Bobojonov Bunyod Bo‘jonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertassiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xrom (VI) va molibden (VI) ionlarini aniqlashning sorbsion-spektrofo-tometrik usullarini ishlab chiqish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertassiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/K528.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertassiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.K.78.05.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor; Kasimov Sherzod Abduzairovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertassiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: immobillangan organik reagentlar yozdamida xrom (VI) va molibden (VI) ionlarini sanoat, tabiiy obʼektlarda aniqlashning sorbsion-spektrofotometrik usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sulfo- va gidroksil- guruhi tutgan 4,5-digidroksinaftalin-2,7-disulfo-kislotaning dinatriyli tuzi hamda fenilfluoronni tolali sorbentlarga immobillashning analitik xossalari kvant-kimyoviy hisoblashlar (ORCA dasturining B3LYP/def2-TZVP usuli) yordamida aniqlangan;
tolaga immobillangan 4,5-digidroksinaftalin-2,7-disulfokislotaning dinatriyli tuzi hamda fenilfluoron bilan xrom (VI) va molibden (VI) ionlarinini eritma muhiti kislotali bo‘lganda kompleks hosil qilishiga halaqit beruvchi ionlarning taʼsiri kamayganligi aniqlangan;
kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari, kompleks tarkibi esa Me:R=1:1 nisbatda reaksiyaga kirishishi Asmusning to‘g‘ri chiziqlar, izomolyar seriyalar, to‘yintirish usullari yordamida isbotlangan;
xrom (VI) va molibden (VI) ionlarini aniqlashda immobillangan 4,5-di-gidroksinaftalin-2,7-disulfokislotaning dinatriyli tuzi hamda fenilfluoron yordamida sorbsion-spektrofotometrik usuli ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan usul binar, uchlamchi va undan murakkab aralashmalar, tabiiy, oqava suvlar hamda kimyo sanoati chiqindi mahsulotlari namunalarida xrom (VI) va molibden (VI) ionlarini aniqlashda qo‘llanilgan, natijada metrologik parametrlari yuqoriligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat oqava suvlarida xrom (VI) va molibden (VI) ionlarini aniqlash va tozalashning yangi sorbsion-spektrofotometrik usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
immobillangan organik reagentlar yordamida xrom (VI) va molibden (VI) ionlarini aniqlashning sorbsion-spektrofotometrik usuli «MUBORAK» gazni qayta ishlash zavodining «Markaziy analitik laboratoriyasi» amaliyotiga joriy qilingan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2023 yil 27 martdagi 134-GK-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlarda xrom (VI) va molibden (VI) ionlarini ekspress aniqlash imkonini bergan;
xrom (VI) va molibden (VI) ionlarini aniqlash va ajratish usuli «SPZ-Bearings» Uzbekiston-Rossiya Qo‘shma korhonasi «Markaziy laboratoriyasi» amaliyotiga joriy qilingan (SPZ-Bearings 2023 yil 23 avgustagi 115/08-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlar tarkibidagi og‘ir metallarning ionlarini aniqlash va samarali tozalash imkonini bergan.