Norboev Abduvali Ovlaqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlar davlat tizimi va uning mintaqa barqarorligidagi o‘rni”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.2.PhD/Tar97.
Ilmiy rahbar: Xoliqov Ishqobil tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor; Raximov Mirzoxid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlar davlat tizimi va uning mintaqa barqarorligidagi o‘rni masalasiga oid olib borilgan ishlarni tarixiy nuqtai-nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish qadimdan boshlab ma’lum bir an’ana, urf-odat va qonun qoidalarga asoslanganligi, bu ishlar esa hukmdorlar va xalq tomonidan amalga oshirilganligi, ular aholini tabiiy va texnogen ko‘rinishdagi favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi sabablarga qarshi kurashda, tabiiy ofat va halokatlarning oqibatlarini engib o‘tishda muhim bir vosita sifatida qo‘llanilganligi isbotlangan;
insoniyatni tabiatga nisbatan ta’sirining keskin ortishi texnogen, tabiiy hamda ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning ham ko‘payib, transchegarali xususiyatga ega bo‘la boshladi va oqibatda dunyo miqyosida favqulodda vaziyatlar xavfini bartaraf etish va undan muhofazalanish eng asosiy muammolardan biriga aylanganligi dalillangan;
mamlakat xavfsizligini ta’minlashning tarkibiy bir qismi sifatida aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlash, yirik miqdordagi talofatlarni oldini olishda favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish, unga tayyorgarlik darajasini oshirish, favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari, oqibatlari tarixiy nuqtai-nazardan isbotlangan;
O‘zbekistonning tabiiy ofatlar xavfidan xoli bo‘lishi mintaqa mamlakatlarida shu sohaga oid ishlarning olib borilishi bilan ham bog‘liqligi, mintaqa hamda xalqaro miqyosda hamkorlik ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish va bu maqsadlarni amalga oshirishda yuksak insonparvarlik g‘oyalariga, beg‘araz va betaraflik tamoyillariga tayanish mamlakatlarning ushbu sohadagi faoliyatlarida muhim omil bo‘lib xizmat qilganligi ham tahlil etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlar davlat tizimining rivojlanish tarixini o‘rganish natijasidagi takliflar asosida:
O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish qadimdan boshlab ma‟lum bir an’ana, urf-odat va qonun qoidalarga asoslanganligi, bu ishlar esa hukmdorlar va xalq tomonidan amalga oshirilganligi, ular aholini tabiiy va texnogen ko‘rinishdagi favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi sabablarga qarshi kurashda, tabiiy ofat va halokatlarning oqibatlarini engib o‘tishda muhim bir vosita sifatida qo‘llanilganligi haqidagi natijalardan “AXSIKENT” Xalqaro ilmiy–tadqiqot birlashmasi tomonidan nashr etilgan “Isoqxon Ibrat Axsikent tadqiqotchisi”, “Buyuklarga beshik bo‘lgan Axsikent yoxud Farg‘ona allomalari”, “Yangi Axsikent: tarixshunoslik tahlili” kabi asarlarni tayyorlashda, “O‘zbek davlatchiligi tarixida Axsikent shahrining o‘rni” mavzusidagi II Xalqaro ilmiy amaliy anjumanni tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Namangan shahar “AXSIKENT” Xalqaro ilmiy–tadqiqot birlashmasi 2021-yil 16-apreldagi №25/04-21 sonli ma’lumotnomasi). Natijada favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish qadimdan boshlab ma’lum bir an’ana, urf-odat va qonun qoidalarga asoslanganligi aniqlandi;
insoniyatni tabiatga nisbatan ta’sirining keskin ortishi texnogen, tabiiy hamda ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarni ko‘payib, ular transchegarali xususiyatga ega bo‘la boshlagani va oqibatda dunyo miqyosida favqulodda vaziyatlar xavfini bartaraf etish eng asosiy muammolardan biriga aylanganligi haqidagi natijalar O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasiga taqdim etilgan va undan “O‘zbekistonda mustaqillik yillarida favqulodda vaziyatlar va ulardan muhofazalanish borasidagi qonunchilik tizimi ma’murchiligining takomillashuvi, Oliy ta‟lim muassasalarida bilim olayotgan talaba-yoshlar, umumta’lim maktablari hamda professional ta’lim o‘quvchilari bilimlarini oshirish, shuningdek, ularda xavfsizlik madaniyatini shakllantirishda foydalanish mumkin” degan xulosaga kelingan (O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi 2021-yil 15-iyul 25/21 sonli ma’lumotnoma). Natijada texnogen, tabiiy hamda ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar haqidagi materillarga ega bo‘lindi;
mamlakat xavfsizligini ta’minlashning tarkibiy bir qismi sifatida aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlash, yirik miqdordagi talofatlarni oldini olishda favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish, unga tayyorgarlik darajasini oshirish, favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari, oqibatlari tarixiy nuqtai-nazardan isbotlangan ma’lumotlar qo‘lga kiritildi (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi 2021-yil 15-dekabr № 02-02/3077-sonli dalolatnoma). Natijada aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lindi;
O‘zbekistonning tabiiy ofatlar xavfidan xoli bo‘lishi mintaqa mamlakatlarida shu sohaga oid ishlarning olib borilishi bilan ham bog‘liqligi, shu sababdan mintaqa hamda xalqaro miqyosda hamkorlik ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish va bu maqsadlarni amalga oshirishda yuksak insonparvarlik g‘oyalariga, beg‘araz va betaraflik tamoyillariga tayanish mamlakatlar siyosatida muhim omil ekanligi asoslanganligi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Aslida qanday?” ko‘rsatuvida bir qator mavzular senariysini shakllantirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021-yil 30 iyuldagi 02-40-1249–son ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy ofatlar xavfidan xoli bo‘lish, mintaqa hamda xalqaro miqyosda hamkorlik ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish muhim omil ekanligi ma’lum bo‘ldi.