Abdullajonov Asrorbek Abdurahmon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishchi vallarining diametrlari har xil bo‘lgan valikli mashina uchun tishli–richagli differensial uzatish mexanizmining tahlili va sintezi”, 05.02.02 –Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T2097.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdukarimov Abdusalam, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamaxonov Azam Abdumajidovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Sobirov Xolxuja Abbozovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ishchi vallarining diametrlari har xil bo‘lgan valikli mashina uchun tishli–richagli differensial uzatish mexanizmini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ko‘n yarim mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida valikli mashina uchun o‘qlararo masofasi o‘zgaruvchan turli diametrli ishchi vallarining kontakt nuqtalaridagi chiziqli tezliklar tengligini ta’minlaydigan tishli–richagli differensial uzatish mexanizmining takomillashgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan (IAP 07413);
tishli–richagli differensial uzatish mexanizmi xarakterli nuqtalarining chiziqli va burchak tezlik, tezlanishlari, uzatish nisbatini ifodalovchi hamda valikli mashina ishchi vallarining kontakt nuqtalaridagi chiziqli tezliklarni tengligini asoslovchi matematik model tishli g‘ildiraklarning diametrlarini turlicha bo‘lganligini va ishchi vallar o‘qlararo masofasi o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
tishli–richagli differensial uzatish mexanizmi yetakchi va etaklanuvchi tishli g‘ildiraklarining o‘qlararo masofasi o‘zgarishini hisobga olgan holda uzatish mexanizmning richaglar orasidagi reaksiya kuchlari aniqlangan va ularni ortishiga sabab bo‘luvchi richaglari orasidagi burchakni kamaytirish shartini asoslovchi analitik ifoda ishlab chiqilgan;
ishchi vallar diametrlari va ular orasidagi kafolat tirqishini, bosim burchaklari va mexanizm holatining o‘zgarishini hisobga olgan holda tishli g‘ildiraklarining diametrlari har xil tishli–richagli differensial uzatish mexanizmini sintezlash masalasining asosiy shartlari va metodikasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishchi vallarining diametrlari har xil bo‘lgan valikli mashina tishli-richagli differensial uzatish mexanizmi ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
turli diametrli ishchi organlaridan biri qo‘shimcha qo‘zg‘aluvchan, ishchi vallari orasidagi masofasi o‘zgaruvchan texnologik mashinalarning texnik echimiga O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk markazi tomonidan foydali modelga patent olingan (№ FAP 01634 “Valikli universal mashina”). Natijada, ilmiy asoslangan tishli–richagli differensial uzatish mexanizmi bilan jihozlangan charm mahsulotlariga mexanik ishlov beruvchi resurs va energiyatejamkor valikli mashin konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan tishli–richagli differensial uzatish mexanizmi bilan jihozlangan charm mahsulotlariga mexanik ishlov beruvchi ishchi vallarining diametrlari har xil bo‘lgan valikli mashina Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi “GOLD LEAHTER EXPORT IMPORT” MChJ va Uychi tumanidagi “NAFIS–ChARM” MChJ, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi “PREMIUM LEAHTER” MChJlarga joriy etilgan (“O‘ZChARMSANOAT” uyushmasining 9-oktyabr 2023-yildagi ma’lumotnomasi). Natijada, tishli–richagli differensial uzatish mexanizmi turli diametrli valikli mashinada qo‘llanilishi ishchi vallarning sinxron aylanishini ta’minlashi va ishchi vallar qoplamalarining umrboqiyligini ortishi hamda ishchi vallar bilan ishlov berilayotgan charm mahsuloti orasidagi geometrik sirpanishni yo‘qotish orqali mahsulot sifati 3-5% oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish