Kodirov Sobir Mamadiyorovichning
falsafa doktor (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Iqlim o‘zgarishi sharoitida Chotqol daryosi gidrologik rejimining o‘ziga xos xususiyatlari, 11.00.03 – “Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/T2997
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
texnika fanlari doktori, professor Gapparov Furkat Axmatovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Eshev Sobir Samatovich (07.09.07), geografiya fanlari doktori dotsent Turgunov Doniyor Mannapjanovich (11.00.03)
Yetakchi tashkilot – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqlim o‘zgarishi sharoitida Chotqol daryosining gidrologik rejimini o‘ziga xos xususiyatlarini baholashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Iqlim o‘zgarishi sharoitida gidrometeorologik va gidrologik ko‘rsatgichlarning ko‘pyillik o‘zgarishlari Chotqol daryosi havzasi misolida baholangan;
Oqimning yil ichida taqsimlanashini aniqlash usuli ko‘psuvli, kamsuvli va o‘rtacha suvli yillar guruhlari bo‘yicha gidrologik parametrlarni o‘zgarishlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
Turli ta’minlanganlikdagi o‘rtacha ko‘pyillik suv sarflarini aniqlash usullari Gumbel` taqsimotidan foydalanib takomillashtirilgan;
Chotqol daryosi suvliligining o‘zgarishini baholash uchun HBV gidrologik modeli asosida iqlim ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chotqol daryosining gidrologik rejimini o‘ziga xos tomonlarini o‘rganish orqali olingan ilmiy natijalari asosida:
Chotqol daryosining gidrologik rejimi elementlari aniqlashtirish va turli ta’minlanganlikdagi suv sarflarini aniqlashning takomillashtirilgan usuli Chirchiq daryosi xavzasi xaritalarini yangilash faoliyatiga tatbiq qilindi. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Kartografiya markazining 2022 yil 22 yanvardagi № 25/66-son dalolatnomasi). Natijada, o‘z vaqtida tog‘oldi daryolari gidrologik xarakteristikalari ma’lumotlari bilan tezkor ta’minlash imkoniyati yaratildi.
Chirchiq daryosining eng yirik irmog‘i Chotqol daryosi havzasida shakllanadigan er osti va er usti suv resurslarini baholash bo‘yicha olingan asosiy gidrologik xarakteristikalarni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Navigatsiya-geoaxborot tizimi boshqarmasi faoliyatiga tatbiq qilindi. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022 yil 7 aprelidagi № yu/626-son ma’lumotnomasi). Natijada daryo havzalarini xaritalarini tuzishda gidrologik xarakteristikalarni hisobga olish imkoniyati yaratilgan.
Ilmiy ishda olingan natijalar asosida qo‘shinlarni o‘z vaqtida zamonaviy va eng so‘nggi maxsus topogeodezik ma’lumotlar bilan ta’minlash, boshliqlar tomonidan maxsus taktik o‘quv mashqlarini rejalashtirishda optimal (eng maqbul) qarorlarni qabul qilish (daryo havzasini qaysi qismidan kechuvni amalga oshirish) ishlari Mudofaa vazirligi Navigatsiya-geoaxborot tizimi boshqarmasi faoliyatiga tatbiq qilindi. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022 yil 7 aprelidagi № yu/626-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxsus taktik o‘quv mashqlarini rejalashtirishda topografik xaritalardan tezkor foydalanish imkoniyati yaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish