Ostonov Shuhrat Saidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘za qator oralarida ko‘ndalang pol hosil qiladigan qurilmaning texnologik ish jarayoni va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3354
Ilmiy rahbar: Axmetov Adilbek Agabekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Hamroqul Amirqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Gaffarov Hasan Ravshanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘za qatorlari orasida ko‘ndalang pol hosil qilish qurilmasining konstruksiyasi va parametrlarini asoslash orqali ko‘ndalang pol hosil qilishda energiyatejamkorlik va yuqori ish sifatini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuproquyumlagichlar va egatochkichlardan tashkil topgan g‘o‘za qatorlari orasida ko‘ndalang pol hosil qiladigan qurilmaning konstruksiyasi va texnologik ish jarayoni talablar darajasida sifatli pol hosil qilish va minimal tortishga qarshilikni ta’minlanishini hisobga olinib ishlab chiqilgan;
tuproquyumlagichning qamrash kengligi va ishchi sirtining egrilik radiusi g‘o‘za ko‘chatlariga zarar etkazmasdan tuproqni talab darajasida uyumlashni ta’minlash sharti asosida tuproqning fizik-mexanik xossalari va qator oralig‘iga bogliq holda aniqlangan;
egatochgichning ishlov berish chuqurligi tuproqni uning oldida uyumlanmasligi va g‘o‘za nihollarini ko‘milmasligini ta’minlash shartidan g‘o‘za qator oraliqlari va qatorlar orasida joylashgan tuproq yuzasining botiqlig‘iga bog‘liq holda asoslangan;
tuproquyumlagich va egatochgich orasidagi bo‘ylama masofa qurilmaning ish jarayonida egatochgich ta’sirida deformatsiyalangan tuproqni tuproquyumlagich bilan egatochgich orasida tiqilmasligi sharti asosida tuproqning fizik-mexanik xossalari va tuproquyumlagich uyumlayotgan ko‘ndalang pol balandligiga bogliq holda aniqlangan;
tuproquyumlagichning ishlov berish chuqurligini barqarorligi uning o‘rnatish burchagiga bogliqligining mohiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: G‘o‘za qator oralarida ko‘ndalang pol hosil qilish qurilmasining texnologik jarayoni va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
agregatning bir o‘tishida g‘o‘za qatorlari orasida ko‘ndalang pol hosil qiladigan qurilmaning texnik echimiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining foydali modelga patenti olingan (“Agregatning bir o‘tishida g‘o‘za qatorlari orasida ko‘ndalang pol hosil qiluvchi qurilma”, № FAP 02144, 2022 y.). Natijada, g‘o‘za qatorlari orasida ko‘ndalang pol hosil qilishda ish sifati va unumini oshirish hamda energiya-materialhajmdorlikni kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘lgan qurilmaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan g‘o‘za qator oralarida ko‘ndalang pol hosil qilish qurilmasi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti o‘quv-ilmiy markazida (Kogon tumani), Buxoro viloyatining Buxoro, Vobkent va Kogon tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 18-dekabrdagi 07/22-05/6441-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za qatorlari orasida ko‘ndalang pol hosil qilishda foydalanish xarajatlari 35,3 foizga kamaygan;
g‘o‘za qatorlari orasida ko‘ndalang pol hosil qiladigan qurilmani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnik topshiriq, dastlabki talablar, texnik shartlar va chizmalar) va hisoblash usullari “BMKB-Agromash” AJga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 18-dekabrdagi 07/22-05/6441-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za qatorlari oralariga ko‘ndalang pol hosil qiladigan qurilmaning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.