Matchanov Ruslanbek Azatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “IIV Akademiyasi kursantlarida tezkor-kuch sifatlarini jangovor sambo maxsus mashqlari yordamida takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5307.
Ilmiy rahbar: Umarov Jamshid Xasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Odiljon Jalolidinovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Nurimov Zafar Rahmonberdievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bilim yurti kursatlarni tayyorlash tizimida pedagogik nazoratni tashkil qilish samaradorligini tajribada tekshirish va nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kursantlarning jangovor-jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini shakllantirishda umumiy va maxsus mashqlardan tuzilgan harakatlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan texnik harakatlarga yaqinlashtiruvchi maxsus mashqlar majmuasidan foydalanish hisobiga kursantlarning kuch-chidamkorlik sifatlari jangovor sambo sport turi bo‘yicha mashqlar takomillashtirilgan;
kursantlarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonlaridagi harakatlarini takomillashtirishda mashg‘ulotlardagi jangovar sambo texnik harakatlarni o‘rgatishda tabaqalashtirilgan majmualardan tarkib topgan dasturni optimallashtirish texnologiyasini ishlab chiqish hisobiga jangovor sambo texnik harakatlaridan foydalanish imkoniyatlaridan kelib chiqib tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalash usullari kengaytirilgan;
kursantlarning o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonlaridagi ish-harakat faoliyatlarini shakllantirishda, jangovor sambo maxsus texnik harakatlarini bajarishdagi samaradorlik darajasini oshirishda saralangan yordamchi maxsus mashqlar bilan tizimlashtirilgan dasturni o‘quv-mashg‘ulotlarga joriy qilish hisobiga kursantlarni jangovor tayyorgarliklaridagi bellashuvlarda sambo texnik harakatlar takomillashtirilgan;
kursantlarning jangovor tayyorgarligini takomillashtirishga moslashtirilgan jangovor sambo mashqlari meyorlangan texnik harakatlarni tizimlashtirish yordamida tashkillashtirilgan o‘quv-mashg‘ulotlarni olib borish hisobiga kursantlarni jismoniy tayyorgarlik imkoniyatlari oshirishga qaratilgan mashqlar imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kursantlarni maxsus jismoniy sifatlarini takomillashtirishda jangovor sambo sport turlarining texnik harakatlarga o‘rgatish samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
kursantlarning jangovor-jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini shakllantirishda umumiy va maxsus mashqlardan tuzilgan harakatlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan texnik harakatlarga yaqinlashtiruvchi maxsus mashqlar majmuasidan foydalanish hisobiga kursantlarning kuch-chidamkorlik sifatlari jangovor sambo sport turi bo‘yicha mashqlar takomillashtirilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Akademiyasining o‘quv-mashg‘ulot jarayoni faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 21-sentyabrdagi 03-01/04/20/9794-son ma’lumotnomasi). Natijada Sambo sport turining texnik usullarini bajarish aniqliligi 9%ga va taktik hujum harakatlari 4%ga oshgan;
kursantlarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonlaridagi harakatlarini takomillashtirishda mashg‘ulotlardagi jangovar sambo texnik harakatlarni o‘rgatishda tabaqalashtirilgan majmualardan tarkib topgan dasturni optimallashtirish texnologiyasini ishlab chiqish hisobiga jangovor sambo texnik harakatlaridan foydalanish imkoniyatlaridan kelib chiqib tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalash usullari kengaytirilganligiga oid takliflar Toshkent Shahar IIB xodimlarining jangovar tayyorgarlikni oshirish mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi Toshkent shahar IIB Bosh boshqarmasining 2023-yil 31-maydagi 27/6-1206-son dalolatnomasi). Natijada Sambo sport turining texnik usullarini bajarish aniqliligi 12%ga va taktik hujum harakatlari 6%ga o‘sgan;
kursantlarning o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonlaridagi ish-harakat faoliyatlarini shakllantirishda, jangovor sambo maxsus texnik harakatlarini bajarishdagi samaradorlik darajasini oshirishda saralangan yordamchi maxsus mashqlar bilan tizimlashtirilgan dasturni o‘quv-mashg‘ulotlarga joriy qilish hisobiga kursantlarni jangovor tayyorgarliklaridagi bellashuvlarda sambo texnik harakatlar takomillashtirilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Akademiyasining o‘quv-mashg‘ulot jarayoni faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil
21-sentyabrdagi 03-01/04/20/9794-son ma’lumotnomasi). Natijada Sambo sport turining texnik usullarini bajarish aniqliligi 9%ga va taktik hujum harakatlari 4%ga takomillashtirilgan;
kursantlarning jangovor tayyorgarligini takomillashtirishga moslashtirilgan jangovor sambo mashqlari meyorlangan texnik harakatlarni tizimlashtirish yordamida tashkillashtirilgan o‘quv-mashg‘ulotlarni olib borish hisobiga kursantlarni jismoniy tayyorgarlik imkoniyatlari oshirishga qaratilgan mashqlar imkoniyati kengaytirilganligiga oid takliflar Toshkent Shahar IIB xodimlarining jangovar tayyorgarlikni oshirish mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi Toshkent shahar IIB Bosh boshqarmasining 2023-yil 31-maydagi 27/6-1206-son dalolatnomasi). Natijada Sambo sport turining texnik usullarini bajarish aniqliligi 12%ga va taktik hujum harakatlari 6%ga o‘sgan.