Pardaev Uktam Berdimurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mintaqa sanoatini tumanlararo konvergensiyalash mexanizmini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.12–“Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2748
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Xudayor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD 03/29.12.2022.I.111.01.
Rasmiy opponentlar: Navruz-zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada sanoatini tumanlararo konvergensiyalash orqali Qashqadaryo viloyati tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mintaqada tumanlar o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish yuzasidan kelib chiqib, Qashqadaryo viloyatida sanoat korxonalarini konvergensiyalash orqali rivojlangan tarmoq sanoati turlarini mintaqada joriy etish mexanizmi asoslab berilgan;
mintaqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni konvergensiyalash yordamida viloyat sanoat ishlab chiqarish ulushi 22,6 foizdan 24,2 foizga, xizmatlar hajmining YaHMdagi ulushi 32,7 foizdan 34,6 foizga oshishi hisoblanib, past rivojlangan hududlarida iqtisodiy faollikni oshirish maqsadida ilmiy texnik faoliyat, innovatsion tadbirkorlik yo‘nalishlari asosida, intellektual salohiyatning miqdoriy va sifat o‘zgarishlari dinamikasi bo‘yicha tumanlararo konvergensiyalash bo’yicha takliflar berilgan;
tumanlar kesimida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi farqlarini kamaytirish maqsadida mintaqaviy tengsizlik darajasi va uning dinamikasi tabaqalanishining turli statistik xarakteristikalari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarni aniqlash, tumanlarni konvergensiyalash orqali rivojlantirish arxitekturasi ishlab chiqilgan;
mintaqa tumanlarini konvergensiyalash yordamida tumanlararo ishlab chiqarishni rivojlantirish va boshqarishning prognoz variantlari ishlab chiqilgan va qoloq tumanlarni nisbatan yuqori sur’atlarda rivojlanishini e’tiborga olgan holda Qashqadaryo viloyatining yalpi hududiy mahsulotga nisbatan har bir tumanini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2024-2028-yillargacha mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa sanoatini tumanlararo konvergensiyalash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada tumanlar o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish yuzasidan kelib chiqib, Qashqadaryo viloyatida sanoat korxonalarini konvergensiyalash orqali rivojlangan tarmoq sanoati turlarini mintaqada joriy etish mexanizmi asoslab berilganligi, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi 02-12-3877-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni qo‘llash asosida mintaqa sanoat tuzilmasini rivojlantirishda konvergent texnologiyasi qo‘lanilishi bo‘yicha samaradorlikka erishilgan;
mintaqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni konvergensiyalash yordamida viloyat sanoat ishlab chiqarish ulushi 22,6 foizdan 24,2 foizga, xizmatlar hajmining YaHMdagi ulushi 32,7 foizdan 34,6 foizga oshishi hisoblanib, past rivojlangan hududlarida iqtisodiy faollikni oshirish maqsadida ilmiy texnik faoliyat, innovatsion tadbirkorlik yo‘nalishlari asosida, intellektual salohiyatning miqdoriy va sifat o‘zgarishlari dinamikasi bo‘yicha tumanlararo konvergensiyalash bo’yicha taklifi Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqarirish va bandlik boshqarmasi amaliyotida joriy qilingan (O‘zbekiston respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi 02-12-3877-sonli ma’lumotnomasi). Takliflar yuzasidan mintaqaviy mehnat unumdorligining o‘rtacha qiymatidan yuqori darajaga olib chiqishda asos sifatida foydalanilgan.
tumanlar kesimida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi farqlarini kamaytirish maqsadida mintaqaviy tengsizlik darajasi va uning dinamikasi tabaqalanishining turli statistik xarakteristikalari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarni aniqlash, tumanlarni konvergensiyalash orqali rivojlantirish arxitekturasi ishlab chiqilgan taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2021 yil 12-iyuldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida” gi 333-4-0-Q/21-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi 02-12-3877-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Shaxrisabz shaxrida joylashgan Oqsayoy turistik obektlariga turistlarning tashrif buyurishini inobatga olib, ushbu hududga qo‘shni bo‘lgan hududlar Kitob, Shaxrisabz, Yakkabog‘ Qamashi tumanlarining o‘sish nuqtalari sifatida turizm sohasi olingan bo‘lib, asosiy e’tibor va kuchni shu sohaga qaratish orqali iqtisodiyotda o‘sishga erishilishi asoslangan;
mintaqa tumanlarini konvergensiyalash yordamida tumanlararo ishlab chiqarishni rivojlantirish va boshqarishning prognoz variantlari ishlab chiqilgan va qoloq tumanlarni nisbatan yuqori sur’atlarda rivojlanishini e’tiborga olgan holda Qashqadaryo viloyatining yalpi hududiy mahsulotga nisbatan har bir tumanini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari tomonidan mahsulot (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi 02-12-3877-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijada asosida Qashqadaryo viloyati aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmi 2023-yilga nisbatan 2024-yilda 1,03 barobarga yoki 3 foiz oshishi hamda 2028-yilda bu ko‘rsatkich 5,48 barobar oshishi kutilmoqda. Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 1,16 barobar yoki 16 foiz oshgan, 2028-yilga kelib esa 2,88 barobar oshishi aniqlangan.