Yusupov Bekzod Dilmurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kam legirlangan po‘lat qatlam hosil qilib eritib qoplash uchun mahalliy xomashyo bazasi asosida elektrodlarni ishlab chiqarish texnologiyasini va qoplama tarkibini takomillashtirish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3298.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Ermatov Ziyadulla Dosmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Abdulaziz Abdullajonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kam legirlangan poʻlat qatlam eritib qoplash uchun elektrod qoplamasining shlakli asosini va elektrodlarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kalsiy oksidining, kremniy oksidining va kalsiy ftoridning fazaviy muvozanat diagrammasi asosida ishlab chiqilgan kam legirlangan po‘lat qatlamni eritib qoplash uchun elektrod qoplamasining shlak hosil qiluvchi komponentlarining tarkibi qoplama materiallarini tashkil etuvchilarining material mustahkamligiga ta’sir etish xossalari asosida ishlab chiqilgan;
marmar va plavikli shpatdan kompleks foydalanish orqali kam legirlangan po‘lat qatlamni eritib qoplash uchun elektrod qoplamasining gaz hosil qiluvchi komponentlari tarkibi uning azot va vodorod miqdoriga ta’sir etish darajasi asosida ishlab chiqilgan;
kam legirlangan po‘lat qatlamni eritib qoplash uchun elektrod qoplamalarini tayyorlash texnologiyasi yuzada hosil bo‘ladigan qatlamning qattiqligi asosida ishlab chiqilgan;
mahalliy ruda-mineral materiallardan tayyorlangan elektrod qoplamasining tarkibi qo‘shiladigan oksidlarning metall bilan shlakni ajralish qobiliyatining dinamikasi asosida ishlab chiqilgan;
kam legirlangan po‘lat qatlam hosil qilib eritib qoplash uchun elektrodlarning CaO-SiO2-CaF2 shlak tizimining fizik va texnologik ko‘rsatgichlariga kaliy oksidini qo‘shish miqdorining ta’sir etish darajasi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kam legirlangan po‘lat qatlamni eritib qoplash uchun mahalliy xomashyodan elektrod qoplamalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kalsiy oksidi, kremniy oksidi, kalsiy ftoridning fazaviy muvozanat diagrammasi asosida ishlab chiqilgan kam legirlangan po‘lat qatlamni eritib qoplash uchun elektrod qoplamasining shlak hosil qiluvchi komponentlarining kompozisiyasi “V.L. Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi” MChJ QKga joriy qilingan (“O‘zmaxsusmontajqurilish” AJning 2023-yil 08-iyundagi 01-133/03-11 sonli ma’lumotnomasi). Natijada eritib qoplangan metallning yakuniy mustahkamligi 9-11% ga ortgan;
marmar va plavikli shpatdan kompleks foydalanish orqali kam legirlangan po‘lat qatlamni eritib qoplash uchun elektrod qoplamasining gaz hosil qiluvchi komponentlari tarkibi “V.L. Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi” MChJ QKga joriy qilingan (“O‘zmaxsusmontajqurilish” AJning 2023-yil 08-iyundagi 01-133/03-11 sonli ma’lumotnomasi). Natijada eritib qoplangan metallda azot va vodorod miqdori 10-12% ga kamaygan;
kam legirlangan po‘lat qatlamni eritib qoplash uchun elektrod qoplamalarini tayyorlash texnologiyasi “V.L. Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi” MChJ QKga joriy qilingan (“O‘zmaxsusmontajqurilish” AJning 2023-yil 08-iyundagi 01-133/03-11 sonli ma’lumotnomasi). Natijada eritib qoplangan metallning eyilishga bardoshliligi 11-13% ga ortgan.