Qorabaev Sherzod Ahmadjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Pnevmomexanik yigirish mashinalarida ipning shakllanish jarayonlari nazariyasi va amaliyoti” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.3.DSc/T675
Ilmiy rahbar: Bobajanov Xusanxon Toxirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Jaxongir Adxamovich, texnika fanlari doktori, professor; Shariboev Nosirjon Yusupjanovich, fizika matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pnevmomexanik yigirish mashinalari ishchi qismlarini takomillashtirish va maqbullash asosida mashina unumdorligini oshirish hamda xossalari yuqori bo‘lgan raqobatbardosh ip ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pnevmomexanik yigirish mashinasida diskretlangan tolalarni rotorga uzatib beruvchi konfuzorning qiyalik burchagi va chiqish yuzasi profilini o‘zgartirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
pnevmomexanik yigirish mashinasi rotorida shakllangan ipning buramlarini bir xilda taqsimlovchi, yuza qismini qo‘zg‘almas buram intensifikator moslamasi o‘rniga aylanuvchan rolikli intensifikator moslamasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
pnevmomexanik yigirish mashinasi voronkasi sirti bo‘ylab ipning harakat traektoriyasidan kelib chiqib, ipdagi buramlarni bir xilda taqsimlovchi intensifikatorning o‘yiqli va tekis yuzali profili ishlab chiqilgan;
takomillashgan konfuzordagi tolalarni yigirish kamerasiga uzatishda bir to‘g‘ri chiziqli tolalar oqimini hosil qilish orqali havo tezligi va qiyalik burchaklarini tanlab OX va OY dekart kordinatalar o‘tkazilgan hamda tolaga ta’sir etuvchi tashqi kuchlar harakatini defferensial tenglamasi tuzilib uni integrallash orqali harakat tenglamasi olingan;
ko‘p omilli eksperiment natijalari asosida pnevmomexanik yigirish mashinasini rotor tezligi, takomillashtirilgan konfuzor moslamasining chiqish yuzalari diametri hamda konfuzor ichidagi havo tezliklarining maqbul parametr qiymatlarini Adekvat regression tenglamasi olingan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pnevmomexanik yigirish mashinalarida ipning shakllanish jarayonlariga ta’sir qiluvchi yangi konstruksiyali buram intensifikatori va konfuzor qurilmalari parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi konstruksiyali konfuzor va buram intensifikator moslamasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga qarashli Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «FT TEXTILE GROUP» MChJ to‘qimachilik korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2023 yil 01 noyabrdagi №03/25-2296 son ma’lumotnomasi). Natijada chiziqli zichlik bo‘yicha variatsiya koeffisienti 11% ga, nisbiy uzilish kuchi 5% ga, nisbiy uzilish kuchi bo‘yicha variatsiya koeffisienti 8% ga, buramlar soni bo‘yicha variatsiya koeffisienti 25% ga yaxshilangan va ip sifati oshishiga erishilgan hamda korxonada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradolik 2 436 290 000 (ikki milliard to‘rt yuz o‘ttiz olti million ikki yuz to‘qson ming) so‘mni, bir tonna ipga esa 215581 (ikki yuz o‘n besh ming besh yuz sakson bir) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish