Svaykosov Saken Omarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avtomobil yoqilg‘ilarini detonatsion va fazaviy barqarorligini yaxshilash uchun etanol asosida qo‘ndirmalar ishlab chiqish va tadqiq qilish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2453. 
Ilmiy rahbar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo, DSc.02.30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Saydaxmedov Shamshidinxoʼja Muxtorovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Kodirov Orifjon Sharipovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomobil yoqilg‘ilarini detonatsion va fazaviy barqarorligini yaxshilash uchun etanol asosida qo‘ndirmalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ES, IB va MMA lardan o‘zaro nisbatlari turlicha bo‘lgan avtomobil benzinlarini fazaviy va detonatsion xossalarini yaxshilovchi optimal konsentratsiyaga ega Oktan-S-6 (ES 50%:IB 20%:MMA 30%) yangi tarkibli kompozision qo‘ndirmalar ishlab chiqilgan;
Oktan-S-6 antidetonatsion qo‘ndirmasini mahalliy AI-80 avtomobil benziniga 2 % va AI-92 avtomobil benziniga 0,4 % miqdorda qo‘shish orqali AI-95 avtomobil benzinlari olindi va ularning ekologik xossalari yaxshilanishi ilmiy asoslangan;
AI-80 va Oktan-S-6 hamda AI-92 va Oktan-S-6 asosida olingan AI-95 benzini avtomobil dvigatellarida sinab ko‘rilganda, (tirsakli valni aylanish chastotasi nmin) ajralib chiquvchi uglerod oksidi gazlari 1,7 va 1,4 % ga, uglevodorod bug‘lar talab darajasidan 1250 va 1155 ppm ga hamda (tirsakli valni aylanish chastotasi nmaks) ajralib chiquvchi uglerod oksidi gazlari 1,0 va 0,7 % ga va uglevodorod bug‘lari talab darajasidan 535 va 480 ppm ga kamaygani aniqlangan;
Oktan-S-6 va AI-80 benzini asosida olingan benzin namunasida smolalar miqdorining 100 sm3 benzinda 1140 mg dan 980 mg gacha, Oktan-S-6 va AI-91 asosida olingan benzin namunasida esa 1170 mg dan 1010 mg gacha kamaygani ilmiy asoslangan;
Oktan-S-6 antidetonatsion qo‘ndirmasi va mahalliy benzin komponentlari asosida, yuqori oktanli, tarkibida kislorod saqlagan AI-95 avtomobil benzinini olishni kompaundlashning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Avtomobil yoqilg‘ilarini detonatsion va fazaviy barqarorligini yaxshilash uchun etanol asosida qo‘ndirmalar ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ES, IB va MMA asosida avtomobil benzinlari uchun antidetonatsion qo‘ndirmalarni ishlab chiqish usuli “Taxiatosh neft bazasi” MShJ Qo‘ng‘irot filialida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftegaz” AJning 2024 yil 12 fevraldagi 03-18-8-133-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, AI-80 benziniga 2 % va AI-91 benziniga 0,4 % miqdorda qo‘shib AI-95 avtomobil benzini ishlab chiqish imkonini bergan;
kislorod saqlovchi birikmalar asosida olingan oksigenatli qo‘shimchalar va benzinni kompaundlash texnologiyasi «O‘zneftegazinspeksiya» Buxoro viloyat hududiy bo‘linmasida amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2024 yil 12 fevraldagi 03-18-8-133-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Oktan-S-6 qo‘ndirmasidan 0,4 % AI-92 benziniga qo‘shish orqali benzinning oktan soni 4,3 punktga ortishi natijada 95,6 oktan sonli benzin olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish