Nazarov Nurullo Ibodulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polivinilxlorid uchun yangi oligomer stabilizator olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1784.
Ilmiy rahbar: Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirvaliev Zoid Zoxidovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: polivinilxloridning termik barqarorligini oshirish uchun ikkilamchi mahsulotlar va kalsiy, mis, rux tuzlari asosida yangi termostabilizatorlar olish hamda ularni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kroton aldegidi, orto-aminobenzoy kislota va kalsiy, mis, rux metall tuzlari ishtirokida yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan yangi tarkibli termostabilizatorlar sintez qilingan hamda ularning ingibirlash xususiyatlari aniqlangan;
kroton aldegidi, orto-aminobenzoy kislota va kalsiy, mis, rux metall tuzlari asosida sintez qilingan termostabilizatorlarning tarkibi, tuzilishi, xossalarini fizik-kimyoviy usullar yordamida isbotlangan;
sintez qilingan termostabilizatorlarning ingibirlash xususiyatlariga ularni olish jarayonidagi dastlabki moddalarning konsentrasiyalari, harorat va boshqa omillar ta’siri aniqlangan;
taklif etilayotgan oligomer tarkibli stabilizatorlarning polivinilxlorid bilan o‘zaro kirishuvchanligi yaxshilanishi hisobiga, makromolekulada migratsiya jarayoni kamayishi aniqlangan; 
yuqori samarador termostabilizatorlar sintez qilish jarayonining texnologik parametrlari aniqlangan va termostabilizatorlarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kroton aldegidi, orto-aminobenzoy kislota va kalsiy, mis, rux metall tuzlari asosida yuqori samarali termostabilizatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kroton aldegidi, orto-aminobenzoy kislota va kalsiy, mis, rux metall tuzlari asosida olingan termostabilizatorlar «Shurtan gaz kimyo majmuasi» MChJning “2021-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Shurtan gaz kimyo majmuasi» MChJning 2022 yil 24 fevraldagi 002/831-son ma’lumotnomasi). Natijada, polivinilxlorid asosidagi termik barqaror kompozisiyalarni olish imkonini beradi; 
sintez qilingan termostabilizatorlar asosida olingan polimer kompozit materiallar «Shurtan gaz kimyo majmuasi» MChJning “2021-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Shurtan gaz kimyo majmuasi» MChJ ning 2022 yil 24 fevraldagi 002/831-son ma'lumotnomasi). Natijada, polimerlar asosida ishlab chiqarilayotgan termoplast kompozitlarning ekspluatatsion xossalarini oshirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish