Xamzaev Nomoz Javlievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilari asosida mineral qo‘shimchali portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4384.
Ilmiy rahbar: Eshmurodov Xurshid Esanberdievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Turaev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor; Adinaev Xidir Abdullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsen.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy mineral qo‘shimchalar va sanoat chiqindilari asosida portlandsement olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘shimchalarning olingan portlandsement asosida tayyorlangan beton mahsulotlari mustahkamligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Cho‘yankon” temir rudasi portlandsement ishlab chiqarishda metallurgiya shlaklari o‘rnida qo‘llanilgan va sement xomashyosiga qo‘shiladigan rudaning maqbul miqdori aniqlangan;
klinkerga 10% “Xonjiza” boyitish fabrikasi flotatsiya chiqindilari va 10% ohaktosh qo‘shib olingan sement qorishmasi va beton namunalarining fizik-mexanik xossalari an’anaviy qo‘shimchali portlandsementdan 2-5% gacha yaxshilanishi isbotlangan;
klinkerga Kampirtepa granit minerali kukuni va ohaktoshni 8:1:1 nisbatda qo‘shib portlandsement olish usuli ishlab chiqilgan;
“Cho‘yankon” temir rudasi, “Xonjiza” boyitish fabrikasi flotatsiya chiqindilari hamda granit minerali kukuni asosida portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mineral qo‘shimchalar yordamida portlandsement olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘shimchalarning olingan portlandsement asosida tayyorlangan beton mahsulotlari mustahkamligiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy mineral qo‘shimchalar yordamida portlandsement olish texnologiyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amaliyotga joriy qilingan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 2024 yil 18 apreldagi 04-24/01-00476-son ma’lumotnomasi). Natijada, mineral qo‘shimchalar yordamida yangi tarkibli portlandsement olish imkonini bergan;
mahalliy mineral qo‘shimchalar yordamida portlandsement olish texnologiyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amaliyotga joriy qilingan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 2024 yil 18 apreldagi 04-24/01-00476-son ma’lumotnomasi). Natijada, mineral qo‘shimchalar yordamida yangi tarkibli portlandsement olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish