Ziyadullaeva Kamola Xaitboevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uglevodorodlar pirolizi jarayoni ikkilamchi xom ashyosi asosida ftalangidridning katalitik sintezi texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4110.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Suvanqul Erxonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor; Turg‘unov Erxon, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlar texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: ugevodorodlar pirolizi jarayoni ikkilamchi maxsuloti kimyoviy tarkibini o‘ganish, uni fraksiyalash orqali naftalin va uning hosilalarini ajratib olish, ular asosida ftalangidrid sintezini amalga oshirish, jarayon uchun samarali katalizatorlar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ugevodorotlar pirolizi jarayoni ikkilamchi maxsuloti – piroliz moyi tarkibi tahlil qilingan, uni fraksiyalash orqali tozaligi 99% dan yuqori bo‘lgan naftalin ajratib olingan;
olingan naftalinni havo yordamida oksidlash sharoiti organilgan va yuqori unum bilan ftalangidrid olishning samarali usuli ishlab chiqilgan;
ugevodorotlar pirolizida hosil bo‘ladigan piroliz moyi ikkilamchi xomashyosini to‘liq qayta ishlash orqali uning tarkibidan naftalin olish jarayoni texnologiyasi ishlab chiqilgan;
olingan naftalinni oksidlash orqali ftalangidrid olish jarayoni uchun vanadiy oksidi va mahalliy bentonit asosida modifikatsiyalangan samarali katalizatorlar olingan;
naftalin asosida ftalangidrid sintezi jarayoni uchun to‘rt turdagi turli katalizatorlar tarkiblari ishlab chiqilgan hamda ularning fizik-kimyoviy xossalar va mexanik barqarorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Uglevodorodlar pirolizi jarayoni ikkilamchi xom ashyosi asosida ftalangidridning katalitik sintezi texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
naftalin asosidagi sintez jarayoni “Elektrokimyozavod” qo‘shma korxonasi aksiyadorlik jamiyatida amaliyotga joriy qilingan (“Elektrokimyozavod” QK AJ ning 2023 yil 22 dekabrdagi 176-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir qator yangi organik birikmalar sintez qilish imkonini bergan;
sintez qilingan ftalangidrid “Elektrokimy zavod” QK AJ da amaliyotga joriy qilingan (“Elektrokimyozavod” QK AJ ning 2023 yil 22 dekabrdagi 176-son ma’lumotnomasi). Natijada, sintez qilingan ftalangidridan paxta defolianti sifatida keng foydalanishga imkon bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish