Mirzanov Shodiyor Sirliboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maxsus elektron uskunasidan foydalangan holda belbog‘li kurashchilarning tezkor-kuch sifatini rivojlantirish va baholash metodikasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatiga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped2335. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muasasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Usmanxodjaev Talat Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
 Rasmiy opponentlar: Allamurotov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor, Aliev Iskandar Baxramovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi malakali belbog‘li kurashchi-talabalarda kuch turlarini trenajyor yordamida rivojlantirish va ularni ob’ektiv baholashda elektron o‘lchov uskunasidan foydalanish afzalligini tajribada asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malakali belbog‘li kurashchi talabalarda raqibni ko‘tarib tashlash faolligini ta’minlovchi maksimal va portlovchi kuchni rivojlantirishga qaratilgan raqibni muvozanatdan chiqarish uchun maksimal kuch bilan trenajor uskunasining dastagini pastga bosish va qisqa vaqt ichida katta kuchni ko‘rsatuvchi portlovchi kuch bilan dastakni yuqoriga ko‘krakkacha ikki qo‘llab ko‘tarish vositalarini qo‘llash hisobiga kuch tayyorgarligi oshirilgan;
malakali belbog‘li kurashchilarda raqibni muvozanatdan chiqarish, uni ko‘tarish faolligini ta’minlashga qaratilgan modifikatsiyalashtirilgan mashqlar va elektron (PDSKB-ShER) o‘lchov trenajoridan foydalanib maksimal kuch ko‘rsatkichlarini aniqlashda aylanma harakat yuklamalari bilan bajartirish hisobiga kurashchilarni kuch tayyorgarligini ob’ektiv baholash imkoniyatlari kengaytirilgan;
malakali belbog‘li kurashchilarda raqibni muvozanatdan chiqarish, uni ko‘tarib tashlash faolligini ta’minlovchi maksimal va portlovchi kuchni talab etadigan yonbosh chap va o‘ng tomonga ko‘tarib tashlash qaytarma usulda raqibni aylantirishda bir vaqtning o‘zida katta kuchni talab etiladigan hamda yuqori amplitudagi statokinetik mashqlar  majmuasini qo‘llash hisobiga kuch tayyorgarligi takomillashtirilgan;
malakali belbog‘li kurashchilarning asosiy musobaqalarga tayyorlash uchun mushak qisqarishi va kuchlanish asosida yuklama qarshiligini engishga qaratilgan murakkab koordinatsion konsentrik mashqlarni bajarish, uni bir ma’romda ushlab turishda esa eksenrrik mashgʻulotlarni kiritish hisobiga kuch sifatini turli xil rejmda rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malakali belbog‘li kurashchi-talabalarda kuch turlarini trenajyor yordamida rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
malakali belbog‘li kurashchi talabalarda raqibni ko‘tarib tashlash faolligini ta’minlovchi maksimal va portlovchi kuchni rivojlantirishga qaratilgan raqibni muvozanatdan chiqarish uchun maksimal kuch bilan trenajor uskunasining dastagini pastga bosish va qisqa vaqt ichida katta kuchni ko‘rsatuvchi portlovchi kuch bilan dastakni yuqoriga ko‘krakkacha ikki qo‘llab ko‘tarish vositalari O‘zDJSU, belbog‘li kurash ixtisosligi bo‘yicha tahsil oluvchi kurashchi-talabalarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 11-apreldagi 04-01/04/20/3290-son ma’lumotnomasi). Natijada, qarshi hujumda muvaffaqiyatli bajarilgan texnik usullar samaradorligi 13,46% ga oshganligi aniqlangan;
malakali belbog‘li kurashchilarda raqibni muvozanatdan chiqarish, uni ko‘tarish faolligini ta’minlashga qaratilgan modifikatsiyalashtirilgan mashqlar va elektron (PDSKB-ShER) o‘lchov trenajoridan foydalanib maksimal kuch ko‘rsatkichlarini aniqlashda aylanma harakat yuklamalari bilan bajarilish hisobiga kurashchilarni kuch tayyorgarligini obektiv baholash imkoniyatlarini oshirishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zDJSU, belbog‘li kurash ixtisosligi bo‘yicha tahsil oluvchi kurashchi-talabalarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 11-apreldagi 04-01/04/20/3290-sonl ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik tajriba davomida malakali belbog‘li kurashchilarda kuchlanish turlari komp’yuterlashtirilgan o‘lchov uskunasi yordamida baholanganida  pastga bosilgan maksimal kuch 3,67% dan 12,24% ga, yuqoriga ko‘tarilgan maksimal kuch 4,10% dan 9,75% gacha o‘sganligi aniqlangan; 
malakali belbog‘li kurashchilarda raqibni muvozanatdan chiqarish, uni ko‘tarib tashlash faolligini ta’minlovchi maksimal va portlovchi kuchni talab etadigan yonbosh chap va o‘ng tomonga ko‘tarib tashlash qaytarma usulda raqibni aylantirishda bir vaqtning o‘zida katta kuchni talab etiladigan hamda yuqori amplitudagi statokinetik mashqlar majmuasini o‘quv-mashg‘ulotlarga joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar «Kurash turlari va uni o‘qitish turlari metodikasi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9-sentiyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan 302-0554-raqamli guvohnoma). Natijada, tadqiqot yakunida tajriba guruhi kurashchi-talabalarining musobaqa faoliyatiga texnik tayyorgarligi 3,95-5,41% dan 12,75-10,67%ga va 5,36-9,52% dan 13,33-18,0% ga, shu usulni vestibulokinetik yuklama ta’sirida bajarishda manekenni ko‘tarib tashlash vaqti va hajmi 5,39-6,37% dan 9,78-11,54% ga va 8,33-12,5% dan 18,52-26,83% gacha oshirishga erishilgan;
malakali belbog‘li kurashchilarning asosiy musobaqalarga tayyorlash uchun mushak qisqarishi va kuchlanish asosida yuklama qarshiligini engishga qaratilgan murakkab koordinatsion konsentrik mashqlarni bajarish, uni bir ma’romda ushlab turishda esa eksenrrik mashgʻulotlar jarayoniga tadbiq qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Kurash turlari va uni o‘qitish turlari metodikasi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9-sentiyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan 302-0554-raqamli guvohnoma). Natijada tadqiqot yakunida tajriba guruhi kurashchi-talabalarining qo‘llar-bel mushaklarining kuchlanish turlari va raqibni turli tomonlardan (yoki tomonlarga) ko‘tarib tashlash qobiliyatlarining statokinematik yuklamalar ta’sirida o‘sish sur’atlari muvofiq ravishda 7,56% dan 13,46% gacha va 12,75% dan 18,0% gacha oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish