Shamuratov Sanjarbek Xusinbay o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yog‘-moy sanoati paxta soapstoki va oqava suvini qayta ishlashning resurstejamkor texnologiyasi», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari, 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4145.
Ilmiy rahbarlar: Sagdullaeva Dilafruz Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Alimov Umarbek Kadirberganovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi PhD.03/31.03.2023.T.66.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sattorov Karim Qarshievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Temirov O‘ktam Shavkatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta soapstokini sovunlash va oqava suvlarni Markaziy Qizilqum (MQ) karbonatli fosforitlari asosida fosforli o‘g‘itlarga utilizatsiya qilishning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta soapstokining ul`tratovush ta’siri ostida kaustik soda bilan sovunlanishining maqbul rejimi aniqlangan;
sovunlanish jarayonining kinetik konstantanalarining (sovunlanish reaksiyasi konstantasining tezligi, kutilayotgan faollanish energiyasi) qonuniyatining o‘zgarishining harorat va vaqtga bog‘liqligi isbotlangan;
paxta soapstokini ul`tratovush yordamida 0,2% erkin ishqoriylikka ega 96% sovunlanish darajasiga etkazilishi an’anaviy usulga nisbatan vaqtni 1,2 soatga qisqartirilishiga imkoniyati yaratilgan;
Markaziy Qizilqum fosforitlari va koagulyantlarni qo‘llash orqali nordon oqava suvni neytrallash va tozalashning maqbul sharoitlari aniqlangan;
fosfor tutuvchi mineral o‘g‘it va organik mineral o‘g‘it tarkibidagi fosforning o‘zlashuvchan shakllarining dastlabki fosfor uni va minerallashgan massaga nisbatan mos ravishda 1,73 dan 2,88 gacha, 3,39 dan 3,59 gacha va 1,77 dan 5,11 gacha marta ortishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ul`tratovushli ta’sirni jalb qilgan holda sovun elimi, XYoK, shuningdek nordon oqavani utilizatsiya va QMG bilan kompostlash yo‘li orqali qayta ishlab FMO‘ va OMO‘ olishning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta soapstokini ul`tratovush ta’sirida takomillashtirilgan sovunlash yo‘li bilan sovun elim olish texnologiyasi “Urganch yog’-moy” AJning “amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Uzyog´moysanoat” uyushmasining 2023 yil 11 dekabrdagi KS/3-539-son ma’lumotnomasi). Natijada, issiqlik va energiya resurslarini kamaytirish va yuvish vositalarini olish uchun yog‘ kislotalari ishlab chiqarish quvvatini oshirish imkonini beradi;
past navli MQ fosforitlarni oqava suv bilan qayta ishlash asosida FMO‘ ishlab chiqarish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning “amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK-AJning 2023 yil 22 sentyabrdagi 02-06-03/608-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlarni utilizatsiya qilish bilan olinadigan va kuzda shudgor ostiga ishlatilatishda samaradorligi yanada yuqori bo‘ladigan birlamchi fosforli o‘g‘itni olish imkonini beradi.