Alieva Dilbar Ganievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Vafelli va halqa-tukli gazlamalarni o‘rilish turlarini ularning fizik-mexanik xossalariga ta’sirini organish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.4.DSc/T722
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Valiev Gulom Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdullaev Ulug‘bek To‘lanboevich, texnika fanlari doktori, professor; Kauymov Abdu-malik Hamidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: halqa tukli matolarda halqani mahkamlash mustahkamligini oshirish maqsadida yangi o‘rilish turini taklif etish va halqa mahkamlash mustahkamligini nazariy va amaliy aniqlash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vafel o‘rilishi to‘qimasining tuzilishiga tanda va arqoq yo‘nalishida markazdagi qoplamlar qatorini almashtirish natijasida gigroskopiklik xususiyati yuqori bo‘lgan vafelli to‘qima matoning o‘rilish shakli o‘zgartirilgan turini ishlab chiqilgan;
halqa tukli matolarni arqoq bo‘yicha qoplanishlar sonini ko‘paytirish hisobiga halqa tukli matolardagi halqa mahkamlash mustahkamligi yuqori bo‘lgan halqa tukli mato assortimentini yangi o‘rilish turi yaratilgan;
halqa tukli matolarning yakka halqa mahkamlash mustahkamligini aniqlashda ip qayishqoqligi, ishqalanishi, cho‘jilishi va siqilish xolatlarini inobatga olgan holda siqish sharoitida materiallarning qaishqoqlik xususiyatlari aniqlangan;
halqa tukli matolarning halqa mahkamlash mustahkamligini aniqlashning nazariy hisoblash formulalari tavsiya etilgan va shu asosda halqa mustahkamligini oshirish uchun taxtlash parametrlarini maqbul qiymatlari aniqlangan;
yaratilgan yangi halqa tukli matolarni ishlab chiqarishda zamin, halqa tanda va arqoq iplarni deformatsiyasi ta’siri ostida ishlashi va siqish sharoitida materiallarning qayishqoqlik xususiyatlarini aniqlash asoslangan;
halqa tukli matolarning to‘qish parametrlari o‘rilish, ip chiziqiy zichligi, to‘qima zichligi hisobiga halqaning balandligini va uzunligini aniqlash ifodasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Halqa tukli matolarning halqa mahkamlash mustahkamligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganildi hamda halqa mustahkamligi yuqori bo‘lgan o‘rilish turi joriy qilinishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Yangi turdagi halqa tukli mato o‘rilish turi va halqa mahkamlash mustahkamligini aniqlashning takomillashgan usulini “Art Soft TEX” MChJ korxonasining “Chamanzor” filialida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 01-noyabirdagi №03/25-2297sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi assortimentdagi halqasi mustahkamgi ikki barobarga yuqori bo‘lgan tukli sochiqbop mato ishlab chiqarilgan, hamda 50000 dona ishlab chiqariladigan sochiqdan 52.140.000,0 so‘m miqdorda ipni tejash imkonini bergan.