Samukov Tulkun Irgashevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rektifikatsiya va ekstraksiya jarayonlari asosida gaz kondensatidan erituvchilar olish texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning xossalarini tadqiqoti», 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/T738.
Ilmiy maslahatchi: Hamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Miraxmat Po‘latovich, texnika fanlari doktori, professor; Rahmonov Toir Zoirovich, texnika fanlari doktori, professor; Saidahmedov Shamsuddin Muhratovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «O‘ZLITINEFTGAZ» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sho‘rtan va Maymanak konlari gazkondensatidan yangi avlod ekstragentlar bilan aromatik uglevodorodlarni ajratish, erituvchilar olish texnologiyalarini ishlab chiqish, ularning qo‘llanilish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Maymanak va Sho‘rtan kimyo majmulalari gazkondensatlarining tarkibi aniqlanib, haqiqiy qaynash nuqtasini aniqlash bilan fraksiyalangan (aromatik uglevodorodlar - 17,95-28,05 %, alifatik - 58,13-50,31 %, naftenlar - 17,8-15,97 %) va sulfidlash bilan topilgan arenlar miqdori bo‘yicha lak bo‘yoq materiallar - organodispersiya erituvchilarining tarkibiga mosligi isbotlangan;
GK-LKM seriyali murakkab va ko‘p komponentli erituvchilarning ekspluatatsion xususiyatlari - eritish qobiliyati standart smola Kauri - butanol va anilin nuqtasini aniqlash, samarali fazaviy muvozanati bilan asoslangan;
Maymanak va Sho‘rtan kimyo majmulalari gazkondensatlari tarkibidan benzol- va toluol poliaminospirtli ekstragentlar («Laprol-805», «Lapramol-294») bilan ajratilib, sanoat ekstragentlari - dietilenglikolga nisbatan 6-6,5 marta, dimetil-sulfoksiddan - 1,2 marta, dimetilformamiddan 1,5 marta, furfuroldan esa 2,1 marta selektiv ekanligi isbotlangan;
ekstraksion ajratishda gazkondensati komponentlarning ekstragent funksional guruhlari bilan o‘zaro zaif kimyoviy ta’siri tufayli ekstragent - aromatik uglevodorod kompleksi hosil bo‘lishi, donor-akseptor nazariyasiga mos ekstraksiyalash mexanizmi asoslangan;
ekstraksiyalash haroratning 20 dan 110 °C gacha oshishi bilan «Lapramol-294» ekstragentining xomashyo bilan ta’sir vaqti 8,7 dan 2,2 daqiqagacha qisqarishi va aromatik uglevodorodlarning unumi 32,1 dan 85 foizgacha oshishi isbotlangan;
Sho‘rtan va Maymanak konlari gazkondensatidan samarali ekstragentlar bilan aromatik uglevodorodlarni ajratish, erituvchilar olish texnologiyalari ishlab chiqilan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tizimli, aralash va individual erituvchilar olish texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning qo‘llanilish sohalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rektifikatsiya jarayonlari asosida gaz kondensatidan erituvchilar olish texnologiyalari Shurtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi va «Premium Pains» MChJ ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2023 yil 8 fevraldagi 02-18-8-126-son ma’lumotnomasi). Natijada, eritish qobiliyati standart smola Kauri - butanol va anilin nuqtasi bilan samarali fazaviy muvozanati chegaralariga mos erituvchilar ishlab chiqarish imkoniyatini bergan;
gazkondensati asosida erituvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi SANEG MChJ xorijiy kompaniyasining «2024-2026 yillar amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («SANEG» MChJ xorijiy kompaniyasining 2023 yil 22 fevraldagi GD-001/440-son ma’lumotnomasi). Natijada, GKLKM-S3-120/160, GKLKM-A-160/220, GKLKM-S4-120/220 seriyadagi erituvchilar ishlab chiqarilgan va UZKABEL AJ QK xorijdan keltirilib foydalanilayotgan neft asosida ishlab chiqariluvchi Nefras S4-135/220 erituvchisini to‘liq almashtirish imkonini beradi;
Shurtan va Maymanak gazkondensatidan rektifikatsiya asosida erituvchilar olish texnologiyasi SANEG MChJ xorijiy kompaniyasining «2024-2026 yillar amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («SANEG» MChJ xorijiy kompaniyasining 2023 yil 22 fevraldagi GD-001/440-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zDst 3035-2015 standatri talablariga mos, lok boyoq materiallarini samarali suyultiruvchi ishlab chiqarish imkonini beradi.