Rustamov Sherzod Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘orish tizimlaridagi markazdan qochma nasoslarning yangi konstruktiv parametrlarini va ishlash rejimlarini ishlab chiqish», 05.09.06– Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T.621.
Ilmiy rahbar: Glovatskiy Oleg Yakovlevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Shavkat Xudargenovich, texnika fanlari doktori, professor; Shakirov Baxtiyar Maxmudovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘orish tizimidagi markazdan qochma nasoslarning konstruksiyasini takomillashtirish orqali ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirishni ta’minlaydigan va kavitatsion eyilishini kamaytirish hamda suv yurish yo‘lidagi gidravlik jarayonlarni yaxshilash uchun ratsional ish rejimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konstruksiyasi o‘zgartirilgan markazdan qochma nasos ishchi g‘ildiragiga suvning kirish hamda chiqish burchaklarini hisoblash usuli orqali nasosning yangi xarakteristikalari ishlab chiqilgan;
markazdan qochma nasos ishchi detallarining minimal eyilishini hisoblash usuli orqali, ularning ratsional ish rejimini tanlash metodikasi ishlab chiqilgan;
yangi konstruksiyali markazdan qochma nasosning suv oqadigan qismida suvning bir tekisda harakatini ta’minlaydigan ratsional ish rejimi ishlab chiqilgan;
parrakli nasoslar nazariyasi bo‘yicha detallarning minimal eyilishini hisoblash usuli orqali markazdan qochma nasoslarning yangi konstruksiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘orish tizimlaridagi markazdan qochma nasoslarning konstruksiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
konstruktiv parametrlari takomillashtirilgan, ishlash rejimlari ishlab chiqilgan yangi markazdan qochma nasos konstruksiyasiga Intellektual mulk agentligi tomonidan foydali modelga patent olingan («Sentrobejniy nasos», №FAP 00940-2013y.). Natijada sug‘orish tizimlaridagi markazdan qochma nasoslarning ishchi g‘ildiragidagi kavitatsion eyilishni kamaytirish imkoni yaratilgan.
ishchi g‘ildiragiga suv oqimining kirish radiusi, ishchi g‘ildirak parraklarining kirish va chiqish burchaklari o‘zgartirilgan yangi markazdan qochma nasos Suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga, xususan Viloyatlararo Amu-Buxoro mashina kanali tarkibidagi Olot nasos stansiyasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 10 maydagi 01/9-169-son ma’lumot-nomasi). Natijada markazdan qochma nasoslarning suv oqadigan qismidagi ishchi qismlarini himoya qilish imkoniyati yaratilgan;
markazdan qochma nasos ishchi detallarining minimal eyilishini hisoblash va ularning ratsional ish rejimini tanlash usuli “SUVMASH” Aksiyadorlik jamiyatida joriy etilgan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 10 maydagi 01/9-169-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi konstruksiya asosida yaratilgan markazdan qochma nasosning foydali ish koeffisenti (FIK) 5%ga oshirish imkoni yaratilgan.