Turabekova Dilorom Baxtiyarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Bacillus thuringiensis entomopatogen bakteriyasi asosida Fusarium proliferatum zamburug‘iga qarshi biopreparat olish texnologiyasini takomillashtirish», 03.00.12 – Biotexnologiya  (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/B896.
Ilmiy rahbar: Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixolikovich, biologiya fanlari doktori, professor.. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03.30.12.2019.B.72.02
Rasmiy opponentlar: Murodova Sayyora Sabirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Aliqulov Begali Saydullaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Sirdaryo viloyati misolida tokzorlarda uchrovchi fuzarioz kasalliklari monitoringi, Bacillus thuringiensis entomopatogen bakteriyasi asosida Fusarium zamburug‘iga qarshi biopreparat olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sirdaryo viloyati tokzorlarida zamburug‘li va bakterial kasalliklarning tarqalish dinamikasi tok o‘simligi navlariga bog‘liq holda aniqlangan hamda toklarning navlarga bog‘liq holda zamburug‘li kasalliklarga chidamliligi asoslangan;
mahalliy sharoitda tokzorlarda uchrovchi zamburug‘li kasalliklar monitoringi o‘tkazilib, Fusarium proliferatum, Streptomyces violaceoruber, Streptomyces badius turlariga mansub bo‘lgan zamburug‘ va bakterial sof kulturalar ajratib olingan, ularning toksonomik o‘rni aniqlangan.
Antifungal faolligi past bo‘lgan mahalliy Bacillus thuringiensis bakteriyasi asosida «Antibac-Uz Dis» biopreparati olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
«Antibac-Uz Dis» suyuq biopreparatining antifungal faolligini oshirish uchun kultural suyuqlikdagi delta-endotoksinlarni parchlash hamda tiklovchi sifatida NaHSO4 qo‘shish orqali erishshi mumkinligi isbotlangan.
Bacillus thuringiensis kulturasi asosida biopreparat tayyorlash uchun ozuqa muhiti (g/l: soya uni - 50,0; gidrolizlangan kraxmal -40; KHPO4 - 1,77; K2HPO4 - 4,53; pH-7,0), mazkur ozuqa muhitida o‘stirilgan shtammning biomassa hosil qilishi (32,41±0,47 mg/ml), -endotoksin hosil qilishi (6,14±0,18 mg/ml), spora-kristallar nisbati (1:1,7) tarkibi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bacillus thuringiensis entomopatogen bakteriyasi asosida Fusarium proliferatum zamburug‘iga qarshi biopreparat olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sirdaryo viloyati tokzorlaridan ajratilgan Fusarium proliferatum NDL Uz-76 shtammi AQSh milliy biotexnologiya axbarot markazida (NSBI) MZ147001.1 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (https://www.ncbi.nlm.nih.gov/nuccore/MZ147001.1). Natijada, Sirdaryo viloyati tokzorlarida fuzarioz zamburug‘li kasalliklarining molekulyar toksonomik o‘rni o‘rnatilgan, bu esa Fusarium zamburug‘i turlarini tadqiq qilish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda mintaqalararo miqyosida foydalanish imkonini bergan;
O‘zbekiston tokzorlaridan ajratilgan Fusarium proliferatum, Streptomyces violaceoruber, Streptomyces badius avlodiga mansub uchta shtamm mikologik tozalanib, toksonomik o‘rni o‘rnatilgan hamda EMBL-EBI evropa nukleotidlar arxivida (RNAcentral, Buyuk Britaniya, Kembrij) ro‘yxatdan o‘tkazilgan (https://rnacentral.org/rna/URS0002251B81/948311). Natijada, mazkur avlodga mansub zamburug‘larning yangi turlarini aniqlashda nukleotidlar ketma ketligi asosida aniqlashda mintaqalararo foydalanish imkonini bergan.
Bacillus thuringiensis entomopatogen bakteriyasi asosida Fusarium proliferatum turi zamburug‘iga qarshi «Antibac-Uz Dis» biologik preparati ishlab chiqarish texnologiyasi Sirdaryo viloyati, Guliston tumani bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘ajliklari tokzorlarida amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2023 yil 2-fevraldagi 01/03-0260 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Fusarium zamburug‘i bilan 31,0% gacha zararlangan tokzorlardan 13,0-16,4% gacha qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan.
«Antibac-Uz Dis» biologik preparati (4,5-5,0 l/ga) Sirdaryo viloyati, Guliston tumani bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari tokzorlarida Fusarium proliferatum sp. zamburug‘iga qarshi kurashish uchun amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2023 yil 2-fevraldagi 01/03-0260-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tok kasalliklariga qarshi mikrobiologik kurashish imkoni bergan;
«Antibac-Uz Dis» biopreparati Sirdaryo viloyati, Guliston tumani bog‘dorchilikka ixtisoslashgan "Erqul ota" MChJ va "Alijon Quvonchbek bog‘i" bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarining 10 gektar maydonlardagi tokzorda fuzarioz zamburug‘i kasalliklariga qarshi kurashish uchun amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 28-apreldagi 05/05/1897-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tokzorlarda fuzarioz zamburug‘ini 86,6% gacha kamaytirish va o‘rtacha 42,2-46,8 s/ga hosildorlikka erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish