Usenov Azamat Bakir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dorivor o‘simliklarni ekstraksiyalashda ultratovushli qurilmani takomillashtirish», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/2620.
Ilmiy rahbar: Sultanova Shaxnoza Abduvaxitovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/31.03.2023.T.66.05.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ikromali Tojimatovich, texnika fanlari doktori, professor; Narziev Mirza Saidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ultratovushlardan foydalangan holda, o‘simlik xomashyosidan yuqori konsentratsiyali ekstrakt olish va sokslet ekstrakorini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yalpiz (Méntha) o‘simligini ekstraksiyalash jarayonida diffuziya va konsentratsiya o‘zgarishi o‘rtasidagi munosabatning matematik modeli ishlab chiqilgan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekstraksiyalash jarayoni jadallashtirilgan;
diffuziya koeffisientining qiymati D=0,7∙10-11 m2/s ga teng bo‘lganda, ekstraksiya jarayonining davomiyligi 9000 soniya, yalpiz ekstraktining umumiy miqdori esa 35% dan 14% gacha kamayganligi aniqlangan;
o‘simlik xomashyosiga chastotasi 30-50 kHz bo‘lgan ultratovushlar ta’sir ettirilganda xomashyo hujayralari sohalarida turbulentlik kavitatsiyasi samaradorligi eng yuqori ekanligi aniqlangan;
Prandtl kriteriysi =235 hamda ishchi kameraning ekvivalent diametri bo‘lganda, ekstraktorning asosiy ishchi qismi balandligi h=0,53 m ekanligi aniqlangan.
dorivor o‘simliklarni ekstraksiyalash uchun energiyatejamkor ultratovushli qurilma takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dorivor o‘simliklarni ekstraksiyalashda ultratovushli qurilmani takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
o‘simlik xomashyolarini ekstraksiyalash uchun energiya tejamkor texnologiya “Dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi”da ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 26 dekabrdagi 05/38-7576-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali texnologiyadan foydalanish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish 1,3 barobar ko‘payishi va xomashyo yo‘qotilishini 11% kamaytirish imkonini bergan;
o‘simlik xomashyolarini ekstraksiyalash usuli “Dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi”da ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 26 dekabrdagi 05/38-7576-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali usuldan foydalanish hisobiga yakuniy mahsulotning konsentratsiyasini oshirish imkonini bergan;
o‘simlik xomashyolarini ekstraksiyalash bo‘yicha ishlab chiqilgan texnika va texnologiya “Dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi”da ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 26 dekabrdagi 05/38-7576-son ma’lumotnomasi). Natijada, ultratovushlardan oqilona foydalanish orqali ekstraksiyalash vaqti qisqargan, energiya sarfi kamaygan va yuqori konsentratsiyali ekstrakt olish imkonini bergan.