Adhamov Bobir Valisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Tok qator oralariga ishlov beradigan mashina yumshatgichini turini tanlash va parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3979.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kenjaboev Shukurjon Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Imomqulov Qutbiddin Boqijanovich, texnika fanlari doktori, professor; Normirzaev Abduqayim Rahimberdievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi tok  qator oralariga ishlov beradigan mashina yumshatkichining turini tanlash, uning parametrlarini asoslash yo‘li bilan tok qator oralariga ishlov berishda ish sifati va unumini oshirish, yonilg‘i va boshqa xarajatlar sarfini kamaytirishdan iborat.
III.Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tok qator oralariga ishlov berishda ish sifati va  unimini oshirish  maqsadida kombinatsiyalashgan mashina uchun diskli yumshatkich konstruksiyasi uning ishlash sharoiti hamda tok arxitektonikasini hisobga olib ishlab chiqilgan;
tok qator oralariga ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashinaning   diskli yumshatkichlari orasidagi ko‘ndalang va bo‘ylama masofalarni  aniqlash imkonini beradigan shartlar diskining diametri, harakat yo‘nalishi va  vertikal tekislikka nisbatan o‘rnatilish  burchaklarini inobatga  olgan holda aniqlangan;
tok  qator  oralariga  ishlov beradigan  kombinatsiyalashgan  mashina   diskli yumshatkichi bilan undan chiqayotgan tuproq bo‘laklarini yon tomonga sochilib ketishidan saqlab qoladigan to‘sqich orasidagi bo‘ylama va ko‘ndalang masofalar ular orasiga tuproq tiqilib qolmaslik shartidan aniqlangan;
diskli yumshatkichning harakat yo‘nalishi va vertikal tekislikka nisbatan o‘rnatilish burchaklari hamda kombinatsiyalashgan mashinaning harakat tezligini inobatga olgan holda tuproqning uvalanish darajasi, ishlov berilgan qatlam tubida hosil bo‘ladigan notekisliklar balandligini aniqlash imkonini beradigan empirik formulalar va regressiya tenglamalari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tok qator oralariga ishlov beradigan mashina yumshatkichining turini tanlash va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tok qator oralariga ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil  3-fevraldagi 07/22-05/400-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan diskli yumshatkichlar bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan diskli yumshatkichlar bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinaning tajriba nusxasi Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 3-fevraldagi 07/22-05/400-son ma’lumotnomasi). Natijada, tok qator oralariga ishlov berishda mehnat sarfi 14,0 foizga va har bir gektar maydonga sarflanadigan ekspluatatsion xarajatlarni 16,2 foizga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish