Islamova Zuxra Baxtiyarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kattaqo‘rg‘on suv omborining atrof tuproq qoplamiga ta’siri va uni boshqarish”, 03.00.13-Tuproqshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx829
Ilmiy rahbar: Gafurova Lazizaxon Akramovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/5.05.2023.B/Qx.01.17
Rasmiy opponentlar: Yuldashev G‘ulom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Artikova Hafiza Tuymurodovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kattaqo’rg‘on suv ombori atrof tuproqlarining evolyusiyasi va gidrogen transformatsiyasini aniqlash, geoaxborot dasturlari yordamida mavzuli kartografik modellar va kompleks yondashuv asosida ikkilamchi gidromorfizm diagnostik mezonlarini  ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor arid mintaqasi sharoitida, Kattaqo’rg‘on suv ombori atrof erlari misolida, kompleks yondashuvlar asosida tuproqlarning shakllanishning o’ziga xos xususiyatlari, hozirgi holati va ularning gidrogen transformatsiyasi aniqlangan;
gidrogen transformatsiyaga uchragan tuproqlarning diagnostik ko’rsatkichlari, sho’rlanganlik darajasi va tipi, fizik-kimyo xossalari o’zgarishi qonuniyatlariga asoslangan, GAT texnologiyalar yordamida tematik kartografik modellar yaratilgan;
Kattaqo’rg‘on suv ombori atrof tuproqlari antropogen omillar ta’sirida tuproqlardagi kechayotgan jarayonlarning genetik jihatlari, transformatsion va evolyusion o’zgarishlari natijasida yangi tuproq genetik guruhlari shakllanganligi, avtomorf tuproqlardan yarim-avtomorf, yarim-gidromorf va gidromorf rejimiga o’tganligi aniqlangan;
ilk bor geoaxborot texnologiyalar asosida distansion ma’lumotlarga ishlov berish hamda atributiv ma’lumotlardan foydalanish asosida Kattaqo’rg‘on suv ombori atrof tuproqlarida ikkilamchi gidromorfizm jarayonlarini aniqlangan va 1:25000 miqyosida hudud tuproqlari namlanishi xarita-sxemasi tuzilgan hamda gidrogen transformatsiyaning indikator mezonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kattaqo’rg‘on suv ombori hududida tarqalgan tuproqlarning hozirgi holati va ularning suv ombori ta’siri bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Kattaqo’rg‘on suv ombori hududi 1:25000  miqyosda jami 77747 gektar maydonda tarqalgan tuproqlarning hozirgi holatiga namlanish xarita-sxemasi tuzilib, qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirishda foydalanish uchun  tavsiya sifatida amaliyotga joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligining 2021 yil 14 dekabr №02/022-5072-son ma’lumotnomasi). Natijada, avtomorf tuproqlarda tuproq unumdorligi va mahsuldorligi hamda qishloq xo’jalik ekinlarini (g‘alla, moyli va dukkakli donli) ilmiy asoslangan holda joylashtirish hamda hosildorligini muntazam oshirib borish uchun tizimli agrotexnik tadbirlarni qo’llash imkonini bergan;
Kattaqo’rg‘on suv ombori atrofi erlarida shakllangan tuproqlarning guruhi va miqdori aniqlanib, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligining 2021 yil 14 dekabr №02/022-5072-son ma’lumotnomasi). Natijada, yarimavtomorf o’tloqi-bo’z, shuningdek, yarimgidromorf bo’z-o’tloqi tuproqlardan qishloq xo’jaligida istiqbolli  foydalanish maqsadida tomchilatib sug‘orish orqali intensiv bog‘dorchilikni barpo etish, namlikni saqlash evaziga ko’p yillik daraxtzorlar va o’rmonchilikni rivojlantirish imkonini bergan;
Kattaqo’rg‘on suv ombori hududi bo’yicha tuzilgan  1:25000 miqyosda namlanish xarita-sxemasida Nurobod tumani hududidagi qo’riq va lalmi erlariga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligining 2021 yil 14 dekabr №02/022-5072-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo’riq va lalmi erlardan chorvachilikda em-xashak va o’rmonchilikda samarali foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish