdan olingan EFKni ishqoriy metall tuzlari bilan ftorsizlantirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Na2SiO3 siklga qaytarish orqali MQ YuKFK olingan EFKni ftorsizlantirib, ftorsizlantirilgan EFK va Na2SiF6 ishlab chiqarish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJ da ftorsizlantirilgan EFK ishlab chiqarishda amaliyotda qo‘llanilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2024 yil 1 maydagi 49-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ftorsizlantirilgan EFK va uning asosida ammofos, ozuqabop monoammoniyfosfat hamda Na2SiF6 olish imkonini bergan.
EFKni ftorsizlantirib olingan ftorfosfatli cho‘kmani ishqoriy gidrolizlab NaF, SaF2 va Na2SiO3 eritmasini olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJ da amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2024 yil 1 maydagi 49-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ftorfosfatli cho‘kmadan natriy, kalsiy ftoridlari va natriy silikat eritmasi olingan, ulardan oxirgisi EFKni ftorsizlantirish bosqichiga qaytarilib, shu asosida tashqaridan kislotada eriydigan kremniy birikmalarini qo‘shmasdan yopiq sikl yaratish imkonini bergan.
ftorfosfatli cho‘kmani kislotali termik parchalab, ftorli tuzlar va natriy fosfat ishlab chiqarish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJ da amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2024 yil 1 maydagi 49-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ftorli gazlarni absorbsiyalash orqali natriy, ammoniy va kalsiyning ftorli tuzlari va ftorsizlantirish bosqichiga qaytariladigan natriy fosfat eritmasini olish imkonini bergan.