Abduraxmanova Madina Muradovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Sovet hokimiyatining O‘zbekiston SSRga aholi va korxonalarni ko‘chirish siyosati (1941-1944 yillar)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2021.4.PhD/Tar977
Ilmiy rahbar: Muhayyo Srajiddinovna Isakova tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Murtazaeva Rahbar Hamidovna tarix fanlari doktori, professor; Azimov Hakimali Imomovich tarix fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi “Shon-sharaf” Davlat muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sovet hokimiyatining 1941–1944-yillarda O‘zbekiston SSRga aholi va sanoat korxonalarini ko‘chirish siyosatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston SSRga front sarhadlaridan ko‘chirilgan sanoat korxonalarida ayollar va o‘smir bolalarning o‘gir va mashaqqatli lekin fidokorona mehnati evaziga qisqa vaqt ichida harbiy hamda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani, urushdan keyin ko‘plab korxonalar tugatilib, ularning o‘rniga paxtani qayta ishlash va qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi zavodlar tashkil etilgani dalillangan;
urush yillarida aholini ko‘chirish siyosati odamlarni muhim va ikkinchi darajali kishilar toifasiga ajratib amalga oshirilgani bois, partiya va davlat boshqaruvidagi rahbar xodimlar, harbiy qo‘mondonlarning oila a’zolarigina yuqori darajadagi imtiyozlarga, xususan, ularni ko‘chirish havo, suv hamda temir yo‘l orqali, qulay sharoitlarga ega bo‘lgan transport vositalarida amalga oshirilgani, qolgan kishilar esa rejasiz va sanitariya talablariga rioya qilmagan holda to‘g‘ri kelgan manzillarga yuborilgani aniqlangan;
O‘zbekiston SSRda urushgacha bo‘lgan davrda aholini uy-joy ta’minoti (ehtiyoj barobarida uylarni qurilmasligi), tibbiy xizmat ko‘rsatish (dorilar zahirasi, xodimlar va shifoxonalar etishmasligi) hamda bir yoqlama iqtisodiy siyosati (uzoq vatdan buyon don ekinlari maydonlari paxta hisobiga qisqartirilishi) tufayli urush davrida ko‘chirilgan aholi turar-joy, oziq-ovqat taqchilligi va sifatsiz tibbiy xizmat kabi muammolarga duch kelganligi isbotlangan;
1942-yildan boshlab aholining muhim qatlami, 1944-yildan boshlab esa ikkinchi dadrjali aholining bosqichma-bosqich o‘z yurtiga qayta ko‘chirilganligi va bu jarayon mavjud iqtisodiy-ijtimoiy qiyinchiliklarga qaramay markazning ko‘rsatmalariga ko‘ra O‘zbekiston SSRning byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgani ochiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sovet hokimiyatining O‘zbekiston SSRga aholi va korxonalarni ko‘chirish siyosati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston SSRga frontdan ko‘chirilgan sanoat korxonalarida ayollar va o‘smir bolalarning o‘gir va mashaqqatli lekin fidokorona mehnati evaziga qisqa vaqt ichida harbiy hamda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan va urushdan keyin ko‘plab korxonalar tugatilib, ularning o‘rniga paxtani qayta ishlash va qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi zavodlar tashkil etilganligi to‘g‘risidagi materiallardan “O‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushida g‘alabaga qo‘shgan hissasi” nomli arxiv hujjatlari to‘plamini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 8-sentyabrdagi 3/1255-1882-son Ma’lumotnomasi). Aniqlangan arxiv hujjatlari urush davri tarixi bo‘yicha kam o‘rganilgan ma’lumotlar bilan to‘ldirishga xizmat qiladi.
Urush yillarida aholini ko‘chirish siyosati odamlarni muhim va ikkinchi darajali kishilar toifasiga ajratib amalga oshirilgani bois, partiya va davlat boshqaruvidagi rahbar xodimlar, harbiy qo‘mondonlarning oila a’zolarigina yuqori darajadagi imtiyozlarga, xususan, ularni ko‘chirish havo, suv hamda temir yo‘l orqali, qulay sharoitlarga ega bo‘lgan transport vositalarida amalga oshirilgani, qolgan kishilar esa rejasiz va sanitariya talablariga rioya qilmagan holda to‘g‘ri kelgan manzillarga yuborilgani to‘g‘risidagi materiallardan “O‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushida g‘alabaga qo‘shgan hissasi” nomli arxiv hujjatlari to‘plamini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 8-sentyabrdagi 3/1255-1882-son Ma’lumotnomasi). Aniqlangan arxiv hujjatlari urush davri tarixi bo‘yicha kam o‘rganilgan ma’lumotlar bilan to‘ldirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston SSRda urushgacha bo‘lgan davrda aholini uy-joy ta’minoti (ehtiyoj barobarida uylarni qurilmasligi), tibbiy xizmat ko‘rsatish (dorilar zahirasi, xodimlar va shifoxonalar etishmasligi) hamda bir yoqlama iqtisodiy siyosati (uzoq vatdan buyon don ekinlari maydonlari paxta hisobiga qisqartirilishi) tufayli urush davrida ko‘chirilgan aholi turar-joy, oziq-ovqat taqchilligi va sifatsiz tibbiy xizmat kabi muammolarga duch kelganligi to‘g‘risidagi tadqiqotning nazariy xulosalari asosida “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Na perekrestkax istini”, “Hamma uchun” ko‘rsatuv ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston MTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023 yil 26 sentyabrdagi №02-30-1458-son ma’lumotnomasi). Ilgari ilmiy muomalaga kiritilmagan arxiv manbalari o‘zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi haqidagi bilimlarini boyitishda xizmat qiladi.
1942-yildan boshlab aholining muhim qatlami, 1944-yildan boshlab esa ikkinchi dadrjali aholining bosqichma-bosqich o‘z yurtiga qayta ko‘chirilganligi va bu jarayon mavjud iqtisodiy-ijtimoiy qiyinchiliklarga qaramay markazning ko‘rsatmalariga ko‘ra O‘zbekiston SSRning byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgani to‘g‘risidagi tadqiqotning nazariy xulosalari asosida “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Na perekrestkax istini”, “Hamma uchun” ko‘rsatuv ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston MTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023 yil 26 sentyabrdagi №02-30-1458-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ilgari ilmiy muomalaga kiritilmagan arxiv hujjatlar teletomoshabinlarning urush paytida O‘zSSRga aholi va korxonalarni ko‘chirish tarixi haqidagi bilimlarini boyitishda xizmat qiladi.