Islamov Ziyavuddin Sadriddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Retinoblastomaning klinik-patogenetik rivojlanishi aspektlari, diagnostika va davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib56.
Ilmiy maslahatchi: Baxritdinova Fazilat Arifovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12. 2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Saakyan Svetlana Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Buzrukov Botir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xadjimetov Abdugafur Axatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: retinoblastoma bilan og‘rigan bemorlarda ko‘rish a’zosining klinik-funksional va organizmning molekulyar-genetik, immunologik, biokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida patogenetik asoslangan diagnostika, davolash va reabilitatsiya usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: ilk bor panmiks va imbriding sharoitida chaqaloqlarda retinoblastomalarning uchrashi 1:19335, avloddan-avlodga o‘tishi va moyilligi 22%ni, RB1 polimorf genlar hamda additiv HLA-genlari bilan kuchli korrelyasion o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
retinoblastoma bosqichlarini dopplerografik va tomografik ko‘z tekshiruvida o‘smaning klinik ko‘rinishlari va kasallikni erta bosqichida tashxislash imkonini berishi isbotlangan;
ilk bor ko‘z yosh suyuqligi va o‘sma to‘qimasidagi kislorodning faol shakli generatsiyasi intensivlik darajasi, antiperoksid va antiradikal tizimlar holati, jarayonning kechishi, kasallikni erta va differensial tashxislash mezonlari ishlab chiqilgan;
retinoblastomaning turli shakllarini rivojlanishini klinik-patogenetik mezonlari ishlab chiqilgan;
kasallikni davolashdan keyingi bosqichdagi reabilitatsion jarrohlik amaliyoti ko‘zning ko‘rish faoliyatini oshirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash tartibi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Retinoblastomaning klinik-patogenetik rivojlanishi aspektlari, diagnostika va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ko‘z ichi o‘smalarida birlamchi xemoreduksiya samaradorligini baholash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 13 fevraldagi 8n-d/10-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bolalarda ko‘z ichi o‘smalarida birlamchi xemoreduksiyani o‘tkazish, unga qo‘yilgan ko‘rsatmalar va samaradorligini baholash imkonini bergan;
«Genetik skrining, retinoblastomani erta tashxislash va davolash algoritmini ishlab chiqish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 13 fevraldagi 8n-d/10-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bolalarda uchraydigan retinoblastoma kasalligini erta tashxislash va davolash algoritmini yaratish va uni amaliyotga tatbiq qilish imkonini bergan;
«Retinoblastoma klinikasi va tashxisotining o‘ziga xos xususiyatlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 13 fevraldagi 8n-d/10-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bolalarda uchraydigan retinoblastoma kasalligining klinikasi va o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash, kasalikni barataraf etish imkonini bergan;
retinoblastomaning klinik-patogenetik rivojlanishi aspektlari, diagnostika va davolash usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-klinikasi, Respublika onkologiya ilmiy-amaliy markazi klinik amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 8n-z/119-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari bolalarda uchraydigan retinoblastomaning klinik-patogenetik rivojlanishi kasallikni erta tashxislash va davolash tizimini yaratish, kasallikning ilk bosqichlarida karboplatinni retrobul`bar yuborish 71% holatda o‘smaning regressiyasi va jarayonning turg‘unlashuvini, operativ amaliyotlar sonini 2,1 marta qisqarganligini, ishlab chiqilgan algoritmi nafaqat kasallikni ilk davrda tashxislash, bolalarning ksallikka moyilligini aniqlash, uning kechishini bashorat qilish, balki o‘sma jarayonini to‘xtatish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va o‘lim ko‘rsatkichini 1,4 marta kamaytirish imkonini bergan.