Isokov Yusuf Xoriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gidrometallurgiya eritmalaridan rangli metallarni ajratish uchun faollantirilgan ko‘mir olish va qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3435.
Ilmiy rahbar: Yodgorov Normaxmat, kimyo fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Xurmamatov Abdug‘offor, texnika fanlari doktori, professor; Eshmetov Rasulbek Jumyazovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gidrometallaurgiya eritmalaridan noyob metallarni ajratib olish uchun mahalliy xomashyo resurslari asosida uglerodli selektiv adsorbent olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yong‘oq, o‘rik, shaftoli, achchiq bodom kabi daraxtlarning danaklari chiqindisini piroliz usulida kuydirib xosil bo‘lgan maxsulotni 800-9000S haroratda suv bug‘i va termokimyoviy qayta ishlab faollashtirilgan ko‘mir adsorbentlari (FYoK, FO‘K-136, FO‘K-111, FShK-78, FShK-98, FShK-158, FShK-74,5, FO‘K-Ar-74,5, FO‘K-Ar-136) olingan va maqbul sharoiti ishlab chiqilib texnologik tizimi yaratilgan;
faollashtirib olingan adsorbentlarning tarkibi, tuzilishi, kullilik darajasi, g‘ovakliligi va sirt xossalari xamda termik barqarorligi zamonaviy fizik - kimyoviy usullar IQ, SEM. EA, DTA yordamida aniqlangan;
nodir va rangli metallarning sianidli komplekslarini xarorat konsentratsiyaga bog‘likligini tizimli o‘rganish bilan faollashtirilgan ko‘mir adsorbentlarini metallarni tanlab yutish xususiyati xamda sorbsiya jarayonining muvozanat ko‘rsatkichlari kompleksning koordinatsion soni asosida selektivlik ketma-ketlik qatori (0,014-0,024 mmol`/l NaCN) uchun Au > Ag > Hg > Ni > Zn ~ Cd ~ Cu aniqlangan;
shaftoli, o‘rik mevasi danagidan olingan, faollashtirilgan ko‘mirning yod, benzol, etanol va suv bug‘ini yutish jarayonini asosiy qonuniyatlari asosida sorbentlar yuzasidagi mezo-hamda makro g‘ovaklarning miqdori aniqlangan hamda adsorbsiya qonuniyatlari, ularning benzolga nisbatan faolligi 22,5% yoki 115,2 m2/g; yodga nisbatan esa 75% ni va sirt yuzasi 1025,8 m2/g ga ortganligi aniqlangan;
termik va suv bug‘i asosida faollantirish usullarining adsorbentlarni adsorbsiyalash hususiyatlariga ta’siri, ularning struktura-adsorbsion ko‘rsatkichlari hamda g‘ovaklar hajmi mikrog‘ovaklar hajmiy to‘yinish nazariyasi tenglamalari yordamida asoslangan;
meva donaklari (shaftoli) asosida olingan uglerodli adsorbentlar Navoiy kon-metallurgiya kombinatida qimmatbaxo va rangli metallarni yutishda qo‘llash maqbul sharoitlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy mevali daraxtlar yong‘oq, o‘rik, shaftoli, achchiq bodom danak po‘choqlari asosida olingan faollashtirilgan ko‘mir sorbentlarini adsorbsion xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mevali daraxt danaklari asosida olingan FShK-98 markali faollashtirilgan ko‘mir adsorbenti Navoiy kon-metullurgiya kombinati AJda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metullurgiya kombinati AJning 2024 yil 9 apreldagi 23/01-01-07/154-son ma’lumotnomasi) Natijada, qimmatbaho metallarni ajratib olishga qaratilgan ko‘mir adsorbentining yodni yutuvchanligi bo‘yicha ko‘rsatkichlari ASTM va GOST 6217-54 talablariga mos kelishini aniqlash imkonini bergan;
FShK-98 markali olingan ko‘mir adsorbentlari yordamida qimmatbaxo metallar sorbsiyasida Navoiy kon-metullurgiya kombinati AJda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metullurgiya kombinati AJning 2024 yil 9 apreldagi 23/01-01-07/154-son ma’lumotnomasi) Natijada, NaCN konsentratsiyasi 4,1-41,0 mmol`/g gacha bo‘lganda pul`pa eritmaci tarkibida Au, Ag, Hg, Ni, Zn, Cu, Cd metallarining sorbsiyalash ketma ketligini (Au>Ag>Hg>Ni>Zn>Cu>Cd) aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish