Boltaev Asliddin Askar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Birinchi tartibli xotirali elastiklik tenglamalar sistemasi uchun teskari masalalar”, 01.01.02-Differensial tenglamalar va matematik fizika (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.4.PhD/FM946 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institute va Rossiya Fanlar akademiyasi Vladikavkaz ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Durdiev Durdimurod Qalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Ashurov Ravshan Radjabovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ergashev Tuxtasin Gulamjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikki va uch o‘lchamli integro-differensial qovushqoq-elastiklik tenglamalar sistemasidan integral hadlar yadrolarini aniqlash echish usullarini qurish va bu teskari masala echimining yagonaligi va mavjudligini isbotlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
ikki o‘lchamli qovushqoq-elastiklik tenglamalar sistemasi uchun teskari masala echimining mavjudligi va yagonaligi isbotlangan;
vertikal qatlamli muhitda uch o‘lchamli qovushqoq-elastiklik tenglamalar sistemasi uchun boshlang‘ich-chegaraviy masala echimining mavjudligi va yagonaligi ko‘rsatilgan;
izotrop muhitda qovushqoq-elastiklik tenglamalar sistemasi uchun xotirani aniqlash teskari masalasi bir qiymatli echilishi isbotlangan;
anizotrop muhitda tetragonal ko‘rinishli elastiklik moduliga ega qovushqoq-elastiklik tenglamalar sistemasi uchun yadroni topish teskari masalalasi echimining global mavjudligi va yagonaligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Birinchi tartibli xotirali giperbolik tenglamalar sistemasi uchun teskari masalalarga oid olingan ilmiu natijalar asosida:
qovushqoq-elastiklik integro-differensial tenglamalar sistemasi uchun yadroni aniqlash usullaridan 122041100096-4 raqamli “Sotsiologiyada, geofizikada va muhandislik fanlarida matematik modellashtirish” mavzusidagi xorijiy fundamental loyihada vertikal qatlamli izotrop muhitlardagi qovushqoq-elastiklik tenglamalar sistemasidan o‘rama ko‘rinishidagi yadroni aniqlash teskari masalalarida foydalanilgan (Rossiya Fanlar akademiyasining Vladikavkaz ilmiy markazi Federal davlat ilmiy muassasasi Federal ilmiy markazi filali Janubiy matematika institutining, 2023 yil 13 oktyabrdagi №81-sonli ma’lumotnomasi, Rossiya Federatsiyasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilganligi vertikal qatlamli izotrop muhitlardagi qovushqoq-elastiklik tenglamalar sistemasidan o‘rama ko‘rinishidagi yadroni aniqlash va uning global mavjudlik va yagonaligini isbotlash imkoni bergan;
izotrop muhitda qovushqoq-elastiklik tenglamalar sistemasi uchun ko‘chish vektorini va xotira funksiyasini aniqlash usullaridan AAAA-A19-119072290002-9 raqamli “Kamchatkadagi tabiiy ofatlar - zilzilalar va vulqon otilishi” mavzusidagi xorijiy loyihada ikki va uch o‘lchamli qovushqoq-elastiklik tenglamalar sistemasidan yadro matrisasini anishlashda foydalanilgan (Vitus Bering nomidagi Kamchatka davlat universitetining 2023 yil 13 noyabrdagi №54-12-sonli ma’lumotnomasi, Rossiya federatsiyasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilganligi yadroni aniqlash masalasining mavjudligi va yagonaligini isbotlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish