Adilov Sarvar Qaxramonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Intellektual sensor tizimlaridan foydalangan holda sport kurashida koordinatsion va texnik-taktik harakatlarining integratsiyasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped233.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01
Rasmiy opponentlar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xankeldiev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Dadaboev Odiljon Jalolidinovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport kurashida musobaqa faoliyati xususiyatlarining tahlili asosida intellektual sensor tizimlaridan foydalangan holda sport kurashida koordinatsion va texnik-taktik harakatlarining integratsiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport kurashida musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlarini innovatsion vositalar bilan operativ nazorat qilish orqali sportchilarning koordinatsion qobiliyatlari darajasini va texnik-taktik harakatlari samaradorligini aniqlashga qaratilgan va musobaqalar qoidalari o‘zgarishiga moslashadigan [“MUBIN ZASK” intellektual sensor texnologiyasi] samarali uslublarni ishlab chiqish hisobiga sport kurashi nazariyasi va amaliyotida kurashchilar faoliyatini tezkor baholash tizimi takomillashtirilgan;
malakali kurashchilarning koordinatsion qobiliyatini rivojlantirish va texnik-taktik harakatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan “ZS” sport uskunasida yakkalikda hamda juftlikda bajariladigan maxsus mashqlarni bajarish orqali sportchilarning koordinatsion va texnik-taktik tayyorgarligini yuqori saviyada ushlab turish evaziga musobaqa va mashg‘ulot jarayonlarini tezkor boshqarish imkoniyati kengaytirilgan;
sport kurashida koordinatsion qobiliyatlarni va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun “ZK” sport o‘lchov uskunasidan samarali foydalanishda vazn ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda baholash mexanizmlarini ishlab chiqish hisobiga maxsus jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
kurashchilarning mashg‘ulot jarayonini boshqarishda bir vaqtning o‘zida jismoniy tayyorgarlik darajasi hamda koordinatsion qobiliyatlarni maqsadli rivojlantirishga qaratilgan kurash gilamida masofadan kompleks boshqarish hisobiga yakkalikda va juftlikda olib boriladigan mashg‘ulotlarni murakkab vaziyatda samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
sport kurashida musobaqa faoliyati taqvim rejasidan kelib chiqib tayyorgarlik, musobaqa hamda o‘tish davrlari uchun mo‘ljallangan texnik-taktik, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik yuklamalarini taqsimlanish hisobiga yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tuzish metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malakali kurashchilarning mashg‘ulotlar jarayonlarida koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish va texnik-taktik harakatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha uslubiyat, tajriba va tadqiqot natijalari asosida:
sport kurashida musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlarini innovatsion vositalar bilan operativ nazorat qilish orqali sportchilarning koordinatsion qobiliyatlari darajasini va texnik-taktik harakatlari samaradorligini aniqlashga qaratilgan va musobaqalar qoidalari o‘zgarishiga moslashadigan [“MUBIN ZASK” intellektual sensor texnologiyasi] O‘zbekiston sport kurashlari milliy terma jamaosi o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 28-apreldagi buyrug‘iga asosan 03-01/04/20/3995 raqamli guvohnoma). Natijada 2022-2023 o‘quv yilida xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi talabalari quyidagi natijalarni qayd etishdi: erkin kurash sport turidan 8 ta medal, shundan xalqaro musoboqalarda 1 ta O‘zbekiston chempionatida 7-ta; sambo sport turidan 16 ta medal, shundan xalqaro musoboqalarda 10 ta, O‘zbekiston chempionatida 6-ta; yunon-rum kurashidan 12 ta medal, shundan xalqaro musobaqalarda 7 ta, O‘zbekiston chempionatida 5 ta medallarni qo‘lga kiritishgan;
malakali kurashchilarning koordinatsion qobiliyatini rivojlantirish va texnik-taktik harakatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan “ZS” sport uskunasida maxsus mashqlarni bajarish orqali sportchilarning koordinatsion va texnik-taktik tayyorgarligini yuqori saviyada ushlab turish evaziga musobaqa va mashg‘ulot jarayonlarini tezkor boshqarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quvchilari mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 28-apreldagi buyrug‘iga asosan 03-01/04/20/3995 raqamli guvohnoma) Natijada kurashchilarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish va texnik-taktik tayyorgarligi darajasi 15%ga yaxshilangan;
sport kurashida koordinatsion qobiliyatlarni va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun “ZK” sport o‘lchov uskunasidan samarali foydalanish hamda uni baholash mexanizmlarini ishlab chiqish hisobiga maxsus jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini oshirish imkoniyatlari Respublika Oliy sport mahorati maktabining sportchilari o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 28-apreldagi buyrug‘iga asosan 03-01/04/20/3995 raqamli guvohnoma). Natijada kurashchilarning texnik-taktik va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha ko‘rsatkichlar (R<0,05) darajasida yaxshilangan;
kurashchilarning mashg‘ulot jarayonini boshqarishda bir vaqtning o‘zida jismoniy tayyorgarlik darajasi hamda koordinatsion qobiliyatlarni maqsadli rivojlantirishga qaratilgan (kurash gilamida yakkalikda va juftlikda kabi) mashg‘ulotlarni masofadan kompleks boshqarish hisobiga murakkab vaziyatda samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish imkoniyatlari O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari mashg‘ulot va musobaqa jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 28-apreldagi buyrug‘iga asosan 03-01/04/20/3995 raqamli guvohnoma) Natijada kurashchilarning musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlari 16%ga yaxshilangan;
sport kurashida musobaqalar taqvim rejasidan kelib chiqib tayyorgarlik, musobaqa va o‘tish davrlari uchun mo‘ljallangan texnik-taktik, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik yuklamalarini foizda optimal nisbatlarda qo‘llash hisobiga yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tuzish metodikasi Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quvchilari mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 28-apreldagi buyrug‘iga asosan 03-01/04/20/3995 raqamli guvohnoma) Natijada Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quvchilari tomonidan xalqaro musobaqalarda 2 ta bronza, O‘zbekiston chempionatlarida 8 ta oltin, 6 ta kumush, 8 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan.