Berdiev Akram O‘ktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida loyihaviy moliyalashtirish risklarini boshqarish amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (Iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2563.
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrobshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gadoev Suxrob Jumakulovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respubliksi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida loyihaviy moliyalashtirish risklarini boshqarish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘lov majburiyati hamda investision tovarlarning sifati bo‘yicha taqdim etiladigan bank kafolatlaridan bir vaqtning o‘zida foydalanish hamda hujjatlashtirilgan akkreditivlarning qoplanmagan va tasdiqlanmagan shakllarini qo‘llash orqali investisiya loyihalarini realizatsiya riski darajasini pasaytirish asoslangan;
loyihani moliyalashtirish manbalari hajmida loyiha tashabbuskorining o‘z mablag‘lari ulushini oshirish, aksiyadorlarning qo‘shimcha moliyalashtirish bo‘yicha kafolatlarini olish va loyihani banklarning kredit liniyasi orqali moliyalashtirish natijasida investisiya loyihalarining moliyaviy riski darajasini pasaytirish tavsiya qilingan;
tijorat banklarida xorijiy valyutalardagi aktivlar va majburiyatlarning o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash yo‘li bilan loyihaviy moliyalashtirishning likvidlilik riski darajasini oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik taklif qilingan;
kredit riskini baholash bo‘yicha standartlashgan hamda bazaviy indikativ yondashuvni qo‘llash usullaridan kompleks foydalanish asosida loyihaviy moliyalashtirish jarayonidagi kredit riskini boshqarish amaliyoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklarida loyihaviy moliyalashtirish risklarini boshqarish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
to‘lov majburiyati hamda investision tovarlarning sifati bo‘yicha taqdim etiladigan bank kafolatlaridan bir vaqtning o‘zida foydalanish hamda hujjatlashtirilgan akkreditivlarning qoplanmagan va tasdiqlanmagan shakllarini qo‘llash orqali investisiya loyihalarini realizatsiya riski darajasini pasaytirish taklifi “Mikrokreditbank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2023-yil 12-sentyabrdagi №04-16/16389-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankda berilgan kafolatlar va hujjatlashtirilgan akkreditivlar hajmini 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 2,3 martaga oshirish imkoni yaratilgan;
loyihani moliyalashtirish manbalari hajmida loyiha tashabbuskorining o‘z mablag‘lari ulushini oshirish, aksiyadorlarning qo‘shimcha moliyalashtirish bo‘yicha kafolatlarini olish va loyihani banklarning kredit liniyasi orqali moliyalashtirish natijasida investisiya loyihalarining moliyaviy riski darajasini pasaytirish taklifi “Mikrokreditbank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2023-yil 12-sentyabrdagi №04-16/16389-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bank tomonidan 2022-yilda 1240 ta investisiya loyihasini moliyalashtirish uchun 3,8 trln. so‘m miqdorida investision kreditlar ajratilgan;
tijorat banklarida xorijiy valyutalardagi aktivlar va majburiyatlarning o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash yo‘li bilan loyihaviy moliyalashtirishning likvidlilik riski darajasini oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik taklifi “Mikrokreditbank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2023-yil 12-sentyabrdagi №04-16/16389-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankda 2022-yilda 2021-yilga nisbatan xorijiy valyutalardagi aktivlarning o‘sish sur’ati 27,1 foizni tashkil etgani holda, xorijiy valyutalardagi majburiyatlarning o‘sish sur’ati 22,7 foizni tashkil etgan;
kredit riskini baholash bo‘yicha standartlashgan hamda bazaviy indikativ yondashuvni qo‘llash usullaridan kompleks foydalanish asosida loyihaviy moliyalashtirish jarayonidagi kredit riskini boshqarish amaliyoti takomillashtirish taklifi “Mikrokreditbank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2023-yil 12-sentyabrdagi №04-16/16389-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankda kreditlar bo‘yicha zaxira ajratmalarining brutto kreditlarga nisbatan darajasi 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 1,0 foizli punktga pasaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish